Mavzu: Ma’lumotlar bazasining axborot mantiqiy modelini qurish. Relyatsion ma’lumotlar bazasini loyihalash


Download 184.47 Kb.
bet4/4
Sana16.06.2023
Hajmi184.47 Kb.
#1489355
1   2   3   4
Bog'liq
MBBT Amaliy ish

Axborot tuzilmalarini qurish
Premet sohasini tahlil qilishning oxirgi bosqichi uning axborot tuzilmalarini
(yoki konseptual sxemalarni) loyihalashtirishdan iboratdir. Predmet sohasini
tavsiflash yoki konseptual sxemalarni loyihalashtirishni, bu maqsadlar uchun
maxsus yaratilgan modellardan foydalangan holda amalga oshirish mumkin.
Ko‘p hollarda konseptual sxemalarni qurish uchun ananaviy agregatsiya va
umumlashtirish usullaridan foydalaniladi. Agregatsiya qilishda axborot
ob’ektlari (ma’lumotlar elementlari) ularning orasidagi semantik aloqalarga
mos ravishda bir ob’ektga birlashtiriladi. Masalan. “DEAWOO” turdagi avtobus
yo‘lovchilarni jo‘nash punktidan kelish punktiga tashiydi.
Agregatsiya usuli bilan quyidagi atributlarga ega bo‘lgan REYS axborot
ob’ektini hosil qilamiz. "avtobus turi; "jo‘natish shaxobchasi", "kelish
shaxobchasi", "avtobus reysi"

AVTOBUS REYSI axborot ob’ekti
Axborot ob’ektlarini (ma’lumotlar elementlarini) birlash-tirishda ularni sinfdosh
ob’ektlarga birlashtiriladi.

Axborot ob’ektlarini sinfdosh ob’ektlarga birlashtirish.
Predmet sohasining axborot ehtiyojini va tizimdan foydala-nuvchilarning
axborot bilan ishlashdagi manfaatini hisobga olgan holda predmet sohasini tuzilmalashtirish uchun konseptual model qo‘llaniladi.
Har bir MB miqyosida konseptual talablar konseptual modelda
umumlashtiriladi. Konseptual model abstrak vositalar yordamida quriladi va
predmet sohasidagi hamma axborot ob’ektlarini qurish imkoniyatini
beradi. Obrazli aytganda konseptual model xuddi predmet sohasining
“yuqorisiga ko‘tarilib” va uning har bir elementini qurish imkoniyatini
beradi. Bunda predmet sohasini qanchalik keng, aniq va chuqurroq qurishimiz
biz tanlagan modeldan bog‘liq bo‘ladi. Minimal imkoniyatlarga ega bo‘lgan
model ma’lumotlar va ular orasidagi o‘zaro aloqalarni berish imkoniyatini
ta’minalashi zarur. Konseptual modelning semantik quvvati uning yordamida
aniqlanishi mumkin bo‘lgan qo‘shimcha xarakteristikalarning sonini ortishiga
mos ravishda ortadi.
Ma’lumki, har bir model ma’lum bir cheklanishlarga ega bo‘lib, o‘zida faqat
ma’lum bir xossalarni aks ettiradi. SHu sababli konseptual loyihalashtirish
uchun model tanlashda, real dunyoni o‘zida to‘liq aks ettiradigan ideal
modelni topish juda katta muammo ekanligini hisobga olish
zarur. Avvalambor predmet sohasining xususiyatlari va MBga bo‘lgan
foydalanuvchining talablari modelni tanlash uchun asos bo‘ladi.
Boshqa muhim talab sifatida konseptual modelning MBBTdan boQliq
emasligi, chunki u konseptual sxema qurilgandan so‘ng tanlanishi kerak.
MB tizimini qurish masalasi quyidagi hollarda paydo bo‘ladi:
1.Agar turli tadbiqlar qandaydir miqdorda umumiy axborot ob’ektlarini
talb qilsak, ammo hamma axborot ob’ektlari va ular orasidagi xamma
aloqalarni bitta MBda amalga oshirib bo‘lmasa.
2.Agar axborot ob’ektlari umumiy aloqaga, munosabatga va atributlarning
umumiy turiga ega bo‘lsa.
MB tizimining axborot tuzilmasini ko‘rishga misol sifatida avtomobilsozlikda
ilmiy-tadqiqot va tajriba konstruktorlik ishlarini axborot ta’minoti tizimining
MB uchun axborot tuzilmasini ko‘rish jarayonini qaraymiz.
Ushbu predmet sohasini tahlil qilish jarayonida quyidagi axborot ob’ektlari
ajratildi:
1.Fizik effektlar. Ushbu predmet sohasidagi fizik effektlar texnik ob’ektlarning
ishlash (harakatlanishi) tamoyili sifatida ko‘rsatiladi.
2.Texnik qarorlar.
Bu qurilma, ishlash usuli yoki modda.
3.Mahsulot.
Masalan, dvigatel.
4.Mahsulotni oluvchi ob’ekt.
Masalan, dvigatel avtomashinaga o‘rnatiladi.
5.Usullar va uslubiyat.
6.Asboblar va stendlar.
8.Texnologik jarayonlar va uskunalar.
8.Tashkil qilish va mutaxassislar.
9.Me’yorlar.
Bu ob’ektlar orasidagi aloqalar qarab chiqilib ma’lumotlarning aloqalarini
aniqlovchi va tasvirlovchi jarayonlar yoki hodisalar ajratiladi.
Download 184.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling