Mavzu: Mamlakatimizning innovatsion rivojlanish strategiyasi. Reja


Download 143.25 Kb.
bet1/4
Sana19.06.2023
Hajmi143.25 Kb.
#1607902
  1   2   3   4
Bog'liq
Mamlakatimizning innovatsion rivojlanish strategiyasi.


Mavzu: Mamlakatimizning innovatsion rivojlanish strategiyasi.
Reja:
1.Innovatsiyalarning mohiyati, ahamiyati va turlari.
2. Iqtisodiyot tarmoqlarida innovatsion texnologiyalardan foydalanish yo‘nalishlari.
3. Innovatsion faoliyatni rivojlantirishning tarkibiy qismlari.


1.Innovatsiyalarning mohiyati, ahamiyati va turlari.
Milliy iqtisodiyotning raqobatdoshligini oshirish va dunyo bozorlariga chiqish, birinchi navbatda iqtisodiyotni izchil isloh etish, yuqori texnologiyalarga asoslangan yangi korxona va ishlab chiqarish tarmoqlarining jadal rivojlanishini ta’minlash hisobidan amalga oshirilishi mumkin. Boshqacha so‘z bilan aytganda, innovatsion faoliyatni rivojlantirmay turib, iqtisodiyot raqobatbardoshligiga erishib bo’lmaydi. Jamiyat va iqtisodiyot taraqqiyotining rivojlanishi fan va texnologiyalar yutuqlarining hayotga joriy etilishi bilan bog’liqdir. Shu munosabat bilan, hozirgi vaqtda “innovatsiya” tushunchasi keng qo’llanilmoqda.
Hozirgi zamonda iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlashning asosiy sharti uni innovatsion rivojlantirish hisoblanadi. Shuning uchun ko‘plab mamlakatlar, shu jumladan, O‘zbekiston ham, o‘z iqtisodiyotlarini innovatsion rivojlanish yo‘liga o‘tkazishni maqsad qilib qo‘yganlar. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev “Iqtisodiyotda yangi natija va yutuqlarga, milliy raqobatbardoshlikni oshirishga erishish uchun innovatsiyalarni keng miqyosda joriy etish zarur. Yangi O‘zbekistonning iqtisodiy strategiyasi 2030-yilga qadar global innovatsion indeks reytingida dunyoning 50 yetakchi davlati qatoriga kirish va bu ulkan maqsadga erishishda inson kapitalini rivojlantirishni nazarda tutadi1”, - deb ta’kidlagan edi. Shuning uchun ham iqtisodiyotni innovatsion rivojlantirish masalasiga jiddiy e’tibor berilmoqda.
Innovatsiya" so’zi lotincha “innovation” so’zidan olingan bo’lib, “o’zgartirish” yoki “yangilikarni joriy etish” ma’nolarini anglatadi. Shunday qilib, innovatsiyalarning mohiyati yangilanish bilan bog’liq. Bunday yangilanish faqatgina odamlar qaror qabul qilish uslubini o'zgartira oladigan, standart usullardan voz kechadigan va mavjud me’yor va qoidalar doirasidan tashqarida tanlov qilishni o’rgangan taqdirdagina bo’lishi mumkin.
“Innovatsiya” tushunchasi nihoyatda keng va tarkibiy jihatdan murakkab bo‘lib, uning mazmunini ochib berishga doir ko‘plab yondashuvlar mavjud. Bir tomondan, innovatsiyalarni “o‘zgarishlarning funksiyasi” sifatida ko‘rib chiqish mumkin.
Umumiy keng yoki falsafiy ma’noda innovatsiya - bu jarayon yoki jarayonlar majmui holatining o‘zgarishidir. Shu bilan birgalikda yangilik hamda rivojlanishning bir bo‘lagi hisoblanadi. Innovatsiya ta’rifidan ko‘rinadiki, undan jamiyat hayotining barcha sohalarida jarayon sifatida foydalanish mumkin. Har bir sohada innovatsion rivojlanishning o‘ziga xos xususiyatlari mavjud.
Boshqa tomondan, innovatsiya jarayon sifatida innovatsion mahsulot (yakuniy natija) tushunchasi bilan uzviy bog‘liqdir.
Innovatsiya nazariyasi V.Zombart, V.Mitcherlix, Y.Shumpeterlarning ilmiy ishlarida tadqiq etilgan. Innovatsiyalar nazariyasini shakllanishi va rivojlanishiga avstriyalik olim Y.Shumpeter katta hissa qo’shgan. 1930-yillarda Y.Shumpeter tomonidan innovatsiya tushunchasi kiritildi va u mahsulot ishlab chiqarish, sotish, yetkazish jarayonlarida yangi yoki takomillashtirilgan texnik, texnologik, tashkiliy xarakterdagi qarorlarni qo’llash oqibatida mumkin bo’lgan o’zgarishlarni o’z ichga oladi deb ta’kidlaydi. Y.Shumpeter tomonidan innovatsiyaga berilgan ushbu ta‘rifda ishlab chiqarish omillarining yangi kombinatsiyalari to’g’risidagi konsepsiyasi, innovatsiyalar nazariyasiga bo’lgan ikkita keng tarqalgan yondashuvdan birining asosini tashkil etadi. Birinchi yondashuvda yangi omillardan foydalanish to’g’risidagi tushunchaga, ikkinchi yondashuvda esa yangi yaratilgan mahsulot va yangi yaratilgan texnologiyaga asoslangandir.
Y.Shumpeter “Iqtisodiy rivojlanish nazariyasi” (Theory of Economic
Development) nomli mashhur asarida innovatsion jarayon natijasidagi
o’zgarishlarni besh yo’nalishga ajratib ko’rsatib bergan.
Bu yo’nalishlar quyidagilardan iboratdir:
-yangi texnik va texnologik o’zgarishlar yoki ishlab chiqarish
jarayonini yangi bozor talablari asosida tashkil etish;
-yangi o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lgan mahsulot turlarini
deversifikatsiyalash;
-ishlab chiqarish jarayonlarida yangi xom-ashyolardan foydalanish;
-ishlab chiqarishni tashkil etishda innovatsion boshqaruv usullaridan
foydalanish;
-yangi iste‘mol bozorlarini shakllantirish.
Innovatsion konsepsiyani ilmiy muomalaga Y.Shumpeter o‘zining “Iqtisodiy rivojlanish nazariyasi” (Theorie der Wirtschaftlichen Entwicklung, 1912) asarida kiritgan. Y.Shumpeter tomonidan ishlab chiqarish sohasidagi yangiliklarni nafaqat texnologiyada, balki ishlab chiqarishni tashkil etishda hamda tadbirkorning ongli faoliyati natijasi bo‘lgan sifat o‘zgarishlarda ham ko‘rish mumkinligini ta’kidlagan. Y.Shumpeterning fikriga ko‘ra, innovatsiya - bu tadbirkor tomonidan amalga oshiriladigan ishlab chiqarish sharoitlari va omillarining yangi kombinatsiyasi (“yangi kombinatsiya”).
“Iqtisodiy rivojlanish nazariyasi” shubhasiz Y.Shumpeterning asosiy asarlaridan biridir. Mazkur asar 1912-yilda Germaniyada nashr etilgan bo‘lib, unda asosiy e’tibor ko‘proq “tadbirkorlar” deb atagan innovatsion shaxslar va ularning atrofmuhit inertligi o‘rtasidagi bog‘liqligiga qaratiladi (muallif keyinchalik o‘z yondashuvini kengaytirib, yirik firmalarda ilmiy tadqiqot ishlarini olib boradi).
Y.Shumpeter tadbirkorlik nazariyasini sezilarli darajada rivojlantirdi, innovatsion jarayonda tadbirkorning roliga muhim urg‘u beradi. Iqtisodiy rivojlanish nazariyasida birinchi marta u iqtisodiy subyektlarni (tadbirkorlarni) ikki turga ajratdi:
1. Institutsional tuzilishdagi o‘zgarishlarga ta’sir ko‘rsatadigan, yangi texnologiyalarni, mahsulotlarni va bozorlarni ishlab chiqadigan, ishlab chiqaruvchilar hamda joriy etadigan eski firmalar yaratadigan yoki zamonaviylashtiradigan novatorlar.
2. Mavjud texnologiyalarni ekspluatatsiya qiluvchi, eski turdagi mahsulotlarni ishlab chiqaradigan, tashkil etilgan firmalar doirasida faoliyat yuritadigan hamda institutlarning o‘zgarmasligiga intilayotgan konservatorlar.
Y.Shumpeterning ta’kidlashcha, tadbirkor-innovator ixtiro va innovatsiya o‘rtasidagi bog‘liqlik mavjudligini tushunishi va faoliyati iqtisodiyotni rivojlantirishni sifat jihatdan o‘zgarishiga yordam berishi lozim. Innovator-tadbirkorning iqtisodiyotdagi funksional roli nomutanosiblikka, bozorlarda muvozanatsizlik holatini vujudga keltirishga olib keladi hamda tadbirkorlik foydasi bilan bir qatorda unga qo‘shimcha super daromadlarni keltirib chiqaradi. Bu esa zamonaviy fanda “innovatsion renta” va “innovatsion kvazi-renta” deb nomlanadi. Ushbu kashfiyot bilan ularning faoliyat motivlari va bozordagi turli xil raqobatbardosh xatti-harakatlarni o‘rganish bilan birga Y.Shumpeter evolyutsion iqtisodiy nazariyaning rivojlanishiga katta hissa qo‘shdi.
Xalqaro standartlarga muvofiq, innovatsiya quyidagi shakllarda mujassam bo‘lgan yangilikning yakuniy natijasi sifatida belgilanadi:
1. Bozorlarga kiritilgan yangi yoki takomillashtirilgan mahsulotlar yoki xizmatlar.
2. Yangi yoki takomillashtirilgan texnologik jarayonlar.
3. Ishlab chiqarishni tashkil qilishning amalda qo‘llaniladigan yangi usullari.
Ko‘rib chiqilgan yondashuvlarni umumlashtirib, innovatsiyalar quyidagicha tuzilishi mumkin:
a) mahsulot yangiliklari (yangi mahsulotlar va xizmatlar);
b) innovatsion jarayonlar (mikro darajada – yangi texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni tashkil etish usullari; makro darajada - bozorlar tarkibini o‘zgartirish va yangi bozorlarni yaratish).
2020-yil 24-iyulda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Innovatsion faoliyat to‘g‘risida”gi qonunida innovatsiyaga quyidagicha ta’rif berilgan: innovatsiya – fuqarolik muomalasiga kiritilgan yoki shaxsiy ehtiyojlar uchun foydalaniladigan, qo‘llanilishi amaliyotda katta ijtimoiy-iqtisodiy samaraga erishishni ta’minlaydigan yangi ishlanmadir.

Download 143.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling