Tushunchani umumlashtirish hajmi tor tushunchadan xajmi keng tushunchaga (tur tushunchadan jins tushunchaga) fikran o’tishdan iborat. Bunda berilgan tushuncha tur tushuncha deb qabul qilinib, uning mazmunidan tur xosil qkiluvchi belgilar chikarib tashlanadi. Natijada mazmun jixatidan unga nisbatan kengroqk, lekin xajmiga ko’ra torroq bo’lgan jins tushuncha xosil bo’ladi. Masalan, «Aylanma xarakat» tushunchasi mazmunidan faqkat o’ngagina xos bo’lgan tur belgilarni chiqarib tashlasak, «Mexanik xarakat» tushunchasini xosil qilamiz. Umumlashtirish fmflining chegarasi eng umumiy tushuncha, yani kategoriyadir. Chunki kategoriyalar uchun jins bo’lgan tushuncha yo’q.
Tushunchani umumlashtirish amalining sxemasi quyidagicha:
A-Erning o’z o’qi atrofida aylanishi
B -Aylanma harakat
C-Mexanik xarakat
D-Xarakat
Tushunchani chegaralash va umumlashtirish amallari kundalik xayotimiz va ilmiy bilishda keng qo’llaniladi. Hususan, barcha kategoriyalar, ular yordamida ifodalanadigan nazariy qonunlar, g’oyalar, nazariyalar mavjud empiric tushunchalarni, empiric qonunlarni umumlashtirish natijasida xosil bo’ladilar.
Umumlashtirish muxokama yuritish jarayonida induktiv hulosa chiqarish usulida yaqqol ifodalangan boladi. Tushunchalarni umumlashtirishsiz fanning fundamental tushunchalarni yaratib bo’lmaydi; mavjud bilimlarni sistemaga solish qiyin va, umuman, fan taraqqiy eta olmaydi.
Tushunchalarni chegaralash amali esa, yaratilgan umumiy bilimlarni (nazariy tushuncha, g’oya, nazariya va shu kabilarni) talqin etishda ishlatiladi. Masalan, Nyuton mehanikasidagi “Inertsiya” tushunchasi Galiley nazariyasidagi “erkin tushish” tushunchasi yordamida tushuntirilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |