Mavzu: Ma’lumotlar bazasining axborot mantiqiy modelini qurish. Relyatsion ma’lumotlar bazasini loyihalash


Download 184.47 Kb.
bet2/4
Sana16.06.2023
Hajmi184.47 Kb.
#1489355
1   2   3   4
Bog'liq
MBBT Amaliy ish

Mantiqiy loyihalash.
MB yaratishning eng zaruriy va mas’ulyatli bosqichlaridan biri - bu
mantiqiy loyihalashtirishdir. Uning asosiy masalasi tanlangan MBBT uchun
mo‘ljallangan holda MB mantiqiy sxemasini ishlab chiqishdan iborat. Mantiqiy
loyihalashtirish bosqichi konseptual loyihalashtirishdan farqli ravishda, u
komp’yuterning dasturiy vositasini to‘liq hisobga olgan holda amalga
oshiriladi. Ish mazmuni bo‘yicha mantiqiy loyihalashtirish axborot tizimini va
uni tashkil etuvchi qismlarni real MBBTiga mos shaklda modellashtirishdan
iborat.
Mantiqiy loyihalashtirish jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat:
1.Aniq bir MBBTni tanlash
2.Konseptual sxemani mantiqiy sxemaga o‘tkazish
3.Zarur kalitlarni tanlash
4.So‘rov tilini tavsiflash
Aniq bir MBBTni tanlash protsedurasini batafsil qaraymiz. MB loyihasini
amalga oshirish uchun MBBTni tanlash juda katta mas’uliyat talab qiladi. Bu
bir tomondan MBBTlarning juda ko‘pligi bo‘lsa, ikkinchi tomondan ko‘p sonli
xarakteristikalar bo‘yicha MBBTni baholash va ularning orasidan aynan
shunday tizimni tanlash kerakki, u foydalaniuvchi va ishlab chiqaruvchilar
talablarini to‘liq qanoatlantirishi mumkin bo‘lsin. CHunki MBda axborotdan
foydalanish va ishlov berishi samaradorligi MBBTning qanchalik to‘Qri
tanlashdan boQliq bo‘ladi.
MBBTni tanlashning asosiy me’yorlaridan biri-bu ma’lumotlarni ishlatadigan
ichki modelining konseptual sxemasini tavsiflash uchun qanchalik samarador
ekanligini baholashdan iborat. SHaxsiy komp’yuterlar uchun mo‘ljallangan
MBBTlarning ko‘pchiligi, odatda ma’lumotlarning relyasion yoki tarmoq
modeliga tayangan holda ishlaydi. Zamonaviy MBBTlarning juda katta qismi
relyasion model asosida yaratilgan. Agar relyasion tizim tanlangan bo‘lsa, u
holda MBning konseptual sxemasini relyasionga akslantirish (o‘tkazish) oldinda
turibdi.
Ishning mazmuni bo‘yicha ma’lumotning tanlangan modeli (relyasion, tarmoq
va ierarxik) ma’lumotlar tizilmasini tavsiflash uchun vosita beradi.
Protseduralar MBBT yadrosiga kiradigan ma’lumotlarni tavsiflash tilida
bajariladi.
MBBTning ikkinchi tarkibiy qismi ma’lumotlarni manipulyasiya qilish tildan
iborat. Undan MBni turli tadbiqlar uchun ishlatishda foydalaniladi. Ko‘p
hollarda ma’lumotlarni manipulyasiya qilish tili (MMT) dasturlashtirish tilga
o‘rnatilgan (kiritilgan) bo‘ladi. MMT turli imkoniyatlarga ega bo‘lishi mumkin:
quyi pog‘onadagi til va yuqori poQonadagi til. Odatda quyi pog‘onadagi til
protsedurali, yuqori poQonadagisi esa deklarativ til bo‘ladi. Protsedurali
tillardan foydalanish ma’lum tayyorgarlikni talab qiladi, deklarativ til bo‘lsa
ko‘prok professional bo‘lmagan foydalanuvchilar uchun yarokli. SHuning
uchun ma’lum MMTga ega MBBTni tanlash maxsus tayyorgarligi
bo‘lmagan foydalanuvchi uchun juda muhimdir. Bundan tashqari MBBTga
servis dasturlar va amaliy masalalarni echish uchun vositalar kiradi.

Download 184.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling