Mavzu: Ma’muriy huquq asoslari reja: Ma’muriy huquq tushunchasi va manbalari


Davlat boshqaruv organlari tushunchasi va bo‘g‘inlari


Download 29.25 Kb.
bet4/10
Sana19.06.2023
Hajmi29.25 Kb.
#1615337
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Azimjon-Ma\'muriy huquq

3. Davlat boshqaruv organlari tushunchasi va bo‘g‘inlari
Davlat boshqaruv organlarini ijro etuvchi hokimiyat tashkil etadi. Ijro etuvchi hokimiyatning xususiyatlariga quyidagilar kiradi:
ijro etuvchi hokimiyat O‘zbekiston Respublikasi yagona davlat hokimiyatining mustaqil tarmog‘idir;
ijro etuvchi hokimiyat davlat boshqaruvi organlari tizimini tashkil etadi, ularga respublika hukumati, vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralari, mahalliy ijro etuvchi organlar, davlat muassasalari va korxonalarining ma’muriyati kiradi;
ijro etuvchi hokimiyat organlari mazmuni bo‘yicha ijro etuvchi va ko‘rsatma beruvchi faoliyatni amalga oshiradi. Ushbu organlar mustaqil ravishda qonun hujjatlari chiqarish, ularni qo‘llash hamda huquqni muhofaza qilishdan iborat keng doiradagi vakolatlarga egadirlar;
ijro etuvchi hokimyait davlat xizmati orqali amalga oshiriladi. Davlat xizmati deganda, fuqarolarning davlat organlaridagi davlat boshqaruvini amalga oshirishga qaratilgan professional faoliyati tushuniladi;
ijro etuvchi hokimiyatning muhim jihati- uning bevosita qo‘l ostida ulkan resurslar, ya’ni huquqiy , axborot, iqtisodiy, texnikaviy, mafkuraviy, tashkiliy resurslarning mavjudligi yoki uning predmetli xususiyatidir. Ijro etuvchi hokimiyat qo‘lida davlatning amaldagi qudrati jamlangan. U ulkan hududlar, ko‘plab odamlar, resurslarga tayanadi, xizmatlagi lavozim bo‘yicha ko‘tarishlar va rag‘batlantirish vositalaridan foydalanadi. Bundan tashqari, ijro etuvchi hokimiyat organlarining bevosita qo‘l ostida qurolli kuchlar, chunonchi, armiya, militsiya, milliy xavfsizlik xizmati mavjud.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, ya’ni O‘zbekiston Respublikasi hukumati oliy ijro etuvchi hokimiyat vakolatlarini amalga oshiradi, ijro organlari tizimiga boshchilik qiladi va ularnig faoliyatiga rahbarlik qiladi. SHuningdek, Vazirlar Mahkamasi iqtisodiyotning, ijtimoiy va ma’naviy sohaning samarali faoliyatiga rahbarlikni, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlis qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini ta’minlaydi. Uning huquqiy holati asoslari, tarkibi, shakllanish tartiblari O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi (20-bob), O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risidagi 2003 yil 29 avgustdagi yangi tahrirdagi qonuni va boshqa normativ-huquqiy hujjatlari bilan belgilangan.
Vazirlar Mahkamasining raisi Konstitutsiyaga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi hukumatining faoliyatiga rahbarlik qiladi hamda uning o‘z vakolatlarini samarali amalga oshirishi uchun choralar ko‘radi.
Hukumatni O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Bosh vazirning o‘rinbosarlari, vazirlar, O‘zbekiston Respublikasi davlat qo‘mitalarining raislari tarkibida Respublika Prezidenti shakllantiradi va Oliy Majlis tasdiqlaydi (Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risidagi qonunning 4-moddasi).
Hukumat yangi saylangan Oliy Majlis oldida o‘z vakolatlarini topshiradi. Demak, uning vakolat muddati 5 yil.

Download 29.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling