MA’LUMOTNOMA MA’LUMOTNOMA - Bo‘lgan voqea yoki mavjud holatlarni bildirish-axborot berish mazmunida ifodalaydigan hujjat. Ma’lumotnomalar, odatda, yuqori idora, mansabdor shaxs hamda oddiy kishilarning ko‘rsatmasiga, talabiga yoki iltimosiga binoan tuziladi; so‘ralayotgan yoki iltimos qilinayotgan axborot va ma’lumotlarni o‘zida aks ettiradi.
XULOSA - Ish yuritish sohasi o‘zbek tilining amalda bo‘lish imkoniyatlarini namoyish qiladigan yo‘nalishlardan bo‘lib hisoblanadi. Yoziladigan hujjat faqat uning muallifining o‘zi uchun yozilmasdan, ko‘pchilik, shu jumladan, yuqori tashkilot va muassasalar hamda ularning rahbarlari nazaridan o‘tishi ham inobatga olinsa, uni shakllantirishga jiddiy e'tibor berishga to‘g‘ri keladi.
- Chunki hujjat ma'lum ma'noda uni yozgan kishining savodxonlik darajasini ko‘rsatuvchi oynadir. Shunday ekan, uni talablar darajasida rasmiylashtira olmagan yoki o‘z ona tilida savodli qilib yoza olmagan xodim jamoa oldida uyalib qolishi mumkin. Shu nuqtai nazardan, ma'lum bir korxona yoki tashkilotda ishlaydigan xodim o‘z faoliyatida zarur bo‘lgan asosiy hujjatlarning rasmiylashtirish qoidalarini puxta egallab olishi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |