Mavzu; Markaziy bankning valyuta siyosati Mundarija Kirish Reja; I bob. Valyuta siyosatining maqsadi va asosiy yo‘nalishlari


O‘zbekistonda valyuta siyosatining asosiy yo‘nalishlari


Download 77.9 Kb.
bet4/6
Sana09.01.2022
Hajmi77.9 Kb.
#263271
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Markaziy bankning valyuta siyosati

1.2. O‘zbekistonda valyuta siyosatining asosiy yo‘nalishlari

Fan-texnika taraqqiyotining o’ ziga xosligi, ixtisoslashuv va u bilan bog’ liq xalqaro mehnat taqsimoti haqida milliy ishlab chiqarishlar kooperatsiyaning yanada chuqurlashuvini talab qilmoqda. Buning oqibatida esa xalqaro savdo rivojlanib, davlatlar o’ rtasida kredit-moliya, valyuta munosabatlari yanada takomillashmoqda. Shunisi diqqatga sazovorki, keyingi yillarda tovarlar eksportining sur’atlari sanoat ishlab chiqarish sur’atlariga nisbatan sezilarli ravishda o’ sgan.

Ustuvor yo’ nalishlar eksportga yo’ naltirilgan va asosiy tarmoqlarga, kichik va xususiy, tadbirkorlikni qo’ llab-quvvatlashga, xorijiy investitsiyalarni jalb qilishga qaratilgan tuzilmasi qayta o’ zgarishlar va iqtisodiyotning real sektorini rivojlantirish, respublikada o’ tkazilayotgan islohotlarning asosiy tarkibiy qismi bo’ lib qoldi. Tanlangan ustuvor yo’ nalishlarning to’ g’ riligi shu bilan tasdiqlandiki, jahon bozorlarini qamrab olgan salbiy jarayonlardan saqlangan holda ichki moliya bozorini har qanday ta’sirlardan saqlab qolishga muvaffaq bo’ lindi.

1999-yilda O’ zbekiston Respublikasi Markaziy bankining pulkredit siyosati valyutaning barqarorligini saqlagan holda, uning mavjud o’ sish yo’ nalishini mustahkamlashga, joriy xalqaro operatsiyalar bo’ yicha uning konvertatsiyalashi uchun zarur sharoitlarni yaratishga va valyuta zaxiralaridan ishlab chiqarishning ustuvor yo’ nalishlarida samarali foydalanishga yo’ naltirilgan edi.

valyuta siyosatining ikkita asosiy, o’ zaro qarama-qarshi omillari mavjud, ya’ni valyuta kursidan moliyaviy barqarorlashtirish quroli sifatida foydalanish lozim. Birinchi holatda valyuta kursi barqaror va qaysidir ma’noda bahosi ko’ tarilgan bo’ lishi (bu narsa baholar o’ sib ketishining oldini oladi) kerak.

Ikkinchi holatda esa u ancha qayishqoq va bahosi pasaytirilgan bo’ lishi (eksportni rag’ batlantirish maqsadida) lozim. valyuta siyosatining muhim yo’ nalishlaridan biri valyuta rejimlari sanaladi. valyuta rejimlari, ma’lumki, ayirboshlash kursi belgilangan yoki erkin suzuvchi kurslardan iborat bo’ lishi mumkin. Bundan tashqari, «boshqariladigan suzuvchi» deb ataladigan kurs ham mavjud. Birinchi holda milliy valyutaning nominal kursi qandaydir barqaror valyutaga nisbatan belgilanadi (masalan, AQSH dollariga). Markaziy bank esa bu darajani valyuta intervensiyalari orqali ushlab turadi. Bunday rejimni inflyatsiyani kamaytirish va moliyaviy barqarorlikka erishish uchun qo’ llash maqsadga muvofiq.

Biroq o’ rta muddatli davrda barqaror valyutaga ega bo’ lgan mamlakatda inflyatsiyaning nisbatan yuqori sur’atlari saqlanib turgan bo’ lsa, unda bu rejim real ayirboshlash kursining oshishiga va eksportning destimulatsiyalashishiga olib keladi. Chunki milliy valyutaning real kursi pasayib ketadi. Bunday holda spekulyativ hujumlarga duchor bo’ lish ehtimoli paydo bo’ ladi. Agar valyuta bozori ishtirokchilari kelajakda kursning devalvatsiyalanishini kutishayotgan bo’ lsa, «erkin suzish» rejimida, ya’ni Markaziy bank valyuta bozori faoliyatiga aralashmagan taqdirda va ayirboshlash kursi talab va taklif asosida belgilanayotgan holatda kursning aytib bo’ lmaydigan keskin tebranishlari oqibatida milliy iqtisodiyotning va tashqi savdoning izdan chiqish xavfi paydo bo’ ladi.

valyuta siyosatining yana bir yo’ nalishi – bu valyuta ayirboshlash kursidir. Odatda, iqtisodiyotda bundan qisqa muddatli davrda inflyatsiya bilan kurashish vositasi sifatida foydalanish mumkin. Biroq bunday valyuta rejimini joriy etish uchun quyidagilarni nazarda tutish kerak: talabda sakrashlar yuzaga kelganda valyuta intervensiyasi orqali kursning kerakli darajasini tutib turish imkonini beradigan yetarli miqdordagi oltin- valyuta zaxiralarining mavjudligi: qat’iy monetar va fiskal siyosatning o’ tkazilishi.

Agar bu shartlardan birortasi bajarilmaydigan bo’ lsa, unda belgilanadigan ayirboshlash kursini joriy qilish mutlaqo mumkin emas.

Moliyaviy barqarorlikka erishilgach va inflyatsiya darajasi yiliga 10-15 foizgacha pasaysa, «boshqariladigan suzuvchi» rejim eng maqbul rejim bo’ lib qoladi. Chunki u eksportni rag’ batlantirish vazifasini hal qilishga imkon yaratadi. So’ m nominal kursining sirg’ aluvchi pasayishi sharoitida « valyuta yo’ lagi»ni belgilash, baholar barqarorligi va ularning oldindan bashorat qilinishini ta’minlashga imkon yaratadi.

Rivojlanayotgan mamlakatlar tajribasidan ma’lumki, milliy valyutaning konvertatsiyalanishiga erishish – monetar, fiskal va tashqi savdo siyosatlari sohalarida qator o’ zaro bog’ liq choratadbirlar majmuasini talab qiluvchi juda murakkab jarayondir. Konvertatsiya tovarlar, xizmatlar va moliya aktivlari oqimlarining xalqaro harakati bilan chambarchas bog’ liq. Konvertatsiyalashni joriy qilish tashqi savdoga va sarmoyalar harakatiga bo’ lgan cheklovlarni olishga teng bo’ lgan natijani beradi. Konvertatsiyalashga bo’ lgan cheklovlarni olib tashlash iqtisodiyot uchun qator afzalliklarni ta’minlaydi, biroq buning uchun ma’lum bir to’ lov to’ lash kerak bo’ ladi, u esa erkinlashtirishning tezligiga bevosita bog’ liq.

2003-yil oktabr oyida milliy valyutani konvertatsiya qilish bo’ yicha XVF talablari asosida XIII bandning imzolanishi mamlakat valyuta siyosatida muhim o’ zgarishlarga olib keluvchi qadam bo’ ldi. Bu konvertatsiyalash barcha iqtisodiy agentlarga xorijiy valyuta rejimini qabul qilishni anglatadi.

Milliy valyutaning konvertatsiyalanishiga erishishning boshlang’ ich bosqichida quyidagilarni ta’minlash lozim:


  • to’ lov balansining muvozanatiga zid kelmaydigan ayir-boshlash kursini belgilash;

  • yaqin istiqbolda to’ lov balansida keskin buzilishlar ro’ yberib qolganda xalqaro likvidlik (xorijiy valyutalarning zaxirasi, xorijiy valyuta qarzlariga bo’ lgan yo’ lning ochiqligi ) yetarli bo’ lishi zarur.

Xorijiy valyuta zaxiralari o’ lchamlarining ko’ rsatkichlaridan biri sifatida ko’ pincha oylarning soni qo’ llaniladi (qoidaga ko’ ra ikkitadan kam bo’ lmasligi lozim), ya’ni mana shu oylar ichida mamlakatga zarur bo’ lgan barcha import uchun to’ lov to’ lash imkoniyati mavjud bo’ ladi.

O’ zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001yil 22-iyundagi 263-sonli « valyuta bozorini yanada erkinlashtirish chora-tadbirlari to’ g’ risida» gi va 2001-yil 10-iyuldagi 294sonli «Birjadan tashqari valyuta bozori faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to’ g’ risida»gi qarorlari mamlakatimiz moliya tizimini shakllantirishda muhim o’ rin tutadi. Mazkur qarorlar valyuta bozoridagi o’ zgarishlarni tezlashtirib, iqtisodiyotimizning jahon kapital bozoriga chiqishiga ko’ maklashadi.

Oliy Majlisning 2003-yil dekabrdagi sessiyasida O’ zbekiston Respublikasining « valyutani tartibga solish to’ g’ risida»gi qonun loyihasi yangi tahrirda ko’ rib chiqilishi ham hukumat valyuta siyosatining muhim tarkibiy qismi hisoblanishini tasdiqlaydi.

O’ zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qabul qilgan qator qarorlar, xo’ jalik subyektlarining valyuta bozoridagi faoliyatlarini ancha kengaytirib, chet el valyutasini sotib olish tartibini soddalashtirmoqda.

O’ zbekistonda valyuta bozorini o’ z vaqtida erkinlashtirish iqtisodiyotni yanada rivojlantirish uchun katta imkoniyatlar yaratadi.

O’ zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001yil 10-iyuldagi 294-sonli «Birjasidan tashqari valyuta bozori faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to’ g’ risida»gi qaroriga muvofiq qarzga olingan mablag’ lar hisobidan konvertatsiyani amalga oshirish taqiqlanadi. Kreditga olingan mablag’ larga chet el valyutasini sotib olish bozorda chet el valyutasiga bo’ lgan talabni sun’iy ravishda oshiradi. Bu esa milliy valyuta barqarorligini izdan chiqaradi. Respublika hukumati va Markaziy bank milliy valyuta barqarorlashuvidan manfaatdordir. Bu esa, o’ z navbatida, makroiqtisodiy barqarorlikni kafolatlaydi.

valyuta bozorini yanada erkinlashtirish maqsadida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar ijobiy natija berishi kerak.

Birinchidan, mahsulot eksport qiluvchilarning moddiy manfaatdorligi oshadi va buning natijasida eksportning umumiy hajmi ortadi.

Ikkinchidan, mamlakatimizda yanada qulay investitsiya iqlimi yaratiladi, xorijiy va ichki investorlarning eksportga yo’ naltirilgan ishlab chiqarishga investitsiya kiritishlari uchun qulay shart-sharoitlar yuzaga keladi.

Uchinchidan, iqtisodiyotning boshqa sohalarida o’ tkaziladigan islohotlarni tezlashtirish imkoniyatlari yaxshilanadi.

Bozor iqtisodiyotini rivojlantirish, albatta, moliya tizimi va valyuta bozorini yanada erkinlashtirishni talab qiladi. Shu sababli, birjadan tashqari valyuta bozorida operatsiyalar hajmini kengaytirish zarurati paydo bo’ ldi.

Hozirgi paytda birjadan tashqari valyuta bozori banklararo valyuta bozorini, vakil banklar bilan ularning mijozlari o’ rtasidagi operatsiyalarni, shuningdek, valyuta almashtirish punktlari orqali naqd pul, chet el valyutasini sotib olish va sotish operatsiyalarini o’ z ichiga oladi.




Download 77.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling