Mavzu: Ma’naviy hayotdagi tub o‘zgarishlar. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida yangilanayotgan O‘zbekiston: milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari


Download 0.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/15
Sana05.01.2022
Hajmi0.64 Mb.
#211558
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
a Wf ieekNxP2LwEe39CoEyI3BaExR9z

Birinchidan,  demokratik  davlat  boshqaruv  mezonlarini  belgilovchi 

prinsiplarni  hayotga  sobitqadamlik  va  jadallik  bilan  joriy  etib  borish.  Bular 

boshqaruvda inson huquq va manfaatlarining ustuvorligi, hokimiyatlar taqsimlanishi 

(shu  jumladan,  davlat  boshqaruvini  amalga  oshiruvchi  organlar  o‘rtasida 

vakolatlarning oqilona taqsimlanishi), qonun ustuvorligi, davlat boshqaruviga xalq 

ommasi  hamda  fuqarolik  jamiyati  institutlarini  keng  jalb  etish,  davlat  boshqaruvi 

organlari faoliyatining oshkoraligi va ochikligi kabi tamoyillardir. 

Ikkinchidan,  davlat  boshqaruv  apparata  faoliyatining  qonunchilik,  huquqiy 

bazasini zamonaviy talablar asosida takomillashtirib borish nazarda tutiladi. 



Uchinchidan, ijroiya hokimiyati tizimidagi boshqaruv bilan shug‘ullanuvchi 

organlarning  tarkibiy  tuzilmasi  va  funksiyalarini  ratsionallashtirish  ma’muriy 

islohotning  muxim  vazifasi  xisoblanadi.  Bunda  davlat  boshqaruvida  muvoziy 

tuzilmalarning bo‘lishi va bir-birining vazifalarini takrorlashning mavjud bo‘lishini 

bartaraf etib borish talab etiladi. 



Turtinchidan,  davlat  boshqaruvi  organlari  faoliyatining  ochiqligini 

ta’minlash, ularning fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorligini ta’minlovchi 

samarali  mexanizmlarni  yaratish,  ular  faoliyati  ustidan  jamoatchilik  nazoratini 

faollashtirish zurur. 



Beshinchidan,  davlat  boshqaruvini  modernizatsiya  qilish  va  ma’muriy 

islohotlar  samarasini  oshirishda  tegishli  vakolatli  organlar  faoliyatining  huquqiy 

asoslarini  (reglamentlarini)  izchil  takomillashtirish  alohida  axamiyat  kasb  etadi. 

Bunday  huquqiy  xujjatlar  qatorida  Ma’muriy  protsessual  kodeksning,  “Ma’muriy 

protseduralar  to‘g‘risida”gi  va  “Davlat  xizmati  to‘g‘risida”gi  qonunlarning  qabul 

kilinishi Harakatlar strategiyasida aytib o‘tiladi. 

O‘zbekistan  Respublikasida  sudyalar  mavqeini  oshirish  bo‘yicha  sudya 

lavozimida  bo‘lishning  ilk  marotaba  besh  yillik,  keyin  o‘n  yillik  muddatini  va 

shundan  so‘ng  muddatsiz  davrini  belgilash  hamda  sud  raislarining  sudyalarga 

nisbatan intizomiy ish qo‘zg‘atishga oid vakolatini tugatish nazarda tutiladi. 

O‘zbekistan Respublikasi Prezidentining 2017 yil 21 fevraldagi “O‘zbekistan 

Resiublikasi  sud  tizimi  tuzilmasini  tubdan  takomillashtirish  va  faoliyati 

samaradorligini  oshirish  chora-tadbirlari  to‘g‘risida

≫gi  PF-4966-son  Farmoniga 

ko‘ra, amaldagi sud kotibi lavozimi tugatilib, sudlarning tuzilmalariga sudya katta 

yordamchisi, sudya yordamchisi lavozimlarining kiritilishi kelgusida sudyalarni odil 

sudlov bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan vazifalardan ozod qilishga hamda sudyalar 

zaxirasining shakllanishiga xizmat kiladi. 

Shuningdek,  ushbu  farmonga  asosan  sudyalik  lavozimlariga  nomzodlarni 

tanlash  va  tayinlash  tartibini  yanada  takomillashtirish  maqsadida  sudyalar 

xamjamiyatining  oliy  organi  xisoblanadigan  va  O‘zbekistan  Respublikasida  sud 

hokimiyati mustaqilligining konstitutsiyaviy prinsipiga rioya etilishini ta’minlashga 

ko‘maklashadigan O‘zbekistan Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tashkil etildi. 

Kengashning  asosiy  vazifalari  sifatida  sudyalik  lavozimlariga  nomzodlarni  tanlov 

asosida  tanlash,  malakali  va  mas’uliyatli  mutaxassislar  orasidan  sudyalarni 

tayinlash,  raxbarlik  darajasidagi  sudyalik  lavozimlariga  ko‘rsatish  uchun  tavsiya 

berish  yo‘li  bilan  sudyalar  korpusini  shakllantirish,  sudyalar  daxlsizligi 

buzilishining  va  ularning  odil  sudlovni  amalga  oshirish  borasidagi  faoliyatiga 

aralashishning  oldini  olish  bo‘yicha  choralar  ko‘rish,  odil  sudlovga  erishish 

darajasini  va  uni  amalga  oshirish  sifatini  yaxshilash  bo‘yicha  takliflar  berish  va 

boshqa muxim vazifalar belgilandi. 

Shuningdek, sudyalarning aloxida maqomini inobatga olgan xolda, ularning 

mexnatiga xaq to‘lash normalari va pensiya ta’minoti mexanizmini belgilash, shu 

jumladan,  sudlar  faoliyatini  faqat  budjet  mablag‘lari  xisobidan  moliyalashtirish 

tartibini, xar yili respublika budjetida qonunchilik va ijro hokimiyati organlaridan 

ajratilgan xolda aloxida qatorda belgilash tizimi joriy etiladi. 

Sudya sud hokimiyatining sha’ni va mustaqilligini mo‘tabar tutishi, xalol va 

beg‘araz bo‘lishi, qonunga rioya etishi va fuqarolarning huquqlarini xurmat kilishi, 

xar  kanday  nojuya  harakatlar  yoki  shunday  bo‘lib  ko‘rinishi  mumkin  bo‘lgan 

harakatlardan  o‘zini  tiyishi,  o‘zining  sudyalik  lavozimi  nufuzidan  shaxsiy 

manfaatlari  yoki  boshqa  shaxslarning  manfaatlari  yo‘lida  foydalanishdan  o‘zini 

saqlashi, huquq sohasida o‘zining 




kasb  malakasini  oshirib  borishi,  sud  jarayonida  taraflarga  sabr-toqatliligini  va 

obro‘sini ko‘rsatishi, shaxsiy xayotda yuksak ahlokiy qoidalarga amal qilishi shart. 

O‘zbekistan Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son 

Farmoni  bilan  tasdiqlangan  “2017-2021  yillarda  O‘zbekistan  Respublikasini 

rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Xalq 

bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 

ikkinchi  yo‘nalishi  qonun  ustuvorligini  va  sudning  chinakam  mustaqilligini 

ta’minlash  chora-tadbirlarini  nazarda  tutadi.  Jumladan,  O‘zbekistan  Respublikasi 

Prezidentining  2017  yil  21  fevraldagi  “O‘zbekistan  Respublikasi  sud  tizimi 

tuzilmasini  tubdan  takomillashtirish  va  faoliyati  samaradorligini  oshirish  chora-

tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-4966-son Farmoni bilan sudyalar xamjamiyatining oliy 

organi 


xisoblanadigan 

va 


O‘zbekiston  Respublikasida  sud  hokimiyati 

mustaqilligining  konstitutsiyaviy  prinsipiga  rioya  etilishini  ta’minlashga 

ko‘maklashadigan O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tashkil etildi.  

Mazkur  farmon  bilan  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  sudi  va  Oliy  xo‘jalik 

sudini  birlashtirish,  fuqarolik,  jinoiy,  ma’muriy  va  iktisodiy  sud  ish  yurituvi 

soxasidagi sud hokimiyatining yagona oliy organi - O‘zbekiston Respublikasi Oliy 

sudini tashkil etish; ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ma’muriy 

nizolarni,  shuningdek,  ma’muriy  huquqbuzarliklar  to‘g‘risidagi  ishlarni  ko‘rib 

chiqishga vakolatli bo‘lgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent 

shahar  ma’muriy  sudlarini,  tuman  (shahar)  ma’muriy  sudlarini  tashkil  etish; 

O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi, okrug va xududiy harbiy sudlarning 159 ta 

shtat  birligini  qisqartirish  va  O‘zbekiston Respublikasi harbiy  sudining qo‘riqlash 

vzvodini tugatish;  

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Harbiy xay’ati, O‘zbekiston Respublikasi 

Harbiy  sudi,  okrug  va  xududiy  xarbiy  sudlar  shtat  birliklarini  sudyalar  va  xarbiy 

sudlar  xodimlaridagi  xarbiy  xizmatchilar  huquqiy  maqomi,  shu  jumladan  xarbiy 

xizmatchilar  uchun  belgilangan  huquq,  imtiyoz  va  afzalliklar  saklanmagan  holda 

O‘zbekiston  Respublikasi  Qurolli  Kuchlari  tarkibidan  O‘zbekiston  Respublikasi 

Oliy sudi tizimiga o‘tkazish;  

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Xarbiy xay’atini tugatib, O‘zbekiston 

Respublikasi Oliy sudining ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov xay’atini tashkil etish; 

Qoraqalpog‘iston  Respublikasi,  viloyatlar  va  Toshkent  shahar  xo‘jalik  sudlarini 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiy sudlari etib 

o‘zgartirish; ishlarni birinchi instansiyada ko‘rib chiqishga vakolatli bo‘lgan 71 ta 

tumanlararo, tuman (shahar) iqtisodiy sudlarini tashkil etish; amaldagi sud majlisi 

kotibi  lavozimini  tugatib  belgilangan  umumiy  shtat  birligi  doirasida  sudlarning 

tuzilmalariga  sudya  katta  yordamchisi,  yordamchisi  lavozimlarini  kiritish 

ma’qullandi. 




Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling