Mavzu: Malakaviy bitiruv ishi to’g’risida ma’lumotlar. Tarkibi. O’zbekistan Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»


II. Bitiruv malakaviy ishining hajmi


Download 38.07 Kb.
bet2/4
Sana01.03.2023
Hajmi38.07 Kb.
#1241952
1   2   3   4
Bog'liq
Malakaviy bitiruv ishi to’g’risida ma’lumotlar

II. Bitiruv malakaviy ishining hajmi
BMI tushuntiruv yozuvlari va grafik qismidan tashkil topishi lozim. Tushuntiruv yozuvlari 10-15 ming so’zdan iborat qo’lyozma matndan tashkil topadi va uch qismdan: umumiy, texnik, ekspluatatsiya qismlaridan tashkil topadi, shuningdek, kirish, xulosa va tavsiyalar, foydadanilgan adabiyotlar ro’yxatini o’z ichiga oladi.
Grafik qismining hajmi 5-6 chizmadan iborat bo’ladi (2-3 chizmada bosh plan, bo’ylama va ko’ndalang qirqimlar keltiriladi, 2-3 chizmada esa gidrouzelning ish grafiklari yoki ekspluatatsiya tadbirlari jadvali va boshqalar berilishi mumkin).
Bitiruv malakaviy ishning tuzilishi va tarkibi
BMI quyidagicha tuzilishi kerak:
- titul (sarlavha) varag’i;
- ishni bajarilishiga topshiriq va bo’limlarni bajarilishining kalendar rejasi (1-ilova);
- Tarkibi:

  • Kirish;

  • Umumiy qism;

  • Texnik qismi;

  • Ekspluatatsiya qismi;

  • Xulosa va tavsiyalar;

  • Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.



BMI tushintiruv yozuvlari mazmuni (tarkibi) bo’yicha uslubiy ko’rsatmalar.
Quyida tushuntiruv yozuvlarining boblar va qismlar bo’yicha tarkibi keltiriladi. BMI mavzusiga qarab rahbar tushintiruv yozuvlarida keltirilishi lozim bo’lgan mos bo’limlarni belgilab (ko’rsatib) berishi kerak.
Kirish
Hajmi 2-5 bet qo’l yozmadan iborat bo’lgan kirish qismida BMIni ishlab chiqilishining maqsadi va vazifalari, tanlangan obyektning qurilishini maqsadi va ekspluatatsiya qilinishini oldiga qo’yilgan masalalari, joylashgan o’rni va tobeligi, ishonchlilikning asosiy texnologik ko’rsatkichlari (napori, suv sarfi, suv omboridagi suv hajmi, elektr energiyasi ishlab chiqarishi, suv olish va berishning ta’minlanganligi, baliqlar, kemalarni o’tkazish va b.sh.o’.), shuningdek QMQ 2.06.01-97 bo’yicha gidrouzelning kapitallik klassi yoritiladi.
Umumiy qism
Bu bobda to’plangan dastlabki ma’lumotlar asosida quyidagi materiallar va tekshirib ko’rish hisob - kitoblari 5-10 betlik qo’l yozma hajmida keltiriladi:

  1. Obyekt joylashgan tumanning iqlimi.

  2. Geologik va gidrogeologik ma’lumotlari.

  3. Gidrotexnika uzeli (NS, GES va sh .u.)ning parametrlari aniqlangan gidrologik va suv xo’jaligi (yoki gidrologik va suv xo’jaligi tekshirib ko’rish) hisob - kitoblarining natijalari.

Bu yerda asosiy parametrlar - GES belgilangan quvvati va elektr energiyasi ishlab chiqarishi, barcha iste’molchilar (irrigatsiya, gidroenergetika, suv ta’minoti, baliq xo’jaligi va boshqalar) uchun suv sarflari, suv ombori va pastki byefdagi suv sathlarini ko’tarilib tushishlari, toshqin davri va piki, mejen va sh.u. larni hisob - kitob qilishning qisqacha asoslari keltiriladi (yoki bayon qilinadi).
4. Gidrouzelning atrof muhitga ta’siri.

Download 38.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling