Mavzu: Markaziy Osiyo iqtisodiyoti asoslarining umumiyligi,ularning yagona geografik va tarixiy-ijtimoiy rivojlanish omillar


Download 22.1 Kb.
bet1/2
Sana17.06.2023
Hajmi22.1 Kb.
#1538861
  1   2
Bog'liq
Markaziy Osiyo iqtisodiyoti asoslarining umumiyligi,ularning yagona geografik va tarixiy-ijtimoiy rivojlanish omillar


Mavzu: Markaziy Osiyo iqtisodiyoti asoslarining umumiyligi,ularning yagona geografik va tarixiy-ijtimoiy rivojlanish omillar
Reja:
1. IIGning asosiy ilmiy-nazariy va amaliy asoslari, tushunchalari va ularning mohiyati.
2. MOD iqtisodiyotining yagona ijtimoiy-hududiy makonda rivojlanish qonuniyatlari, tamoyillari va omillari.
3. Yagona iqtisodiy makon va Markaziy Osiyo davlatlarining integratsiyalashuv jarayonlari.

1. Markaziy osiyo davlatlari iqtisodiy va ijtimoiy gegorafiyasi (MOD IIG) ijtimoiy fanlar tizimiga kiradi. MOD IIGning asosiy predmeti bolib malum hududlar doirasida mavjud tabiat-aholi-xojalik tizimi ichida amalga oshayotgan ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy munosabatlar hisoblanadi. Bunda asosiy etibor iqtisodiy-ijtimoiy va siyosiy munosabatlarni hududiy tarkibini shakllanishi qonuniyatlari va rivojlanish sharoitlari, ishlab chiqarish kuchlarining turli xil hududiy tizimlari, ularning rivojlanishi, faoliyat yuritishi hamda boshqarilishi masalalari ham fanning tadqiqot predmetini tashkil etadi.


MOD IIGning asosiy mazmunini ishlab chiqarish kuchlarini tarmoqlar va tarmoqlararo miqyoslarda (vertikal va gorizontal yonalishdagi), zamon va makon doirasida ozaro aloqador komponentlardan iborat kompleks sifatida organish tashkil qiladi. Bunda hudud aholisi, sanoati, qishloq xojaligi va trasport majmualari, hududiy ishlab chiqarish komplekslari va iqtisodiy rayonlar asosiy subyektlar hisoblanadi. Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya boshqa fanlar bilan aloqador. Aloqadorlik xususan tabiiy geografiya, geologiya, gidrologiya, topografiya va kartografiya, falsafa, iqtisodiyot nazariyasi, tarix, matematika kabilar bilan nihoyatda yaqinligi bilan ajralib toradi. Munosabatlar yutuqlar va malumotlardan ozaro foydalanish borasida va boshqa yonalishlarda ozining ifodasini topadi.
MOD IIG oz predmetini tadqiq kilishda dunyoni organishning falsafiy asoslariga suyanadi, kartografik, tizimli-taqqoslash, statistik, tarixiy, ekspeditsiya, matematik analitik uslublardan foydalanadi. IIG joylardagi konkret holatni birlamchi malumotlar asosida organish, sotsiologik-sorov uslublaridan foydalanish ham muhimdir.
MOD IIG fan holida shakllanishi va rivojlanishning tarixiy bosqichlarini hisobga olish muhimdir. Bunda turli tarixiy davrlarda ilm-fan, qolaversa jamiyat taraqqiyotiga katta tasir korsatgan Markaziy Osiyolik olim va mutaffakirlardan Muhammad Xorazmiy, Ahmad Fargoniy, Beruniy, Maxmud Qoshgariy, Maxmud ibn Vali, Chokan Valixonov, Ahmad Donish kabilarning mintaqa iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasini umumbashariy, fanlar silsilasi rivojlanishidagi ornini baholash boyicha qoshgan hissalari bebaxodir. Hozirgi davr iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasining nazariy asoslari va tushunchalari, tamoyillarini ishlab chiqarishning hududiy tarkibini shakllanishini tadqiq etishga Garb, Rossiya va Ozbekistonlik va qoshni davlatlar geograflari ham katta hissa qoshganlar.
XIX asr oxirlari va XX asr boshlarida ijod qilgan mahalliy mutaffakirlardan Abdulla Avloniy, Mahmudxoja Bexbudiy, Munavvar qori Abdurashitov kabilarning xizmatlari Ozbekiston va boshqa Markaziy Osiyo davlatlarida dastlabki iqtisodiy va ijtimoiy geografiya bilimlarining shakllanishida ayniqsa bebahodir.
