Mavzu: Mamlakatimizning innovatsion rivojlanish strategiyasi. Reja
Innovatsion faoliyatni rivojlantirishning tarkibiy qismlari
Download 143.25 Kb.
|
Mamlakatimizning innovatsion rivojlanish strategiyasi.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Innovatsion faoliyatni rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar
3. Innovatsion faoliyatni rivojlantirishning tarkibiy qismlari.
Innovatsion salohiyat – subyektning qaysi tarmoq, sohada faoliyat ko‘rsatishidan, mulkchilik shaklidan, tashkiliy huquqiy maqomida qat’iy nazar istalgan bir xo‘jalik yurituvchi subyektning yangi ishlanmalarini ishlab chiqish, kashfiyotlar yoki ixtirolarni, foydali modellarni yaratish, ularni amaliyotga joriy etish bo‘yicha mavjud barcha intellektual kadrlar, axborot, moddiy-texnik va boshqa resurslari yig‘indisidan iborat bo‘ladi (2.2-jadval). 2.2-jadval Innovatsion faoliyatni rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar
Innovatsion faoliyatni samaradorligini oshiruvchi va uni tashkil etuvchi asosiy tarkibiy qismlaridan ko‘rinadiki, innovatsion salohiyat xodimlar, moliyaviy-iqtisodiy, ishlab chiqarishning texnologik, ilmiy-texnik, tashkiliy boshqaruv salohiyatidan, innovatsion faollik omillaridan tashkil topsa, innovatsion faollik innovatsion tizimning asosiy unsurlari – bilim, texnologiyalar, AKTlardan samarali foydalanish imkoniyatlari, shuningdek barcha yangiliklarni joriy qilishga tayyorgarlikni tavsiflaydi. Innovatsion faoliyatga ta’sir etuvchi tashkiliy innovatsiyalar – bu biznesni yuritishda, ish o‘rinlarini yoki tashqi aloqalarni tashkil etishda yangi uslublarni ishlab chiqishdir. Bunday innovatsiyalar boshqaruv va transaksion xarajatlarni qisqartirish, korxona tomonidan ishchilarning ish o‘rinlari (ish vaqtlari) bilan ta’minlanganlik darajasini oshirish, mehnat samaradorligini oshirish, bozorda mavjud bo‘lmagan aktivlarga yo‘l topish yoki etkazib berish narxini kamaytirish yo‘li bilan korxona faoliyatining samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Umuman olganda innovatsiyalarni turlarga ajratganda turli olimlarni yondashuvi xilma xildir. Masalan, Valras va Bomollar innovatsiyalarni turlarga ajratishda mikroiqtisodiy tomondan yondashib, har bir turdagi innovatsiyani model ko‘rinishidagi hisob kitobini olib borishgan. Ularga ko‘ra, innovatsiyalarning mahsulot turini kengaytirishdagi ahamiyati asosiy e’tibor markazi bo‘lgan. Romerning fikricha esa innovatsiyalarni turlarga ajratishda biznesga kirib kelish imkoniyatini bera olish va qilingan xarajatlarini hech qiyinchiliksiz qoplay olish asosiy me’zon sifatida keltirilgan. Biznesni yuritishdagi innovatsiyalar tadbirkorlik faoliyatining yangi tashkiliy usullarini ishlab chiqishni bildiradi va ular quyidagilarni o‘z ichiga oladi: - bilimlarni boshqarishning korporativ usullarini joriy etish; - xodimlarning saviyasini oshirishga va ko‘chib yurishini kamaytirishga mo‘ljallangan o‘qitish tizimini yo‘lga qo‘yish; - ishlab chiqarish va etkazib berishni to‘liq boshqarish, jumladan etkazib berish zanjirini, ishlab chiqarishni oqilona tashkil qilishni, shuningdek sifatni boshqarish tizimini joriy etish. Innovatsion faoliyatda ish o‘rinlarini tashkil etish bo‘yicha innovatsiyalar – bu korxonaning alohida faoliyat turi doirasida yoki turli faoliyatlari (tarkibiy bo‘linmalari) o‘rtasida ishlarning bajarilishi bo‘yicha xodimlar orasida javobgarlik va vakolatlarni taqsimlashning yangi usullarini yo‘lga qo‘yishdir. Shuningdek, faoliyat tarkibini belgilash, ya’ni faoliyatning turli yo‘nalishlarini integratsiyalashtirish bo‘yicha yangi konsepsiyalarini joriy etishdir. Download 143.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling