Mavzu: Mantiq Rejasi va bayoni


Download 50.45 Kb.
bet2/6
Sana23.12.2022
Hajmi50.45 Kb.
#1047287
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mantiq 17.10

Mantiq fani va til.
Har qanday fikr tilda ifodalanadi: tushunchalar so’z va so’z birikmalari bilan, hukmlar gap, xulosa chiqarish esa bir necha o’zaro aloqador gaplar bilan.
Til – axborotlarni uzatish uchun xizmat qiluvchi belgilar sistemasidir. Til vositasida kishilar o’z fikrlarini ifodalaydi, o’zaro axborotlarni almashadi, saqlaydi hamda atrof olamni anglaydi. Til va tafakkur uzviy bog’liq, lekin aynan mos kelmaydi. Fikrlar ideal bo’lib, real mavjud predmetlarni, ularning xususiyat va munosabatlarini obrazlar shaklida ifodalaydi.
Til – fikrning og’zaki nutq va yozma nutq belgilarida moddiy ifodalanishidir. Tilni mantiqiy tahlil qilishda biz uni belgilar sistemasi deb atadik. Belgi – bilish jarayonida ma'lum bir predmetning vakili vazifasini bajaruvchi moddiy ob'ektdir.
Belgilarning qo’yidagi uch tipini ajratish mumkin:
belgi – indekslar;
belgi – obrazlar;
belgi – simvollar.
Belgi– indekslar o’zi ifodalayotgan ob'ekt bilan sabab-oqibat sifatida bog’liq. Masalan: inson tanasi haroratining ko’tarilishi kasallikni bildiradi. Belgi – obrazlar o’zi ifodalayotgan predmet haqida bevosita axborot tashiydi. Masalan: predmetlarning surati. Belgi – simvollar o’zi ifodalayotgan ob'ekt bilan oqibat va moslik munosabatida bo’lmaydi. Mantiqda mana shu belgilar? Ya’ni til belgilari o’rganiladi.
Belgilar o’z ma'no va mazmuniga ega. Til belgisining ma'nosini u ifoda qilayotgan predmetning xarakteristikasi tashkil etadi. Til belgisining mazmunini u ifoda qilayotgan predmetlar yig’indisi tashkil etadi. Ba'zi belgilar o’z mazmuniga ega bo’lmaydi. Masalan, doirasimon kvadrat. Ba'zi belgilar esa o’z ma'nosiga ega emas.
Belgilarning bilish jarayonidagi rolini dastlab Aristotel tadqiq qilgan. Keyinchalik bu muammo bilan Leybnits va boshqa olimlar shug’ullanishgan. Belgilar haqidagi ta'limot ayniqsa XIX asrda lingvistika va simvolik mantiq talablarini oshishi bilan rivojlandi. Belgilar haqidagi fan – semiotikaga amerikalik faylasuf Charlz Pirs (1839-1914) asos soldi. Bu fan tilning uch jihatini o’rganuvchi uch bo’limga bo’linadi.
1) sintaksis – belgilarning o’zaro munosabatini, ya'ni gap tuzilishi qoidalarini o’rganuvchi soha;
2) semantika – belgi bilan u ifoda qilayotgan predmet o’rtasidagi munosabatni hamda belgilar mazmunini o’rganadi;

Download 50.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling