Mavzu: Ma’naviy hayotdagi tub o‘zgarishlar. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida yangilanayotgan O‘zbekiston: milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari


yo‘nalish  xavfsizlik,  millatlararo  totuvlik  va  diniy


Download 0.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/15
Sana05.01.2022
Hajmi0.64 Mb.
#211558
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Bog'liq
a Wf ieekNxP2LwEe39CoEyI3BaExR9z

yo‘nalish  xavfsizlik,  millatlararo  totuvlik  va  diniy 

bag‘rikenglikni ta’minlash, chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi 

siyosat  soxasidagi  ustuvor  vazifalar  bilan  bog‘liq  bo‘lib,  bunda  dunyo  qalqib 

turgan, turli mintakalarda urush davom etayotgan, qon to‘kilayotgan bir sharoitda 

milliy  xavfsizlikni ta’minlashga  jiddiy  e’tibor berish  eng  muxim  vazifalardan  biri 

sifatida belgilangan. O‘ndan ortiq diniy konfessiyalar, 130dan ziyod millat va elat 

vakillari  yashayotgan  O‘zbekistonda  tinchlik  va  barqarorlikni  ta’minlash,  o‘zaro 

ishonch,  bir-birini  tushunish,  turli  e’tiqod  va  madaniyatlarni  xurmat  qilish  singari 

bag‘rikenglik  fazilatlarini  yanada  chuqurlashtirishning  ahamiyati  beqiyos  ekanligi 

ta’kidlanadi. O‘zbekiston deb atalgan umumiy xonadonimiz, 32  millionli oilamiz 

istikboli uchun diniy e’tikodi, milliy mansubligi, kasbu kori va yoshidan qat’i nazar, 

har bir fuqaro mas’ul ekanini anglash, farzandlarimizni shu ruhda tarbiyalash asosiy 

vazifa etib belgilangan. 

O‘zbekistonning 

tashqi 

siyosatida, 

O‘zbekistan 

Respublikasi 

Konstitutsiyasida belgilanganidek, davlatlarning suverenitetini, hududiy yaxlitligini 

xurmat  qilish,  kuch  ishlatmaslik  yoki  kuch  bilan  taxdid  qilmaslik,  chegaralarning 

daxlsizligini saqlash, nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki 

ishlariga  aralashmaslik  qoidalariga  va  xalqaro  huquqning  umume’tirof  etilgan 

boshqa koida  va  normalariga  asoslanib, o‘zaro  manfaatli  va  amaliy  tashqi siyosat 

olib  borish  bo‘yicha  ustuvor  yo‘nalishlarini  ishlab  chiqish  muxim  vazifa  qilib 

qo‘yilgan. 



Aytish  mumkinki,  2017-2021  yillarda  O‘zbekistan  Respublikasini 

rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi o‘tgan 

25  yil  davomida  mamlakatimiz  erishgan  ulkan  yutuqlar,  tarixiy  tajribalarni 

umumlashtirib,  xozirgi  kunda  davrning  o‘zi  oldimizga  qo‘yayotgan  dolzarb 

masalalarni hisobga olib, keyingi besh yilga va undan keyingi davrga mo‘ljallangan 

tarixiy  taraqqiyotning  yangi  ufqlarini  ochib  berishga  qaratilgan  bo‘lib,  u  o‘zining 

moxiyat  e’tibori  bilan  O‘zbekistonni  yangi  rivojlanish  bosqichiga  ko‘tarishni 

ta’minlaydigan strategik dasturdir. 

 


Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling