Mavzu: Ma’lumotlarning yarim statik tuzilmalari Ma’ruza rejasi


Download 146.57 Kb.
bet2/6
Sana24.09.2023
Hajmi146.57 Kb.
#1687351
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Ma\'ruza

Bog‘lamsiz ro‘yxatdagi elementlar o‘rtasidagi bog‘lanish ifodasi oshkormas shaklda bo‘ladi.
Bog‘lamli ro‘yxat har bir element tarkibiga keyingi yoki oldingi element bilan bog‘lanishni bevosita ko‘rsatadigan ifoda (ko‘rsatkich) kiritiladi. Ko‘rsatkich uchun qo‘shimcha maydon ajratiladi. Ro‘yxat elementidagi bog‘lanishlar soni bitta (faqat oldingi yoki faqat keyingi element ko‘rsatkichi), ikkita (ham oldingi, ham keyingi element ko‘rsatkichi) yoki ko‘p bo‘lishi mumkin. Bunday holda ro‘yxat mos ravishda bir bog’lamli, ikki bog’lamli yoki ko‘p bog’lamli ro’yxat deyiladi.
Steklar, deklar va navbatlar bog‘lamsiz ro‘yxatga misol bo‘ladi. Bu tuzilmalar ketma-ket ro‘yxat shaklida bo‘lib, elementlar orasidagi oshkormas bog‘lanish ularning ketma-ket joylashishi bilan ifodalanadi.
Stek -elementlarni kiritish yoki chiqarib tashlashga imkon beradigan o‘zgaruvchan o‘lchamdagi chiziqli tuzimalardan biri bo‘lib, undagi ma‘lumotlar hajmi dasturning bajarilishi vaqtida ortishi yoki kamayishi mumkin.
LIFO (Last In First Out - oxirgi kelgan, birinchi ketadi) printsipi asosida tashkil etiladigan ma‘lumotlar tuzilmasiga stek deyiladi. Bu tuzilma eng ko‘p ishlatiladigan ma‘lumotlar tuzilmalaridan biri bo‘lib, u ba‘zi masalalarni yechishda juda qulay hisoblanadi.
Steklar
Stekka element kiritish yoki undan elementni chiqarib tashlash faqat bir tomonlama stek cho‘qqisi orqali bajariladi. Stek cho‘qqisi - bu ro‘yxatda turgan eng oxirgi element. Stekning cho‘qqidan boshqa elementlari ustida biron bir amal (tanlash, o‘qish, chiqarib tashlash, siljitish va h.k.) bajarish mumkin emas. Stekka element kiritish uchun yangi qiymat stek cho‘qqisidan keyingi o‘ringa joylashtiriladi va uning o‘zi cho‘qqiga aylanadi. Stekdan element o‘chirishda cho‘qqi sifatida turgan element ro‘yxatdan chiqarib tashlanadi va undan oldin turgan element cho‘qqiga aylanadi. Stek bilan birgalikda uning cho‘qqisini ko‘rsatib turadigan o‘zgaruvchi olinishi kerak.

Download 146.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling