Ma`lumotlar bazasini boshqarish tizimi (MBBT) - bu dasturiy va apparat vositalarining murakkab majmuasi bo`lib, ular yordamida foydalanuvchi ma`lumotlar bazasini yaratish va shu bazadagi ma`lumotlar ustida ish yuritish mumkin. Ma`lumotlar bazasi obyekt yoki obyektlar to`plami holatini ularning xossalari va o`zaro munosabatlarini aks ettiruvchi nomlangan ma`lumotlar to`plamini ifodalaydi. Juda ko`p turdagi MBBT mavjud. Ular o`z maxsus dasturlash tillariga ham ega bo`lib, bu tillarga SUBD buyruqli dasturlash tillari deyiladi. MBBTga Oracle, Clipper, Paradox, Vizual FoxPro, Access va boshqalarni misol keltirish mumkin. Microsoft Access dasturi ma`lumotlar bazasini boshqarish tizimi hisoblanadi. Ushbu dastur ma`lumotlar bazasi, jadvallar, so`rovlar, formalar va hisobotlar bilan ishlash imkoniyatini taqdim etuvchi tizimdir. Xar qanday axborot tizimini ma`lumotlar bazasini yaratish mumkin. Shu bilan bir qatorda MS Access dasturi faydalanuvchi oldiga qo`shimcha talablarni qo`ymaydi. Foydalanuvchi kompyuterida MS Office dasturi o`rnatilgan bo`lsa bas shuning o`zi kifoya.
Dasturni ishga tushirish
Microsoft Access dasturi ma`lumotlar bazasini boshqarish tizimi hisoblanadi. Ushbu dastur ma`lumotlar bazasi, jadvallar, so`rovlar, interfeyslar va hisobotlar bilan ishlash imkoniyatini taqdim etuvchi tizimdir. Ushbu darsda Microsoft Access dasturini ishga tushirish usullarini ko`rib chiqamiz. Access dasturini ishga tushirish uchun quyidagi usullarning biridan foydalaning:
Birinchi usul:
Пуск tugmasini bosing va Программыmenyusiga o`ting;
Paydo bo`lgan menyudan Microsoft Office bo`limini tanlang;
Dastur yorliqlari ro`yhatidan Microsoft Office Access 2003 yorlig`ini bosing.
Ikkinchi usul:
Пуск tugmasini bosing va Выполнить amalini tanlang;
Paydo bo`lgan Запуск программы oynasining Открыть maydoniga MSACCESS so`zini kiriting;
Do'stlaringiz bilan baham: |