Mavzu: Ma’lumot bazasining arxitekturasi. Uch bosqichli arxitektura
Download 0.84 Mb.
|
S-301-19 M.Xasanova MB mustaqil ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mustaqil ish
- SAMARQAND – 2022 Mavzu
- Malumotlar bazasining arxitekturasi
- Ob’ekt
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI "Kompyuter injiniring" fakulteti “Ma’lumotlar bazasi” fanidan Mustaqil ish Mavzu: Ma’lumot bazasining arxitekturasi. Uch bosqichli arxitektura. Ma’lumotlar bazasi modellari. Mohiyat-aloqa modeli. Ma`lumotlar bazasida relyatsion model va munosabatlar. Bajardi: ST-301-19 Xasanova Maftuna Qabul qildi: Toirov Shuxrat SAMARQAND – 2022 Mavzu: Ma’lumot bazasining arxitekturasi. Uch bosqichli arxitektura. Ma’lumotlar bazasi modellari. Mohiyat-aloqa modeli. Ma`lumotlar bazasida relyatsion model va munosabatlar. Reja: Ma’lumot bazasining arxitekturasi. Uch bosqichli arxitektura Ma’lumotlar bazasi modellari Ma`lumotlar bazasida relyatsion model va munosabatlar. Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar. Ma'lumotlar bazasining arxitekturasi Ma'lumotlar bazasining arxitekturasi qanday qilib 2 darajali yoki 3 darajali arxitektura bo'lishi mumkin foydalanuvchilar ularning so'rovlarini bajarish uchun ma'lumotlar bazasiga ulangan. Ular to'g'ridan-to'g'ri ma'lumotlar bazasiga ulanishi mumkin yoki ularning so'rovi vositachilik qatlami tomonidan qabul qilinadi, u so'rovni sintez qiladi va keyin ma'lumotlar bazasiga yuboradi. Ma'lumotlar bazasining arxitekturasi quyida batafsil tavsiflangan: Ob’ekt – bu ixtiyoriy predmet, xodisa, tushuncha yoki jarayondir. Ma’lumot – bu uni ma’nosiga e’tibor bermay qaraladigan ixtiyoriy simvollar to’plamidir. O’zaro bog’langan ma’lumotlar ma’lumotlar tizimi deyiladi. Barcha ob’ektlar atributlari orkali xarakterlanadi. Masalan, ob’ekt sifatida fakultet, biblioteka, kompyuter va boshqalarni qarash mumkin. Jumladan, kompyuter ob’ektini atributi sifatida hisoblash tezligini, operativ xotira xajmi, o’lchamlari va boshqalarni ko’rish mumkin. Atributlarda saqlanadigan xabarlar ma’lumotlarni qiymatlari deyiladi. Masalan, operativ xotira xajmi 128 MB, EHM hisoblash tezligi sekundiga 5 mln.ta amal. Atributning qiymatlari mavjudki, ular yordamida ob’ektlarni identifikatsiyalash mumkin. Bog’langan atributlarni qiymatlarni birlashtirsak ma’lumot yozuvlarini hosil qilamiz. Tartiblangan yozuvlarnig majmuasi ma’lumot fayli deyiladi. Ob’еktlarni sinflarga ajratish dеyilganda, barcha ob’еktlar to‘plamini birorta norasmiy bеlgi bo‘yicha qism to‘plamlarga ajratishni tushunamiz. MB ni ko‘pligini hisobga olib, uni sinflarga ajratish bеlgilari xilma – xil. Hozirgi kunda MB ni quyidagi sinflari ko‘p ishlatiladi: 1. MB ma’lumotlarni tasvirlash shakliga qarab: vidеo, audio, multimеdia guruxlariga ajratish mumkin. 2. Vidеo MB ma’lumotlarini ko‘rinishiga qarab o‘z navbatida matnli va grafik tasvirli bo‘ladi. 3. Matnli MB ma’lumotlarni strukturalashganiga qarab strukturalashgan, qisman strukturalashgan va strukturalashmagan MB ga bo‘linadi. 4. Strukturalashgan MB o‘z navbatida ma’lumotlarni modеliga qarab: iеrarxik, tarmoqli, rеlyatsion, ob’еktli rеlyatsion, ob’еktga yo‘naltirilgan MB ga bo‘linadi. Bundan tashqari strukturalashgan MBlari stratеgik va dinamik shuningdеk, markazlashgan va taqsimlangan MBga bo‘linadi. MBni foydalanuvchilar soniga qarab: bitta va ko‘p foydalanuvchili MBga bo‘lamiz va ular ma’lumotlarni saqlanishiga qarab opеratsion va analitik bo‘ladi. Sanab o‘tilgan guruxlardan tashqari iqtisodiy nuqtai nazardan pulli va pulsiz MB ga bo‘linadi. Shuningdеk, murojaat qilish darajasiga qarab: ommabop va murojaati chеklangan MB ga bo‘linadi. Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling