Mavzu: mantiq ilmining predmeti, asosiy qonunlari. Tushuncha tafakkur shakli sifatida
Download 223.5 Kb.
|
10 mavzu. Mantiq ilmining predmeti, asosiy qonunlari. Tushuncha tafakkur shakli sifatida-1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mazmuni bo’yicha yana nisbatsiz va nisbatdosh tushunchalarni
AYIRUVCHI TUSHUNCHA shunday umumiy tushunchaki, u aks ettiruvchi belgilar berilgan sinfning har bir predmetiga xosdir. Masalan, «Jizzax politexnika instituti talabalari ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi birinchi sessiya materiallarini o’rganmoqda» degan fikr Jizzax politexnika institutining har bir talabasiga tegishli. Demak, «Jizzax politexnika instituti talabalari» tushunchasi bu erda ayiruvchi tushunchadir».Jizzax politexnika instituti talabalari ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi sessiyasi yakunlarini muhokama etishmoqda» degan fikrda esa, «Jizzax politexnika instituti talabalari» tushunchasi to’plovchi tushuncha sifatida ishtirok qiladi, chunki fikr ularning to’plamiga nisbatan bildirilgan.
MAZMUNI BO’YICHA tushunchalar, avvalam bor, abstrakt va konkret tushunchalarga bo’linadilar. KONKRETTUShUNChAlarda predmet o’zining belgilari bilan birgalikda fikr qilinadi. ABSTRAKT TUSHUNCHALARDA esa predmetning belgilari undan fikran ajratib olinib, alohida aks ettiriladi. Masalan «Inson», «Tabiat» tushunchalari-konkret tushunchalar, «qaxramonlik» (insonga xos xususiyatni aks ettiradi), «Go’zallik» (borliqdagi predmetlarga xos xususiyatni ifoda qiladi) tushunchalari abstrakt tushunchalardir. Mazmuni bo’yicha yana nisbatsiz va nisbatdosh tushunchalarni ham ajratish mumkin. NISBATSIZ TUSHUNCHALAR nisbatan mustaqil, alohida mavjud bo’lgan predmetlarni aks ettiradi. «Davlat», «Badiiy asar» ana shunday tushunchalardir. NISBATDOSH TUSHUNCHALAR esa zaruriy ravishda bir-birining mavjud bo’lishini taqozo qiladigan predmetlarni aks ettiradi. Masalan, «O’qituvchi» va «O’quvchi», «Ijobiy qaxramon» va «Salbiy qaxramon», «Sabab» va «Oqibat» tushunchalari nisbatdosh tushunchalar qatoriga kiradi. Ba’zi hollarda ijobiy va salbiy tushunchalar ham farq qilinadi. IJOBIY TUSHUNCHALARNING mazmunida predmet unga xos belgilar orqali fikr qilinsa, SALBIY TUSHUNCHALARNING mazmunida predmet unga xos bo’lmagan belgilar orqali fikr qilinadi. Masalan, «Savodli kishi», «Vijdonli kishi» - ijobiy tushunchalar, «Savodsiz kishi», «Vijdonsiz kishi» - esa salbiy tushunchalardir. Biz yuqorida tushunchalarning bir qancha turlari bilan tanishib chiqdik. U yoki bu tushunchaning ana shu turlardan qaysilariga mansub ekanligini aniqlash unga mantiqiy tavsif berish demakdir. Masalan, «Talaba» – umumiy, ayiruvchi, chegaralangan, konkret, nisbatsiz, ijobiy tushuncha; «A. Navoiy nomli O’zbekiston davlat kutubxonasi»-yakka, to’plovchi, chegaralangan, konkret, nisbatsiz, ijobiy tushunchadir. Ob’ektiv dunyodagi barcha predmet va hodisalar o’zaro aloqada bo’lganligi uchun, ularni aks ettiruvchi tushunchalar ham o’zaro ma’lum bir aloqalarda, munosabatlarda mavjud. Bu munosabatlar turli xil bo’lib, ularni aniqlash uchun, avvalambor, taqqoslanadigan va taqqoslanmaydigan tushunchalarni farq qilish lozim. Download 223.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling