Mavzu: mantiq ilmining predmeti, asosiy qonunlari. Tushuncha tafakkur shakli sifatida


Download 223.5 Kb.
bet11/18
Sana16.06.2023
Hajmi223.5 Kb.
#1489045
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18
Bog'liq
10 mavzu. Mantiq ilmining predmeti, asosiy qonunlari. Tushuncha tafakkur shakli sifatida-1

UCHINCHISI ISTISNO QONUNI
Uchinchisi istisno qonuni ziddiyat qonunining davomi, uning yanada rivojlantirilishi, chuqurlashtirilishidir. Fikrlash davomida vujudga kelgan ikki imkoniyatlardan birini tanlash zaruriyati tug‘ilganda unga amal qilinadi.
Unutmang!
Bu qonun quyidagicha ifoda etiladi: "Bir-biriga zid bo‘lgan ikki hukmdan biri hamisha chin bo‘lib, ikkinchisi xatodir, uchinchisi bo‘lishi mumkin emas". Formulasi A yoki B yoki V emas.
Fikrimizning isboti uchun quyidagi misollarni ko‘rib chiqaylik:
1. "Bu kitob foydali" "Bu kitob foydali emas".
2. "Bu yigit FarDU talabasi", "Bu yigit FarDU talabasi emas".
3. "Hech bir olim arxitektor emas", "Ba’zi olimlar arxitektor".
4. "Agar havo aynisa yomg‘ir yog‘adi", "Agar havo aynimasa, yomg‘ir yog‘maydi".
Bu hukmlarning biri chin, ikkinchisi xato, uchinchisi bo‘lishi mumkin emas. Demak, bir predmet yoki buyum haqidagi ikki zid fikr bir vaqtning o‘zida va bir nisbatda birdaniga chin ham, xato ham bo‘la olmaydi, biri chin bo‘lsa ikkinchisi xato va aksincha, uchinchi imkoniyat mavjud emasdir. Yoki o‘rtacha, oraliq holatning, imkoniyatning bo‘lishi mumkin emas.
ETARLI ASOS QONUNI
Etarli asos qonuniga binoan, har qanday chin, haqqoniy fikr, hukm, bilim asoslangan, isbotlangan, dalillangan bo’lishi, buning uchun esa ular etarli, to’liq asoslar, dalillar, fikrlar, argumentlarga ega bo’lishi lozim. Demak, mulohazalar haqqoniyligini asoslash, isbotlashning yagona vositasi dalillar, asoslar, faktlar va argumentlardir. Asoslanganlik esa to’g’ri tafakkurning muhim talabidir. Zotan, asoslangan, isbotlangan fikr to’g’ri fikrdir. Asoslanmagan, isbotlanmagan fikr esa yolg’ondir.
Inson tafakkuriga xos bo’lgan bu qonunni birinchi marta nemis faylasufi va matematigi G.Leybnits ta’riflab bergan. Uning ta’kidlashicha, barcha mavjud narsalar o’zining mavjudligi uchun etarli asosga ega. Har bir buyum va hodisaning real asosi bo’lgani kabi, ularning in’ikosi bo’lgan fikr-mulohazalar ham asoslangan bo’lishi kerak. Etarli asos qonunining bu talabi quyidagi formula orqali ifodalanadi: “Agar B mavjud bo’lsa, unda uning asosi sifatida A ham mavjud”.
Etarli asos uchun olingan dalillar, faktlar miqdori o’rganilayotgan ob’ektning tabiati va xarakteriga bog’liqdir. Ular haddan tashqari ko’p ham yoki, aksincha, kam ham bo’lmasligi kerak. Eng muhimi, ular to’g’ri, haqiqiy, ob’ektiv, ishonarli bo’lishi lozim. Asoslar o’rtasida sabab-oqibat bog’lanishlari mavjud bo’lishi kerak. Masalan,bu kishi bemor”, degan mulohazani “U shifoxonada davolanyapti”, degan fikr bilan asoslash mumkin.

Download 223.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling