OK tugmasini bosing.
Uchinchi usul:
Мой компьютер yorlig`iga sichqoncha o`ng tugmasini bosing va Проводник dasturini ishga tushiring;
Paydo bo`lgan oynaning Папки bo`limidan C:\Program Files\Microsoft Office\OFFICE11 papkasini oching;
Fayllar ro`yhatidan MSACCESS faylini toping va unga sichqoncha chap tugmasini ikki marta bosing;
Shu tariqa uch usul natijasida ham ushbu ko`rinishdagi Microsoft Access dasturi interfeysi ekranda paydo bo`ladi.
Dasturning ekran interfeysi
Access dasturi interfeysi menyu satri, uskunalar paneli, topshiriqlar maydoni va holatlar satridan iborat. Ushbu darsimizda Access dasturi interfeysning asosiy elementlarini ko‘rib chiqamiz. Oynaning eng yuqori qismida dastur nomidan iborat sarlavha satri joylashgan bo‘lib uning o‘ng tomonida oynaning boshqarish tugmalari joylashgan, bular:
Свернуть tugmasi, oynani topshiriqlar paneliga tushirish; [ ]
Развернуть tugmasi, oynani ekranga qayta tiklash; [ ]
Закрыть tugmasi, oynani yoki dasturni yopish. [ ]
Sarlavha satridan keyin menyu satri joylashgan bo‘lib, dasturning menyu bo‘limlari nomiga mos ma’lum vazifalarini bajaradi. Menyu satrining tagida База данных deb nomlanuvchi bir qator tugmalardan iborat uskunalar paneli joylashgan. Ushbu uskunalar panelida joylashgan tugmalar, sichqoncha tugmasini bir marta bosish orqali, dasturning ma’lum amallarini tezkor bajarish imkonini beradi. Dastur interfeysining o‘ng qismida topshiriqlar maydoni joylashgan bo‘lib, unda ma’lumotlar bazasini yaratish, dastur ma’lumotnomasi bilan ishlash va ma’lumotlarni qidirish bilan bog‘liq amallarni bajarish mumkin. Dastur oynasining quyi qismida holatlar satri joylashgan, unda dasturning statistik va xabar ma’lumotlari aks ettiriladi
Uskunalar paneli
Do'stlaringiz bilan baham: |