Mavzu: Ma’naviy hayotdagi tub o‘zgarishlar. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida yangilanayotgan O‘zbekiston: milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari
Download 0.64 Mb. Pdf ko'rish
|
a Wf ieekNxP2LwEe39CoEyI3BaExR9z
Kalit so‘zlar: Milliy istiqlol g`yasi, ma`naviy me`ros, tarixiy xotira, milliy,
diniy urf-odat, qadriyatlar, ta`lim, madaniyat, Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi. Asosiy masalalar (Reja): 1. Mustaqillik yillarida milliy istiqlol g‘oyasi va mafkuraviy masalalar. 2. O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning ajdodlar merosi va milliy qadriyatlarni tiklash borasidagi xizmati. 3. 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasining ishlab chiqilishi, hayotga joriy etilishi va uning ahamiyati. 4. Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish. Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish. 5. Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish, Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari; 6. Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash hamda chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar.
1.Mustaqillik yillarida milliy istiqlol g‘oyasi va mafkuraviy masalalar. Mustaqillik yillarida mamlakatimizda ma`naviy – ilmiy hayotida, afkori ilm maydonida muhum voqealar ro`y berdi. O`tgan yillar mobaynida Yurtboshimiz bir guruh yetakchi tarixchilar va ommaviy axborot vositalari xodimlari bilan uchrashdilar. Bu uchrashuvda Yurtboshimiz Sh. Mirziyoyev tarix fannning muammolari haqida mutaxassislar bilan fikr almashdilar, kuuynib gapirdilar. Mustaqil O`zbekiston tarixchi olimlar oldida turgan va tezda hal qilinishi kerak bo`lgan qator masalalarni ochiq – oydin ko`rsatdilar. Prezidentimiz ushbu masala bilan bog`liq bo`lgan aniq vazifalar haqida so`z uyritib, shunday deydilar: “Buyuk tarixda hech narsa izsiz ketmaydi. U xalqlarning qonida, tarixiy xotirasida saqlanadi va amaliy ishlarida namoyon bo’ladi. Shuning uchun ham u qudratlidir.Tarixiy merosni asrab-avaylash, o’rganish va avlodlardan avlodlarga qoldirish vatanimiz siyosatining eng muhim ustivor yo’nalishlaridan biridir” 1 .
davlatchiligini barpo qilish bilan bir qatorda xalqaro maydonda ham o`zining barqaror tashqi va ichki siyosati, buyuk va qadimiy tarixi, takrorlanmas ma`naviy
1 Mirziyoev Sh. M. Milliy taraqqiyot yo’limizni qat`iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko’taramiz. Tom 1. Toshkent: O’zbekiston, 2017. B-29. merosi va milliy qadriyatlari bilan dovrug` tarata boshladi. Garchi mustabid Sho`rolar hukmronligi davrida O`zbekiston tarixi fani to`laqonli tadqiqotinini amalga oshirish imkoniyatlari cheklangan bo`lsada, o`zbek xalqi o`zining boy tarixiy merosini ko`z qorachig`idek asrab keldi. Bu haqda so`z yuritar ekan, O`zbekiston Respublikasi Prezdenti Shavkat Mirziyoyev o’zlarining 2018 yil 28 dekabrda, 2019 yilda mamlakatimizni rivojlantirishning eng muhim ustuvor vazifalari toʻgʻrisidagi Parlamentga qilgan Murojaatnomasida quyidagi so`zlarni alohida takidlagan edi: « Oldimizga qoʻygan ulkan vazifalarni amalga oshirishda biz uchun kuch-qudrat manbai boʻladigan milliy gʻoyani rivojlantirishimiz zarur. Xususan, milliy oʻzligimizni anglash, Vatanimizning qadimiy va boy tarixini oʻrganish, bu borada ilmiy-tadqiqot ishlarini kuchaytirish, gumanitar soha olimlari faoliyatini har tomonlama qoʻllab-quvvatlashimiz lozim. Oʻtmishga berilgan baho albatta xolisona, eng muhimi, turli mafkuraviy qarashlardan xoli boʻlishi zarur. Afsuski, yurtimiz tarixini oʻrganishda oʻtgan davrda arxeologik tadqiqotlar yetarli darajada olib borilmadi. Shuning uchun Fanlar akademiyasining Arxeologiya va Sanʼatshunoslik institutlari faoliyatini, oliy oʻquv yurtlari va muzeylardagi arxeologik izlanishlarni chet ellik hamkorlar bilan birga tashkil etish zarur. Buyuk alloma va adiblarimiz, aziz-avliyolarimizning bebaho merosi, yengilmas sarkarda va arboblarimizning jasoratini yoshlar ongiga singdirish, ularda milliy gʻurur va iftixor tuygʻularini kuchaytirishga alohida eʼtibor qaratishimiz kerak. Shu maqsadda, Oʻzbekiston Milliy teleradio kompaniyasi tarkibida “Oʻzbekiston tarixi” kanalini tashkil etib, ilmiy jamoatchilik, ijodkor ziyolilarimiz bilan birgalikda uning dasturlarini puxta shakllantirish kerak. Mamlakatimiz muzeylarida saqlanayotgan tarixiy eksponatlarni toʻliq xatlovdan oʻtkazish, har bir muzeyning katalogini yaratish lozim» 2 . Natijada, nafaqat Respublikamizda milliy qadriyatlarini tiklash, necha ming yillik ma`naviy – ma`rifiy merosni asrab – avaylash, mustamlakachilik davrida chetga olib chiqib ketilgan madaniy yodgorliklarni aniqlash va uyrtimizga qaytarish borasida ko`plab xayrli shilar amalga oshirila boshladi. Bu ishga xorijda yashayotgan hamyrtlarimiz ham o`z hissalarini qo`shmoqdalar. 3
Xususan, Turkiyada istiqomat qilayotgan bir guruh vatandoshlarimiz ulug` bobokalonimiz hazrat Alisher Navoiyning “Xazoyinul - maoniy” majmuasining o`tgan asrning yigirmanchi yillarida O`zbekistondan olib chiqib ketilgan qo`lyozma nusxasini Prezident Islom Karimov uyborishdi. Mamlakat Prezidenti bu benazir “Ma`nolar xazinasi” asarini she`riyat mulki sultonining ramziy uyi – Alisher Navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyiga tuxfa etdi. Mazkur qo`lyozma XVIII asrda Samarqandda Usta Bobojon o`g`li Mulla Muqimjon Samarqandiy ismli xattot tomonidan ko`chirilgan. Bunaqangi nodir qo`lyozma, arxiv hujjatlari ham chet elda ko`p bo`lib ularni qaytarish yoki nusxa olish burch va vazifamizdir. Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda tarix fani sobiq mustabid tuzum mafkurasidan voz kechish, yangi yondashuvlar bilan bog‘liq o‘zgarishlarga yuz
2 O ʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Parlamentga Murojaatnomasi/ Xalq so’zi 29 dekabr. 3 Prеzidеnt tuhfаsi, Mаrkаziy Оsiyo mаdаniyаti. 2001. №12. tutdi. Fan taraqqiyoti va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish O‘zbekiston tarixchilari zimmasiga jahon amaliyoti yutuqlaridan kelib chiqib, tarix fanini yanada yuqori ilmiy-nazariy darajaga olib chiqish hamda yangi ilmiy yo‘nalishlarni o‘zlashtirish kabi vazifalarni yuklamoqda. Davlatimiz rahbarining 2017-yil 30-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzurida O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha jamoatchilik kengashi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori kengash ishidagi kamchiliklarni bartaraf etish va uni yangi pog‘onaga ko‘tarish hamda bu boradagi ishlar samaradorligini oshirishga qaratilgan muhim hujjatlardan biridir. Qarorda Jamoatchilik kengashi oldiga O‘zbekistonning eng yangi tarixini tizimli, haqqoniy va xolis tarzda o‘rganishni tashkil etish, yangi avlod ilmiy va o‘quv-uslubiy adabiyotlarni yaratish hamda mamlakatimizning dunyodagi o‘rni va rolini ko‘rsatishga qaratilgan qator vazifalar qo‘yilgan. Mazkur hujjatda ko‘rsatilgan vazifalarni bir-birini to‘ldiruvchi ikki yo‘l orqali ro‘yobga chiqarish lozim. Birinchi yo‘l – yangi avlod ilmiy va o‘quv adabiyotlarini yaratish.Ikkinchi yo‘l – mavjud bilimlarni yoshlarga targ‘ib etish va o‘qitish. O‘zbekistonning eng yangi tarixi haqida so‘z yuritilganda, biz uchun, avvalo, mamlakatimizning 1991-yildan keyin bosib o‘tgan tarixiy yo‘li mohiyati va mazmunini anglab yetish muhimdir. Bu jarayon qanday borganligini, mamlakatimiz mustaqillik arafasida va uning dastlabki yillarida qanday muammolarga duch kelganini tushunib yetish muhim. O‘zbek jamiyatida qadimgi davrlardan beri ayrim demokratiya unsurlari: o‘zini o‘zi boshqarishning jamoa shakli, mahalla yig‘inlari, oqsoqollar kengashlari va xalq diplomatiyasi mavjud edi. Biroq hozirgi kunda ushbu institutlar tomonidan an’anaviy funksiyalar bajarilishining o‘zi bilan qanoatlanib bo‘lmaydi. Biz ularning faoliyatini hozirgi davr talablariga mos yangi mazmun bilan to‘ldirishimiz maqsadga muvofiqdir. Rivojlangan demokratik davlatlarda siyosiy partiyalar fuqarolik jamiyatining eng muhim institutlaridan birini tashkil etadi. Mamlakatimiz Birinchi Prezidenti Islom Karimov fuqarolarning davlat va jamiyatni boshqarishda keng ishtirok etishini ta’minlovchi siyosiy institutlarning xilma-xilligiga asoslangan yangi demokratik tizim negizlarini shakllantirish zarurligiga alohida e’tibor qaratgan. Sobiq tuzum davrida davlat va yakkapartiyaviylik tizimi shaxs ustidan yalpi hukmronligini o‘rnatgan edi. Fuqaroning huquqiy himoyalanmagani, boshqaruvning ma’muriy-buyruqbozlik usullari, har qanday muqobil fikrlashning tazyiq ostiga olinishi ko‘p odamlarda chorasizlik tuyg‘usini uyg‘otib, real hayotdan uzoqlashish istagini oshirdi. “Siyosiy autsayderlar” deb ataluvchi kishilar sonining o‘sishi, jamiyatda ijtimoiy pessimizm va boqimandalikning kuchayishiga sabab bo‘ldi. Afsuski, bugungi kunda ham jamiyatda eski davrga xos bo‘lgan ijtimoiy ongning retsidivlari muayyan darajada saqlanib qolmoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ushbu holatni nazarda tutgan holda O‘zbekistondagi siyosiy partiyalarni jiddiy tanqid ostiga olib, quyidagilarni ta’kidladi: “Ochiq aytish kerak, siyosiy partiyalarda bu sohada haligacha xotirjamlik, qandaydir mudrab o‘tirish kayfiyati hukm surmoqda. Hech kimga foydasi bo‘lmagan majlislar soatlab davom etmoqda, tanqidiy tahlil o‘rniga mayda masalalar bilan o‘ralashib, dolzarb muammolarning yechimi chetda qolib ketmoqda”. Bugun kuchli fuqarolik jamiyatni qurish vazifasi
tobora ko‘proq dolzarblik kasb etmoqda. Uning amalga oshirilishi real va faol ko‘p partiyali tizimni shakllantirishni talab etayotir. O‘zbekistonning eng yangi tarixini o‘rganishda yuqorida ta’kidlab o‘tilgan vazifalar qatorida jamiyatni ijtimoiy-iqtisodiy isloh qilishdagi o‘zbek modelining konseptual asoslarini idrok etish, davlatimizning global va mintaqaviy integratsiya jarayonlarida ishtiroki bilan bog‘liq masalalarning to‘g‘ri va haqqoniy tahlilini xalqimiz va kelajak avlodga yetkazish burchimizdir. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti mamlakat milliy davlatchiligining vujudga kelishi va taraqqiy topishining eng yangi tarixini o‘rganish, ilmiy, ilmiy-ommabop, o‘quv-metodik, ma’rifiy adabiyotlarni tayyorlash va chop etish borasidagi yetakchi ilmiy-tadqiqot muassasalaridan biri. Institutda O‘zbekiston eng yangi tarixining turli jabhalarini tadqiq etuvchi “Yangi va eng yangi tarix”, “Etnologiya va antropologiya”, “Tarixshunoslik va manbashunoslik” bo‘limlari faoliyat ko‘rsatmoqda. Bu yerda eng yangi tarixni o‘rganishda tarix, xalqaro munosabatlar nazariyasi, sotsiologiya, antropologiya, etnologiya, falsafa, iqtisodiy nazariya, siyosiy muammolarni qamrab olgan yangi fanlararo yondashuvlar tahlili amalga oshirilmoqda.Yana ahamiyatli jihati, institutning olti nafar yetakchi olimi Jamoatchilik kengashi a’zosi hamdir. Olimlar tomonidan “Buyuk va muqaddas, mustaqil diyor”, “O‘zbekistonning eng yangi tarixi: nazariy-metodologik asoslari, o‘rganish tajribasi, manba va uslublar”, “O‘zbekiston yoshlari ijtimoiy-madaniy islohotlar jarayonida”, “O‘zbekistonning eng yangi tarixidan lavhalar”, “Farg‘ona vodiysi shaharlarida iqtisodiy transformatsiya jarayonlari (1991-1996-yillar)” kabi qator to‘plam va monografiyalarning nashr etilishi O‘zbekistonning eng yangi tarixiga oid amalga oshirilgan qator ilmiy-tadqiqot loyihalar natijasi, deyish mumkin. Institutda xorij davlatlari bilan hamkorlikda ishlash yanada takomillashib borayotir. Bugun “Yangi va eng yangi tarix” bo‘limi xodimlarining ilmiy ishlanmalarini chet elda nashr etilgan yigirmadan ortiq monografiyada o‘qish imkonimiz bor ekanligi quvonarli. Bundan tashqari, Rossiya, Germaniya, Yaponiya, AQSh, Belgiya, Buyuk Britaniya, Xitoy, Hindiston, Shveytsariya, Shvetsiya, Gollandiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston kabi davlatlar ilmiy nashrlarida yuzdan ortiq maqola chop etilgan. Bo‘lim xodimlari eng yangi tarixning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan va jahonning turli mamlakatlarida o‘tkazilgan o‘nlab nufuzli xalqaro konferensiyalarda faol qatnashib kelmoqda. Bugungi kun talab va ehtiyojlari asosida institut xodimlari va yetakchi malakali mutaxassislar tomonidan tayyorlangan “O‘zbekiston Respublikasining eng yangi tarixi” darsligi chop etilish arafasida. Jamoa O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi, “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyi, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari davlat muzeyi bilan hamkorlikda ishlab, ularga doimiy amaliy ko‘mak berib kelmoqda.Shu bilan birga, institutimizning xorijiy mamlakatlar ilmiy markazlari bilan hamkorligi yanada mustahkamlanib borayotir. Bu kabi sa’y-harakatlar albatta e’tiborli. Lekin shu kungacha O‘zbekistonning eng yangi tarixini o‘rganish chuqur va har tomonlama tadqiq etilgan emas. Jamoatchilik kengashi zimmasiga yuklatilgan vazifalar to‘laqonli bajarilmaganligi sababli ilm-fanning ta’lim va boshqa ijtimoiy sohalar bilan integratsiyasi
mexanizmlari yetarli darajada faollashmadi. Kengashning ishchi organi – O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi-metodik markaz cheklangan imkoniyatlari sabab bu davr bo‘yicha mavjud adabiyotlarni qayta ko‘rib chiqishni talab darajasida amalga oshirmadi. Ayniqsa, O‘zbekiston tarixi bo‘yicha zamonaviy chet el ilmiy va o‘quv adabiyotlarini o‘rganish va tahlil etish mohiyat jihatidan qoniqtirmaydi. Bundan tashqari, bizda, afsuski, O‘zbekistonning eng yangi tarixi turli aspektlarini o‘rganish bilan shug‘ullanayotgan mutaxassislarning (tarixchilar, sotsiologlar, siyosatshunoslar, faylasuflar, iqtisodchi olimlar, huquqshunoslar) tarqoqligi, ular faoliyatini muvofiqlashtirish talab darajasida emasligi yaqqol ko‘rinib qolmoqda. Bugun ilmiy gumanitar hamjamiyat vakillarining hamkorligisiz va birgalikda sarflanadigan kuch-g‘ayratisiz hozirgi zamon tarixining mazmunini tushunish murakkabligi barchaga ayon. Ana shunday bir paytda davlatimiz rahbarining O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzurida O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha jamoatchilik kengashi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi qarori kengash va tarixchilarga muhim yo‘riqnomalarni belgilab berdi. Institut olimlari va kengashning faoliyatini qayta ko‘rib chiqish, tariximizni mufassal ifoda etadigan tadqiqotlar, kitoblar, monografiya va darsliklar yaratish masalasini tez va sifatli hal etmoq talabini qo‘ymoqda. Mazkur qarorda belgilanganidek, institut va kengash a’zolari qator rejalar, amalga oshirilishi zarur bo‘lgan masalalarga jiddiy kirishgan. Unda siyosat, iqtisod, madaniyat, ijtimoiy hayotning barcha sohalarida sodir bo‘layotgan voqealar asosida O‘zbekistonning eng yangi tarixini o‘rganish bo‘yicha kompleks yondashuvni ta’minlash inobatga olingan. Ushbu vazifalarning ilmiy idrok etilishi va hal qilinishi muayyan darajada tarix fani mavjud tushuncha-metodologik arsenalining tanqidiy tahlili va tegishli tarzda O‘zbekistonning eng yangi tarixiga oid turli voqealarni tadqiq etish bilan shug‘ullanayotgan barcha ilmiy yo‘nalishlarning nazariy salohiyati yangilanishi bilan bog‘liqdir. Umuman olganda, O‘zbekistonning eng yangi tarixini o‘rganish va uni o‘qitishning dolzarb muammolari bo‘yicha keng munozaralarning zaruratini chuqur anglagan holda olimlar, pedagog xodimlar va maorifning boshqa vakillarini tarix ilmi va fani masalalarini keng ommaga yetkazish hamda matbuotda faol muhokama qilish zarur. Jamiyatimiz, ayniqsa, yosh avlod ona Vatanimizning yaqin o‘tmishini tushunishga, murakkab, jo‘shqin va jadal sur’atlar bilan davom etayotgan mamlakatimiz mustaqilligining tarix solnomasini tizimli o‘rganishga, uni to‘laqonli anglab yetishg a katta ehtiyoj sezmoqda. Mazkur sharafli ijtimoiy vazifani amalga oshirish esa o‘zbek tarixchilarining ilmiy va fuqarolik burchidir. Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq ajdodlarimiz tomonidan ko‘pasrlar mobaynida yaratib kelingan g‘oyat ulkan, bebaho ma’naviy va madaniy merosni tiklash davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan nihoyatda muhim vazifa bo‘lib qoldi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev ta’kidlaganlaridek, “Biz hozirgi vaqtda yirik bir loyiha-O‘zbekistondagi Islom madaniyati markazini tashkil
etish bo‘yicha katta ishlarni boshlab yubordik. Bu markaz avvalo xalqimizning yaratuvchilik dahosi bilan bunyod etilgan noyob merosni har tomonlama chuqur o‘rganish, yurtimizdan yetishib chiqqan buyuk alloma va mutafakkirlarning hayoti va ilmiy-ijodiy faoliyati haqida yaxlit tasavvur uyg‘otish, xalqaro miqyosda dinlararo va sivilizatsiyalararo muloqotni yo‘lga qo‘yish, bugungi murakkab davrda islom dinining insonparvarlik mohiyatini ochib berish, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish, yosh avlodni gumanistik g‘oyalar, milliy g‘urur va iftixor ruhida tarbiyalashdek ezgu maqsadlarni ko‘zda tutadi”. 4
xazinasiga ilm-fan, madaniyat taraqqiyotiga unutilmas hissa qo‘shib kelganlar. Ajdodlarimiz tomonidan ko‘p asrlar mobaynida yaratilgan asarlar, madaniyatning barcha sohalariga taalluqli nodir asarlar, qimmatbaho fikr-mulohazalar hozirgi kunda ham jahon xalqlari ma’naviy dunyosini boyitib, ularning ma’naviy kamolotiga xizmat qilib kelmoqdaki, bundan biz faxrlansak arziydi. Bugungi kunda ma’naviy merosimizni, qadriyatlarimizni tiklash, xalqimiz, jumladan, yoshlarimiz ma’naviyatini boyitish, o‘zligini anglash, xususan kelajagimiz bo‘lgan, zamon talablariga javob beradigan yuqori malakali, ongli mutaxassis kadrlarni tayyorlash ularning ma’naviyatini yuksaltirishga erishish g‘oyat muhimdir. O‘zbek xalqining boy ma’naviy qadriyatlarini qaytadan tiklash, ularni xalqimizga qaytarish mustaqillik davri tariximizning ajralmas qismidir. Shu ma’noda bu tarixni yoritmay turib, umuman musaqillik davrining to‘la tarixini yaratib bo‘lmaydi 5 .
Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling