Mavzu: mantiq ilmining predmeti, asosiy qonunlari. Tushuncha tafakkur shakli sifatida


Download 223.5 Kb.
bet17/18
Sana16.06.2023
Hajmi223.5 Kb.
#1489045
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
10 mavzu. Mantiq ilmining predmeti, asosiy qonunlari. Tushuncha tafakkur shakli sifatida-1

B IRGA BO’YSUNISH MUNOSABATI quyidagi tushunchalar o’rtasida mavjuddir.
A-Fan.
V -Mantiq.
S-Fizika.


QARAMA-QARSHILIK MUNOSABATIDAGI tushunchalarning hajmlari bir-birini istisno qiladi. Ular predmetning (predmetlar guruhining) qarama-qarshi belgilarini aks ettiradi, ya’ni biri predmetning ma’lum bir belgisini ifoda qilsa, ikkinchisi uni inkor qiluvchi boshqa belgini aks ettiradi. Qarama-qarshilik munosabatidagi tushunchalar o’zlari bo’ysunadigan tushunchaning hajmini to’liq egallay olmaydi. Masalan, «Baland bo’yli odam» va «Past bo’yli odam» tushunchalari «Odam» tushunchasining hajmini to’liq qoplay olmaydi.
A -Odam.
V -Baland bo’yli odam.
S - Past bo’yli odam.
ZIDLIK MUNOSABATIDAGI tushunchalardan biri predmetning birorta xususiyatini ifoda qilsa, ikkinchisi uni inkor qiladi va mazmun jihatidan noaniq bo’lib qoladi. Zidlik munosabatidagi tushunchalar, qarama-qarshilik munosabatidagi tushunchalardan farqli o’laroq, bo’ysundiruvchi tushunchaning hajmini to’liq qoplaydi. Masalan,
A -Odam.
V -Baland bo’yli odam,
S-Baland bo’yli emas odam.

Tushunchalar o’rtasidagi munosabatlarni aniqlash ularning mazmuni va hajmini aniqlashtirishga, ularni bog’lab, bir fikr shaklidan boshqa fikr shakliga o’tishga yordam beradi. Masalan «Talaba» va «A’lochi» tushunchalari o’rtasidagi munosabatni aniqlash asosida «Ba’zi talabalar a’lochilardir» degan mulohaza shaklidagi fikrni hosil qilish mumkin.


TUSHUNCHALARNI CHEGARALASH VA UMUMLASHTIRISH tushunchalar ustida olib boriladigani amallar hisoblanadi. Ular tushunchaning mazmuni va xajmi o’rtasidagi teskari miqdoriy nisbat qonuniga muvofiq holda amalga oshiriladi.
TUSHUNCHANI CHEGARALASH xajmi keng tushunchadan xajmiga tor tushunchaga (jins tushunchadan tur tushunchaga) fikran o’tishdan iborat. Masalan, «Mexanik harakat» tushunchasidan «Aylanma harakat» tushunchasiga o’tsak, uning xajmini chegaralagan bo’lamiz. Chegaralashda berilgan tushuncha – «Mexanik harakat» jins tushuncha, deb qabul qilinib, uning mazmuniga tur tushuncha hosil qiluvchi belgilar qo’shiladi. Natijada unga nisbatan tur hisoblangan yangi tushuncha - «Aylanma harakat» tushunchasi hosil bo’ladi. Chegaralash amalini davom ettirib, “Erning o’z o’qi atrofida aylanishi” tushunchasiga o’tish mumkin. Demak, chegaralash davomida hosil bo’lgan har bir yangi tushuncha avvalgisiga nisbatan tur tushuncha bo’ladi. Chegaralash amali yakka tushuncha hosil bo’lguncha davom ettirilishi mumkin. Chunki yakka tushunchaga nisbatan tur bo’lgan tushuncha yo’q.
Tushunchani chegaralash amalining sxemasi quyidagicha:

A- Harakat


B-Mexanik xarakat
C-Aylanma xarakat
D-Erning o’z o’qi atrofida aylanishi.



Download 223.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling