Mavzu: Ma’naviy hayotdagi tub o‘zgarishlar. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida yangilanayotgan O‘zbekiston: milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari


  O‘zbekiston  Respublikasi  Birinchi  Prezidenti  Islom  Karimovning


Download 0.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/15
Sana05.01.2022
Hajmi0.64 Mb.
#211558
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
a Wf ieekNxP2LwEe39CoEyI3BaExR9z

2.  O‘zbekiston  Respublikasi  Birinchi  Prezidenti  Islom  Karimovning 

ajdodlar merosi va milliy qadriyatlarni tiklash borasidagi xizmati. 

Xalqimiz  siyosiy  mustaqillik  va  ozodlikni  qo‘lga  kiritgach,  o‘z 

taqdirining  chinakam  egasi,  o‘z  tarixining  ijodkori,  o‘ziga  xos  milliy 

madaniyatining  sohibiga  aylandi.  Mustaqillikka  erishilganidan  so‘ng 

O‘zbekiston rahbariyati, eng avvalo, xalqimizning ehtiyoji, orzu-istaklakrini 

hisobga  olib,  azaliy  bayramlarni  tiklashga  va  yangi  istiqlol  bayramlarini 

shakllantirishga  katta  e’tibor  bera  boshladi.  Jumladan,  O‘zbekiston 

Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A. Karimov Farmonlari asosida “Navro‘z”, 

“Ro‘za  hayiti”,  “Qurbon  hayit”  lari  rasman  tiklanib,  xalq  o‘rtasida  keng 

nishonlana  boshladi.  Shuningdek,  istiqlolni  sharaflaydigan  bayramlar 

“Mustaqillik  kuni”  va  “Konstitutsiya  kuni”  joriy  etildi.  O‘z  navbatida, 

davlatimiz  rahbariyati  sovetlar  davrida  paydo  bo‘lgan  barcha  bayramlarni 

taqiqlamadi.  Ular  orasida  umuminsoniy  g‘oya  va  qadriyatlarni  targ‘ib 

qiluvchi “Yangi yil bayrami”, “Xotin-qizlar bayrami” kabilar saqlab qolindi.

6

 

Tarix xotirasi, xalqning jonajon o‘lkaning, davlatimiz hududining holis 



va haqqoniy tarixini tiklash milliy o‘zlikni anglashni, ta’bir joiz bo‘lsa, milliy 

                                                 

4

http://uza.uz/oz/politics/adabyet-va-sanat-madaniyatni-rivozhlantirish-khal-imiz-mana-03-08-



2017

ПрезидентШавкат  Мирзиёевнинг  Ўзбекистон  ижодкор  зиёлилари  вакиллари  билан  учрашувдаги 

маърузаси. 03.08.2017  

5

Тожибоев  М.Т.  O’збекистон  мустақиллиги  шароитида  миллий  маънавий  қадриятларнинг  тикланиши  ва 



ривожланиши. Дисс... тарих фанлари номзоди. –Андижон:2001. 

6

Қорабоев У. Ўзбекистон маданияти. –Тошкент: Тафаккур бўстони, 2011. –Б. 149.  




iftixorni  tiklash  va  o‘stirish  jarayonida  g‘oyat  muhim  o‘rin  tutadi.  Tarix 

millatning haqiqiy tarbiyachisiga aylanib bormoqda. Buyuk ajdodlarimizning 

ishlari  va  jasoratlari  tarixiy  xotiramizni  jonlantirib,  yangi  fuqarolik  ongini 

shakllantirmoqda. Axloqiy tarbiya va ibrat manbaiga aylanmoqda. 

Markaziy Osiyo tarixida siyosiy aql-idrok bilan ma’naviy jasoratni, diniy 

dunyoqarash  bilan  qomusiy  bilimdonlikni  o‘zida  mujassam  etgan  buyuk 

arboblar ko‘p bo‘lgan. Imom al-Buxoriy, Imom at-Termiziy, Xoja Bahouddin 

Naqshband, Hoja Ahmad Yassaviy, Muhammad al-Horazmiy, al-Beruniy, Ibn 

Sino, Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Zahiriddin Muhammad Bobur va boshqa 

ko‘plab  ajdodlarimiz  milliy  madaniyatimizni  rivojlantirishga  ulkan  hissa 

qo‘shdilar,  xalqimizning  milliy  iftixori  bo‘lib  qoldilar.  Ularning  nomlari, 

jahon  sivilizatsiyasi  taraqqiyotiga  qo‘shgan  buyuk  hissalari  hozirgi  kunda 

butun dunyoga ma’lum

7



Mamlakat  ma’naviy  hayotini  yanada  yaxshilashda 1994  yil  23 aprelda qabul 

qilingan «Ma’naviyat va ma’rifat» jamoatchilik Markazini tashkil etish to’g’risidagi 

Prezident  Farmoni  muhim  ahamiyatga  ega  bo’ldi.  Shu  yili  8  iyunda  esa  Vazirlar 

Mahkamasi  ushbu  Farmonning bajarilishini  ta’minlashga  qaratilgan  maxsus qaror 

qabul  qildi.  Unda  Markazning  asosiy  vazifasi  va  faoliyat  yo’nalishi  qilib  o’zbek 

xalqining  boy  ma’naviy-madaniy  merosi,  sharqona  va  umuminsoniy  qadriyatlar 

asosida  mamlakat,  millat  kelajagini  belgilaydigan  ilg’or  g’oyalarni  yuzaga 

chiqarish, jamiyatdagi sog’lom kuchlar, yuksak iste’dod va tafakkur sohiblarining 

aqliy-ijodiy  salohiyatini  Vatan  istiqboli  sari  yo’naltirish,  millatlararo  dustlik, 

hamjihatlikning ahamiyatini oshirish, tinchlik va barqarorlikni saqlash,  mintaqada 

yashayotgan  millatlarning  madaniy,  ma’rifiy,  ma’naviy  taraqqiyot  tomirlari 

mushtarakligini tarkib qilish va hakozolar qilib belgilandi

8

. 1996-yil sentabrda qabul 



qilingan  «Ma’naviyat  va  ma’rifat»  jamoatchilik  markazi  ishini  yanada 

takomillashtirish  to‘g‘risidagi  O‘zbekiston  Respublikasi  Birinchi  Prezidentining 

farmoni asosida shu yil yanvarda Respublika «Ma’naviyat va ma’rifat» jamoatchilik 

markazi huzurida «Oltin meros» xalqaro xayriya jamg‘armasi tuzildi.  

1996-yil 

27-sentabrda  Respublika  Vazirlar  Mahkamasining  «Oltin  meros» 

xayriya  jamg‘armasini  qo‘llab-quvvatlash  to‘g‘risida»gi  Qaroriga  binoan  mazkur 

jamg‘arma  davlat  tomonidan  moddiy  jihatdan  qo‘llab-quvvatlandi.  Bu  qarorida 

o‘tmish  milliy  madaniyatimizni  yanada  taraqqiy  ettirish,  buyuk  ajdodlarimizning 

asrlar  davomida  yaratgan  bebaho  madaniy-marifiy  merosini  ko‘z  qorachig‘iday 

asrab-avvaylash,  kelgusi  avlodlarga  yodgorlik  qilib  qoldirish,  xalqimizning 

umuminsoniy qadriyatlar xazinasiga qo‘shgan ulkan hissasini butun dunyoga qayta 

tanitish,  uni  keng  targ‘ib  etish,  kishilarimiz,  ayniqsa,  yoshlarimiz  ongiga  milliy 

g‘urur, milliy iftixor, Vatanga muhabbat va istiqlol g‘oyalariga sadoqat tuyg‘ularini 

singdirib borish kerakligi haqida aniq ko‘rsatmalar beriladi

9



Mustaqillik yillarida buyuk soxibkiron Amir Temurning 660 yilligi bo‘lib o‘tdi. 

                                                 

7

Тожиахмедова  М. Мустақиллик йилларида O’збекистонда миллий ва маънавий қадриятларнинг тикланиши. 



xх1 международная научно-практическая интернет-конференция

. 30–31 Марта, 2014

 

8

Т.Файзуллаев,  А.Саримсоқов.  Мустакил  Узбекистоннинг  ижтимоий-иктисодий  ривожланиши  (укув- 



услубий кулланма). - Наманган, 2013. - 185 б. 

9

Шамсутдинов Р., Мўминов Ҳ. Ўзбекистон тарихи. Ўқув қўлланма. –Тошкент: 2013 




YuNESKO  tomonidan  1996  yil  «Amir  Temur  yili»,  deb  e’lon  qilindi.  Shu  yili 

YuNESKOning  Parijdagi 



qarorgohida  «Temuriylar  davri,  fan,  madaniyat  va 

maorifning gullab-yashnashi» mavzuida anjuman va unga bag‘ishlangan ko‘rgazma 

ochildi.  Mamlakatimizda  «Temur  va  temuriylar»  muzeyi,  Amir  Temur  nomi 

berilgan bog‘lar, ko‘chalar barpo etildi

10



1996 yil 28 avgustda Amir Temur tavalludining 660 yilligi munosabati bilan 



Shahrisabz shahri “Amir Temur” ordeni bilan mukofotlandi. 1996 yil 18 oktabrda 

Toshkentda Amir Temur haykali va muzeyi, Shahrisabzda esa Amir Temur haykali 

ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

11



«Oltin  meros»  xayriya  jamg‘armasi  «Xalq  merosi  durdonalari»  ilmiy 

anjumanlarini,  xorijdan  izlab  topilgan  qo‘lyozmalar,  tarixiy  hujjatlar,  xalq 

hunarmandchiligi  amaliy  san’at  namunalari,  yodgorliklarini  tahlil  qilish,  ko‘rik 

tanlovlar  o‘tkazish  bilan  shug‘ullanmoqda.  1996-2002-yillarda  «Oltin  meros» 

jamg‘armasi  sa’y-harakatlari  natijasida  buyuk  allomalarimiz  yaratgan  ko‘plab 

madaniy-ma’naviy  meros  namunalari  mamlakatimizdan  va  xorijiy  davlatlardan 

izlab topildi, jamlandi hamda kutubxona va muzeylarga joylashtirildi. Shuningdek, 

u  xalqimizning  rasm-rusumlarini,  urf-odatlarini,  marosimlarini  o‘rganish,  tiklash, 

xalqimizga qaytarish, ularning ma’no-mohiyatini, hozirgi kundagi ahamiyatini keng 

ommaga tushuntirish ishiga katta hissa qo‘shmoqda

12



O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2001  yil  1  mayda  qabul  qilgan 



“Qatag‘on qurbonlarini yod etish kunini belgilash to‘g‘risida”gi farmonida shunday 

deyilgan: “El-yurtimiz ozodligi va erkinligi yo‘lida, xalqimizning qadr-qimmati, or-

nomusini, milliy an’analarimiz va urf-odatlarimizni himoya qilishda, bosqinchi va 

yovuz  kuchlarga  qarshi  mashaqqatli  kurashlarda  qurbon  bo‘lganlar  xotirasi 

minnatdor avlodlar yodida abadiy saqlanib qoladi. 

 


Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling