Mavzu: Ma’muriy huquq asoslari reja: Ma’muriy huquq tushunchasi va manbalari


Download 29.25 Kb.
bet8/10
Sana19.06.2023
Hajmi29.25 Kb.
#1615337
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Azimjon-Ma\'muriy huquq

Ayblanuvchi – qonunda belgilangan tartibda ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinishi haqida qaror chiqarilgan shaxs. U sudda sudlanuvchi deb, hukm chiqarilgandan keyin esa, mahkum yoki oqlangan deb ataladi.
Ayblov – jinoyat prosessida vakolatli organlar va shaxslarning jinoiy javobgarlikka tortilgan shaxs aybdorligini isbotlashdan iborat faoliyati. Uning uch turi mavjud: davlat ayblovi, jinoyat ayblovi va xususiy ayblov.
Aybsizlik- prezumpsiyasi – jinoyat prosessi huquqida ayblanuvchi (sudlanuvchi)ning aybi dalillar asosida to`liq isbotlanmaguncha uning aybsiz ekanligini e`tirof etish.
Alibi – ayblanuvchi yoki ayblanuvchi deb gumon qilingan shaxsning jinoyat sodir bo`lgan paytda boshqa joyda bo`lish holati.
Amnistiya – jinoyat sodir qilgan shaxslarni javobgarlikdan to`liq yoki qisman jazodan ozod qilish, ilgari sud tomonidan belgilangan jazoni o`tab bo`lgan shaxslardan sudlanganlikni olib tashlash. U normativ xususiyatga ega, ya`ni amnistiya akti bilan belgilangan talablarga javob beradigan barcha shaxslarga nisbatan qo`llaniladi.
Apellyatsiya – bir qancha xorijiy mamlakatlar huquqida hali qonun kuchiga kirmagan sud hukmlari va qarorlari ustidan shikoyat qilish. Apellyatsiya sudi ishdagi mavjud isbotlarni taftish etib, yangi isbotlarni ko`rib chiqadi, hukmni tasdiqlaydi yoki yangi hukm chiqaradi.
Avf etish – jazodan ozod qilishning bir turi. O`zbekiston Konstitutsiyasiga ko`ra, bunday huquq O`zbekiston Respublikasi Prezidentiga berilgan.
Axloq tuzatish koloniyalari – O`zbekiston Respublikasida axloq tuzatish muassasasining turlaridan biri. U jinoyat-ijroiya kodeksiga muvofiq voyaga yetgan sudlanganlarning ozodlikdan mahrum qilish jazosini o`tashlari uchun mo`ljallangan. Ular manzil-koloniyalarga, umumiy, qattiq, maxsus tartibli koloniyalarga bo`linadi.
Aqliy zaiflik – intellektdagi kamchilik. U ikki xil bo`ladi: tug`ma va orttirilgan.
Aqliy norasolik – shaxsning surunkali ruxiy hastaligi. Ruhiy faoliyatning vaqtincha buzilishi, aqliy zaiflashuv yoki biron-bir kasallik oqibatida o`z hatti-harakatlaridan o`ziga hisob berishga yoki o`z hatti-harakatlarini boshqarishga layoqatsizligi. Maxsus tibbiy ekspertizasi tomonidan aqli norasoligi aniqlangan shaxslar jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin emas.

Download 29.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling