Mavzu: Ma‘lumotlar bazasi, ularni tuzish, saqlash va kayta ishlash. Ma‘lumotlar bazasining grafik tasviri
Reja:
Ma‘lumotlar bazasi
Boshqaruvning informattsion tizimi
Avtomatlashtirilgan ma‘lumotlar banklaridan foydalanish
Ma‘lumotlarni bankining vazifalari
Tayanch iboralar: Ma‘lumot, ma‘lumotlar bazasi, rejali ma‘lumot, ma‘lumotlar bazasini boshqarish, operativ (tezkor) hisobot, mashina-server, axborotlar bazasi integratsiyasi, interaktiv rejim, fayl server
Ma‘lumotlar bazasi
Ma‘lumotlar bazasi qaytarilmaydigan ma‘lumotlarning yaxlitlangan jamlanmasi sanaladi. Uning asosida mazkur sohaning barcha masalalari xal etiladi. Ma‘lumotlar bazasida ko’p qirrali kirish va aynan bir xil ma‘lumotlardan turli mijozlar foydalanish imkoni mavjud.
Tashkil etiladigan Ma‘lumotlar bazasi tuzilmasi predmet sohasi ma‘lumotlarining axborot-mantiqiy modelini aks ettirishi lozim. Ma‘lumotlar bazasidagi mantiqiy o’zaro bog’liqlik ma‘lumotlar modeli namunasiga muvofik tashkil etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |