Mavzu: Mamlakatimiz iqtisodiyoti tarkibini tubdan o’zgartirish, uni diversifikatsiyalash va modernizatsiya qilish sharoitida xalqaro marketingning ahamiyati. O’zbekistonning eksport salohiyatini oshirishda xalqaro marketing tamoillaridan


Download 0.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana18.06.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1574568
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
BRENDGA KIRISH UMAROV BAXTIYOR

 
 
 


3. O’zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirish, iqtisodiy islohotlarni 
chuqurlashtirish va modernizatsiyalash sharoitida xalqaro marketingni 
rivojlantirishning o’ziga xos xususiyatlari.
Uy-joylar keng miqyosda xususiylashtirilib, aholining ayrim qismiga tekin, boshqa 
qismiga esa arzon narxda xususiy mulk etib berildi.
Dastlabki davrda agrar sohada ham islohotlar amalga oshirildi. Natijada qishloq 
xo‘jaligida 770 kolxoz va davlat xo‘jaliklari xususiylashtirildi, jamoa va ijara 
xo‘jaliklariga aylantirildi. Lekin qishloqda bu jarayon sekin va qiyinchliklarni 
bartaraf etishga to‘g‘ri keldi. Agrar sohadagi byurokratik boshqaruv tizimining har 
xil to‘siqlari qishloqda islohotning borishiga xalaqit berardi. Mulkning davlat 
tasarrufidan chiqarish jarayonining birinchi bosqichidagi eng muhim xulosa 
mulkdorlar sinfining shakllana boshlagani, xususiylashtirish mexanizmining ishlab 
chiqilishi, iqtisodiy islohotlarga nisbatan kishilar psixologiyasi va munosabatining 
o‘zgarishi bo‘ldi. Mustaqillik yillari yuz bergan tub o‘zgarishlardan biri mamlakatda 
ikki yo‘l bilan mulkdorlar sinfi shakllana boshladi. Birinchidan, kichik korxonalar 
va xususiy tadbirkorlikni keng rivojlantirish, ikkinchidan, pul mablag‘larini omonat 
kassalari yoki banklariga qo‘yish, qimmatbaho qog‘ozlarga aylantirish yo‘li bilan. 
Iqtisodiy jihatdan erkin bo‘lgan mulkdor o‘z boyligini ko‘paytirishdan manfaatdor 
bo‘libgina qolmay, balki butun mamlakatni boyitishga ham qodir bo‘ladi.
Davlat mulkini xususiylashtirishning ikkinchi bosqichi O‘zbekiston Respublikasi 
Vazirlar mahkamasining “Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, xususiy 
mulk manfaatlarini himoya qilish va tadbirkorlikni rivojlantirishning choratadbirlari 
to‘g‘risida”gi qarori asosida olib borildi. Bu davrda ochiq shakldagi aksiyadorlik 
jamiyat qurish, korxonalar aksiyasining chiqarish, auksion (kim oshdi) savdosi orqali 
davlat mulkini shaxslarga sotish, qimmatbaho qog‘ozlarni chiqarish va 
xususiylashtirishni yoppasiga olib borish uchun sharoit yaratish ishlari amalga 
oshirildi.
Aloqa, 
transport, 
geologiya 
qidiruv 
yoqilg‘i-energetika 
komplekslari 
xususiylashtirilmadi. Ayrim sohalarda-kimyo, oltin qazish, paxta tozalash, tog‘kon 
sanoatida 51% aksiya davlat ixtiyorida qoladigan bo‘ldi.
Xususan, 34%-xususiy, 48% aksiyadorlik, 16%-jamoa, 1% ijara xo‘jaligiga aylandi. 
Iqtisodiy islohotlarning borishi, uning to‘rt yil davomidagi muvaffaqiyatlari va 
muammolariga respublika Oliy majlisining IV sessiyasi (va Vazirlar mahkamasining 
majlisida keng yoritildi.
Mamlakatning barcha sohalarini isloh qilishda tub burilish yili bo‘ldi. Eng muhimi 
islohiy jarayonlarga kishilarimizning ishonchi ortdi. Ishlab chiqarishning pasayishi 
keskin to‘xtadi, jamiyatimizda iqtisodiy-ijtimoiy va siyosiy barqarorlik yuz berdi.
Moliyaviy vaziyat o‘nglanib, inflyatsiyani uch barobar kamaytirishga erishildi.



Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling