1.
Mamlakatimiz iqtisodiyotini tubdan o’zgartirish, uni diversifikatsiyalash
va modernizatsiya qilish sharoitida tashqi bozorlarni o’rganish. Maqsadli
tashqi bozorlarni tanlash xususiyatlari.
Mamlakatimiz qishloq xoʻjaligi boʻyicha katta salohiyatga ega. Shu bois, keyingi
yillarda qishloq xoʻjaligini isloh qilish va bozor mexanizmlarini joriy etish boʻyicha
keng koʻlamli ishlar amalga oshirildi.Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi qishloq
xoʻjaligini rivojlantirishning 2020-2030-yillarga moʻljallangan strategiyasi, Qishloq
xoʻjaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish konsepsiyasi va boshqa
tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar qabul qilindi. Maqsad bitta – iqtisodiy foyda
koʻrish bilan birga, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, xalq farovonligini
oshirishdan iboratdir.Ekin maydonlarini optimallashtirish va qishloq xoʻjaligi
ekinlarini hududlashtirish siyosati, klaster tizimini joriy etish, zamonaviy issiqxona
xoʻjaliklarini yaratish, sabzavot ekinlarini takroriy kuzgi ekish, tomorqa xoʻjaligi
amaliyotini kengaytirish nafaqat hosildorlikni, balki qishloqda aholi turmush
darajasini sezilarli darajada oshirish imkonini berdi.Bularning barchasi
Prezidentimizning har tomonlama puxta oʻylangan va uzoqni koʻzlagan siyosati,
keng koʻlamli islohotlari, yurtdoshlarimizni sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan
barqaror taʼminlash maqsadida amalga oshirilayotgan davlat dasturlarining
samarasidir.Prezidentimiz tomonidan joriy yil 15-sentyabr kuni imzolangan
“Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish xalqaro jamgʻarmasi ishtirokida “qishloq
xoʻjaligini diversifikatsiya va modernizatsiya qilish” loyihasini amalga oshirishga
doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori bu borada muhim qadam
boʻldi, desak mubolagʻa boʻlmaydi.Negaki, unga muvofiq, Loyihani amalga
oshirish doirasida Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish xalqaro jamgʻarmasining krediti
hisobidan xarid qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) va transport vositalari
bojxona toʻlovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlardan tashqari),
qoʻshilgan qiymat soligʻidan va yigʻimlardan ozod qilinadi.Shu bilan birga, Loyiha
doirasida jalb etiladigan qoʻshimcha qarz mablagʻlari, xususan, qishloq xoʻjaligida
diversifikatsiya qilishni moliyalashtirish uchun ajratilgan 39,8 million AQSH
dollarining 30,3 million AQSH dollari klaster va kooperatsiyalar hamda ularga aʼzo
boʻlgan tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlashga, 5 million AQSH dollari
yoshlar va ayollar uchun, 4,5 million AQSH dollari esa Tadbirkorlik faoliyatini
qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |