Mavzu: mantiq ilmining predmeti, asosiy qonunlari. Tushuncha tafakkur shakli sifatida
Download 223.5 Kb.
|
10 mavzu. Mantiq ilmining predmeti, asosiy qonunlari. Tushuncha tafakkur shakli sifatida-1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uning formulasi “A ham B, ham B emas bo’la olmaydi”
NOZIDLIK QONUNI
Diqqat! Bir vaqtda va ayni bir munosabatda biror narsa to‘g‘risida qarama-qarshi fikr bildirib bo‘lmaydi. Agar bu qarama-qarshi fikr turli vaqt va munosabatda bo‘lsa, fikrlashda ziddiyatlarga olib kelmaydi. Bu fikrlar to‘g‘ri bo‘lishi mumkin. Ziddiyat qonuni fikrlash jarayonida ziddiyatga yo‘l qo‘ymaslikni talab qiladi, ya’ni bir buyum, narsa haqidagi ikki bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan fikr ayni bir vaqtda, ayni bir narsaga nisbatan ayni bir munosabatda to‘g‘ri bo‘lishi mumkin emas. Uning formulasi “A ham B, ham B emas bo’la olmaydi”. Quyidagi misollarni ko‘rib chiqaylik. 1. "Falsafa qiziqarli fan". "Falsafa qiziqarli fan emas". 2. "Sodiqov a’lochi talaba". "Sodiqov a’lochi talaba emas". 3. "Hamma insonlar onglidir". "Ba’zi insonlar qora tanli emas". 4. "Hech bir davlat urush tarafdori emas". "Hamma davlatlar urush tarafdori". Bu hukmlar ayni bir vaqtda hech qachon chin bo‘la olmaydi. Agar biror kishi tomonidan yuqoridagi hukmlar u yoki bu belgini tasdiqlasa yoki inkor etsa, ularning mazmuni inkor bo‘lishdan qat’iy nazar bir narsaga nisbatan bir vaqtda birdaniga to‘g‘ri bo‘lishi mumkin emas. Ziddiyat qonunida agar bir fikrga nisbatan turli vaqt nuqtai nazaridan qaralsa, fikr to‘g‘ri bo‘lishi mumkin. Masalan, "Rahimov - O‘zbekiston fuqarosi". "Rahimov - O‘zbekiston fuqarosi emas". Agar Rahimov bir vaqtlar O‘zbekistonda yashaganda fuqaro hisoblanib, hozir O‘zbekistonda yashamayotgan bo‘lishi mumkin. Bunday holda har ikki fikr ham to‘g‘ri. YUqoridagilardan kelib chiqqan holda Ziddiyat qonuni shunday ta’riflanadi: "bir vaqtda va ayni bir munosabatda biror narsa-hodisa haqida qarama-qarshi fikr bildirib bo‘lmaydi, ulardan biri chin, ikkinchi esa xato bo‘ladi, ammo bu qarama - qarshi fikr turli vaqt va nisbatda aytilsa, har ikkisi ham to‘g‘ri bo‘laveradi". Formal mantiq ziddiyatlarini moddiy olamdagi predmet va buyumlarga xos bo‘lgan ziddiyatlardan ajrata bilish lozim. Moddiy olamni bilishda dialektik mantiqning roli kattadir. Dialektika ob’ektiv olamning rivojlanishi jarayonini ham ziddiyatlarning vujudga kelishi va uni hal etilishidan iborat, deb ta’kidlaydi. Dialektik ziddiyat moddiy olamdagi buyum va narsalarni doim o‘zgarishda, rivojlanishda, bir holatdan boshqa holatga o‘tishda, deb biladi. Dialektik ziddiyat rivojlanish manbai hisoblanadi. Tabiat, jamiyat va kishi tafakkuri rivojlanishi dialektik ziddiyat natijasida yuz beradi. Dialektik ta’limotdan kelib chiqib, narsa harakatda ham sokinlikda (koinot va erga nisbatan) deb ta’kidlansa to‘g‘ri, lekin formal mantiq nuqtai nazaridan bu xato. CHunki xarakat va sokinlik bir vaqtning o‘zida bir narsa to‘g‘risida aytilgan ziddiyatli fikrdir. Ziddiyat qonuni ayni bir vaqtda bir buyum haqidagi aytilgan ikki zid fikr chin bo‘lishi mumkin emasligini ta’kidlaydi. Ammo bu zid fikr biri albatta chin, ikkinchisi albatta xato bo‘ladi degan xulosaga olib kelmasligi kerak. Masalan, "Hamma huquqshunoslar prokuror", "Hech bir huquqshunos prokuror emas". Bu hukmlarning har ikkalasi ham noto‘g‘ri, xatodir. YOki "Hamma davlatlar BMT ga a’zodir", "Hech bir davlat BMT ga a’zo emas". Bu hukmlar bir vaqtda chin bo‘lishi mumkin emas, lekin ikkalasi ham xato bo‘lishi mumkin. "Ba’zi davlatlar BMT ga a’zodir" degan hukm chin bo‘ladi. Demak, ziddiyat qonuni ikki qarama-qarshi hukmning sig‘isha olmasligini ko‘rsatib beradi. Ziddiyat qonunini yaxshi bilish kishilarga suhbatdoshining mantiqsizligini ochib tashlashga, yordam beradi. Ziddiyat qonuni ayniqsa ilmiy tadqiqot ishlarida katta ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birga har bir sohada ziddiyat qonunini buzish hollari uchrab turadi. Masalan, badiiy asarlarda bir obrazga ikki qarama-qarshi tavsif berilishi, ilmiy ishlarda zid fikrlarning ilgari surilishi, ayrim yig‘ilishlarda korxona va tashkilotlarning faoliyatini tanqid qilib, oxirida uning ishini "qoniqarli" deb topilishi ziddiyat qonunining buzilishidir. Download 223.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling