3. Ma’naviyat va ijtimoiy taraqqiyot (multimedia, test, konferensiya). Tayanch tushunchalar: I.A.Karimov, ma`naviyat, milliy g’oya, milliylik, umuminsoniylik, qadriyat, ma`rifat, ijtimoiy taraqqiyot. - Xulosa. Demak, ma’naviyat keng ma’noda – bu qaror topgan munosabat: baholash, qo`llab-quvvatlash yoki inkor qilish, aqliy va hissiy muhit, ijtimoiy hodisalarga nasbatan faollik va h.k. Muhit ma’naviyatning eng umumlashgan uzluksiz shakli, ma’daniyat esa uzlukli (diskret) shaklidir
- Umumiy xulosa. Mazkur mavzuning yuqorida qayd etilgan masalalarini chuqur o`rganish va keng mushohada qilishning ijtimoiy-siyosiy tomonlari bilan birgalikda umumbashariy ahamiyati ham mavjud bo`lib, ular quyidagilarda o`z aksini topadi:
- - birinchidan, ma`naviyat orqali inson tabiat va jamiyat bilan bir butunlikni tashkil qiladi, uyg`unlshadi. Insonning tabiatga va jamiyatga ijobiy ta`siri ma`naviyatga, salbiy ta`siri esa undagi kamchiliklarga bog`liq;
- - ikkinchidan, buyuk ajdodlarimizning bag`ri kengligi, mazhabparastlikka berilmaganligi, ular dunyoqarashida dunyoviy va diniy ilmlarning mushtarakligi, sabr - qanoatligi kabi ma’naviy qadriyatlari barchamizga namuna ibratdir;
- - uchinchidan, boy ma'naviy qadriyatlarimiz yoshlar ongiga milliy g`oya va istiqlol mafkurasini singdirishga xizmat qiladi, ularni mustaqil fikrlash, do`stni dushmandan farq qilishga undaydi, yurtim deb, elim deb yonib yashashga chorlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |