Mavzu: MS Access dasturida ma‘lumotlar omborini tuzish
Reja:
MS ACCESS va uning ishchi oynasi.
Jadval tuzish.
Accessda ishlash texnologiyasi.
Zapros (surov)lar tashkil qilish.
Forma tashkil qilish.
Yozuvlar tashkil qilish.
Otchyot(hisobotlarni) tashkil qilish
Ma‘lumotlarni manipulyatsiya qilish tili
Tayanch iboralar: Ma‘lumot, ma‘lumotlar bazasi, MS Access, Макрос, Запрос, Форма, Модул, Конструктор, Таблица, maydon
MS ACCESS va uning ishchi oynasi
MBBT Access ning barcha vazifalari va imkoniyatlarini urganib uni ishlatish texnologiyasi bilan tanishib chikamiz, hamda olib boriladigan amaliy mashgulotlarni shu MBBT da tashkil etishni tavsiya qilamiz. Buning uchun avvalo Microsoft Access bajaradigan vazifalari, uning oynasi va ish yurituvchi asosiy ob‘ektlari bilan yaqindan tanishishga o’tamiz.
Microsoft Office tarkibidagi Microsoft Access piktogrammasi ustida «sichqoncha» chap tugmasi 2 marta bossak, ekranda Access oynasi paydo bo’ladi (1-rasm):
Oynaning birinchi satrida MBBT nomi Microsoft Access deb ifodalangan, 2- satrda esa menyu punktlari:
1-rasm.
Uchinchi satrida Standart paneli piktogrammalari joylashgan. Oynaning keng qismi ishchi maydon hisoblanadi. Ishchi maydonda yuqoridagi mulokot oynasi hosil bo’ladi. Bu oyna yordamida biz yangi MBni tashkil qilishimiz yoki mavjud MBni ochib ular ustida ishlashimiz mumkin.
Access 9x (umumlashgan versiyasi) oynasi 6 ta ob‘ektdan iborat bo’lib, asosan shular bilan ish yuritiladi. Bular: Таблица (jadval), Запрос (surov), Форма (forma), Отчет (hisobot), Макрос (makro komanda) va Модул.
Do'stlaringiz bilan baham: |