Mustaqil Ozbekistonning ilmiy-manaviy jihatdan har tomonlama kamol topgan iymonli, etiqodli fuqarolarini tarbiyalashda Markaziy Osiyo davlatlari iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasining orni betakrordir. Fanni organish orqali Markaziy Osiyo mintaqasining iqtisodiy-ijtimoiy salohiyati, uning dunyo hamjamiyatida tutgan orni va ahamiyati, turli xil hududiy-ishlab chiqarish imkoniyatlari kabilar haqida yoshlarimizga bilim beriladi.
2. IIGning asosiy tadqiqot predmeti hisoblanadigan ishlab chiqarish kuchlari hududiy tarkibining (makon va zamon doirasida) rivojlanishida bir qator omillar faol qatnashadilar. Ular tabiiy, iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, texnika kabi omillar bolishi mumkin. Omillar jamiyatda ijtimoiy hayot rivojlanishi jarayonida turli sharoitlarda turlicha amaliy tasirga egadirlar. Albatta, jamiyat ishlab chiqarishi rivojlanishi oziga xos obyektiv ijtimoiy tarakqiyot konuniyatlari, tamoyillari asosida amalga oshadi va turli xududiy ishlab chiqarish tizimlari, tarmoqlararo majmualari, oziga xos moddiy ishlab chiqarish va noishlab chiqarish tarmoqlari shakllanishi va rivojlanishiga olib keladi.
IIG aslida ijtimoiy fanlar qatoridan orin oladi. U bir-birlari bilan ozaro bogliq bolgan 1) tarixiy, 2) regional, 3) sotsial. 4) ekologik va 5) antropologik yunalishlarga ega. IIGning asosiy tadqiqot uslubi bolib turli obyektlar, jarayonlar va xodisalarni sintetik (majmuali) organish hisoblanadi. Unda mamlakat va uning region (rayon)larning ijtimoiy-iqtisodiy, geografik, ekologik rivojlanishi jarayonlarini makon va jamoa doirasida organiladi.
IIGning asosiy metodologik negizi bolib, jamiyatning hududiy tashkil etilishi haqidagi talimot hisoblanadi. Jamiyat ijtimoiy hayotini hududiy tashkil etilishi keng qamrovli tushuncha bolib, u hududiy (geografik) mehnat taqsimoti natijasida shakllangan ishlab chiqarish majmualari va tizimlari, ularning hududiy joylashishi, regional iqtisodiy-ijtimoiy tafovutlari, shuningdex jamiyat va tabiat ortasidagi ozaro aloqadorlik kabi masalalarni qamrab oladi. Boshqacha aytganda, insonning kop qirrali hayotiy faoliyatini uni orab turgan tabiat bilan ozaro aloqadorlikda organadi.
Bozor iqtisodiyotiga xos yangi ijtimoiy munosabatlar IIGning nazariy asoslari masalalariga ham tasir etadi, albatta. Sobiq ittifoq davrida uning nazariy asoslarida ishlab chiqarishni tashkil etishda planlilik va markazdan boshqarish bosh masala hisoblangan bolsa, yangi bozor munosabatlari shakllanayotgan davrda ishlab chiqarishda erkin tadbirkorlik va raqobat asosiy jihat hisoblanadi.
Markaziy Osiyo davlatlarining muvaffaqiyatli ravishda bozor munosabatlariga otish bosqichini oz boshidan kechirayotganligiga 20 yil ham bolmadi. Ularning iqtisodiy hayotida mulkchilikning turli shakllari asosida ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirishning yangi davri boshlandi. Ishlab chiqarish kuchlari faoliyatini boshqarishning huquqiy-meyoriy xojjatlari barpo etilmoqda.
Barcha ishlab chiqarish tarmoqlari va ularning korxonalari joylarda oziga xos tamoyillar va omillar (IGO, xom ashyo, elektroenergiya, ishchi kuchi kabi) tasiri natijasida joylashtirilmoqda. Geografik mehnat taqsimoti aslida jahon miqyosida (yirik regionlar va davlatlararo), davlat ichida (rayonlararo) mavjud boladi. Geografik mehnat taqsimoti ayrim mamlakatlar, ularni hududlarining muayyan mahsulot turlarini ishlab chiqarishga, muayyan xizmatlarni bajarishga ixtisoslashishi va ularni bozorlarga chiqarishga olib keladi.
Markaziy Osiyo davlatlararo mintaqasi malum darajada tarixiy davrlar davomida yoki bu turdagi tovarlarni ishlab chiqarish va ayirboshlash borasida oziga xos geografik mehnat taqsimoti qatnashchisi bolib kelgan. Bozor iqtisodiyotiga otilayotgan hozirgi davrda bu jarayon yanada rivojlanmoqda, takomillashmoqda.
3. MODning tabiiy va iqtisodiy-geografik xamda ijtimoiy-tarixiy rivojlanishi jarayoni kop hollarda umumiy yaqinlikka, oxshashlikka ega. Ana shu kop qirrali oxshashlik, umumiylik mazkur xududda yashab kelgan halqlar taqdirini bir-birlari bilan boglab kelgan. Bular quyidagilardir.
Tabiiy-geografik oxshashliklari: ularning deyarli har biri dunyo okeani va dengizlaridan baravar uzokda, sayyoramizdagi eng ulkan Yevrosiyo materigining markazida joylashgan. Jumladan, masofa eng yaqin Hind okeanidan 1-1,5 ming km, Shimoliy Muz okeanidan 2-2,5 ming km, Atlantika okeanidan 3-3,5 ming km, hamda Tinch okeandan 5-5,5 ming km uzoqda joylashgan. Masofa va relyefi xususiyatlariga kora mintaqaning iqlimiga Hind va Tinch okeanlarining tasiri deyarli yuq, Shimoliy Muz va Atlantika okeanlariniki esa anchagina. Shimoliy yarim sharning orta kengliklarida joylashgan ushbu davlatlarning iqlimiy xususiyatlari shu sabablarga kora asosan kontinental, kop hollarda keskil kontinentaldir. Shuningdek, relyef-geologik xususiyatlari olkaning oziga xos iqtisodiy geografik imkoniyatlarini keltirib chiqaradi.
Iqtisodiy-georafik oxshashliklari avvalo mazkur davlatlarinng turli tabiiy boyliklarga va aholisining oziga xos demografik korsatkichlarga, egaligi, mehnat resurslariga boyligi, diniy etiqodlarining yaxlitligi, yagona atrof-muhit va iqlim korsatkichlari asosida, aholining yashash va ishlab chiqarish faoliyatlari (sugorma dehqonchilik)ning oxshashligi, mamlakatlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi darajasining yakinligi, sanoat va qishlok xojalik mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashganligi bilan belgilanadi. Xususan. Mintaqa davlatlari iqtisodiyoti sobiq ittifoq davrida asosan xom ashyo, yarim xom ashyo ishlab chiqarishgagina ihtisoslashgan edi. Ularning barchasida xam paxta, pilla, galla, issiqsevar ekinlari kabi qishloq xojalik mahsulotlari, neft va gaz, rangli, qimmatbaho va nodir metallar, ayrim kimyoviy va binokorlik mahsulotlari ishlab chiqarish iqtisodiyotida asosiy orin tutib kelgan. Qolaversa, mamlakatlarning bozor munosabatlarini shakllantirish va rivojlantirishdagi imkoniyatlari ham bir-birlariga juda oxshash.
Ijtimoiy-tarixiy birligi esa necha yuz yillar davomida turkiy va forsiy halqlarning iqtisodiy-ijtimoiy, manaviy-marifiy, madaniy-etnik yonalishlardagi oxshashligi va uygunligida kozga tashlandi. Ularning siyosiy-davlatchilik tarixi ham bir-birlariga ancha yaqin.
Qadimdan «Buyuk ypak yuli» bu mintaqa hududlarini birlashtirib, taraqqiyot uchun katta imkoniyatlar yaratgan. Mustaqillik yillarida Tajan-Seraxs-Mashhad, «Traseka», Andijon-Osh-Qashqar kabi jahon bozorlariga olib chiquvchi yollarning barpo etilishi natijasida yangi texnik imkoniyatdan foydalangan xolda ushbu qadimiy yol yanada kengroq doirada Atlantika va Tinch okeanlari oraligidagi onlarcha davlatlarni bir-birlariga tutashtirmoqda. Oqibat natijada mintaqaning iqtisodiy va ijtimoiy imkoniyatlari yanada oshmoqda.
Mazkur imkoniyatlar mintaqaning muhim geosiyosiy ornini belgilab bermoqda. Hozirgi paytda dunyoning yetakchi Garb va Sharq davlatlari, hamda Rossiyaning mintaqada mustahkam ornashib olishi yulidagi kurashini ana shunday tushunmoq kerak. Shuningdek, mintaqa davlatlari geosiyosiy ornini shakllanishida islom fundamentalizmi va diniy ekstremistik kuchlarning urni bor. Afgoniston, Tojikiston, Chechenistonda kechgan voqealar MOD davlatlarining diniy ekstremistik ekspansiyasiga qarshi, hozirgi sharoitdan kelib chiqib, birgalikda harakat qilishlarini talab etadi.
Hozirgi iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanish davrida, oziga xos turli tashqi xavfga qarshi kurashish talabliri MOD halqlari tomonidan tola-tokis koplab quvvatlanmoqda, Prezident I.Karimov tomonidai 1995 yilda ortaga tashlangan Turkiston umumiy uyimiz goyasi hozirgi davrda quloch yozmoqda. Uning isboti bolib, barcha Markaziy Osiyo mintaqasini qamrab olgan Markaziy Osiyo xalqlari madaniy Assambleyasining faoliyati, iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy sohalarda rivojlanib borayotgan yondashuvlar, uchrashuvlar hisoblanadi.
Markaziy Osiyo mintaqasi Ozbekiston, Qozogiston, Qirgiziston, Tojikiston va Turkmaniston davlatlaridan tashkil topgan bolib, umumiy maydoni 4 mln km2 dan ziyod va aholisi 70 mln kishi. U dunyo hududining 3 % dan koprogini va aholisining 1 % ga yaqinini tashkil etadi. Markaziy Osiyo mintaqasining tabiiy sharoiti ota xilma-xil, hududi resurslarga boy.
Tabiiy sharoit deb insonning yashash va mehnat qilish sharoitini kelib chiqishiga daxldor bolgan tabiat unsurlari va quvvatlariga aytiladi. Bular joylarning relyefi, iqlimi, tuproq-suv kabi sharoitlaridir.
Mintaqa relyefi xususiyatlarida tekisliklar Qozogiston, Turkmaniston va Ozbekiston davlatlarida ahamiyatli bolib, mintaqa hududining ¾ qismini tashkil qiladi. Toglar va yassi togliklar mintaqa hududining atigi ¼ qismini egallaydi va Tojikiston hamda Qirgizistonga xosdir. Ular respublikalar iqtisodiyotining shakllanishi va rivojlanishida muhim rol oynaydi. Jumladan, tekislik hududli respublikalarda ekin maydonlarini kengaytirish, turli qurilishlar (ishlab chiqarish va uy-joy, gidrotexnika, kommunikatsiya inshoatlari)ni tashkil qilish imkoniyatlari togli respublikalarga nisbatan ancha yuqori. Gidroenergetik, rekreatsiya resurslariga va suv manbalariga esa, aksincha togli hududlar boy.
Mintaqaning iqlimiy hususiyatlari uning okean va dengizlardan uzoqligi va berk havzada joylashganligi, relyefi xususiyatlaridan kelib chiqadi. Shu tufayli shimoldan janubga tomon bir nechta tabiat zonalari bir-birini almashtiradi.
Regionning umumiy iqlimiy xususiyatlari qatoriga qish faslini nisbatan qisqa va qahrligi, sernamligi, yozning esa nisbatan davomiyligi, jazirama issiqligi quruqligi, yil fasllari ortasida t0 amplitudasining ancha kattaligi (kontinentalligi), yogin miqdorining tekislikda kamligi (100-150mm), unga ancha qurgoqchilik xosligi, balandlik va togli hududlar tomon yogin miqdorining oshib borishi (350-700mm)ning xosligi. Mintaqaning qurgoqchil kontinental tabiiy sharoiti uning asosiy qismida xojalik ishlarini tashkil qilishda suniy sugorish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Mintaqaning shimoldan janubga tomon sugoriladigan maydonlari hajmi ortib va bahorikor maydonlari esa kamayib borishi.
Markaziy Osiyo hududi turli xil tabiiy resurslarga boydir. Mintaqada ayniqsa mineral tabiiy resurslar hamda quyosh, oqar suv(daryo), shamol geotermal kabi energiya vositalari dunyoviy ahamiyatga molik, aksincha, suv, ormon resurslari esa ancha kam.
Hozirgi vaqtda iqtisodiy jihatdan eng ahamiyatli tabiiy resurs turini mineral tabiiy boyliklari (yer osti qazilma boyliklari) tashkil etadi. Mintaqada yer osti qazilma boyliklarining deyarli barcha turlari mavjud.
Mintaqa yoqilgi-energetika resurslariga juda boy. Komir Turkmanistondan boshqa barcha mamlakatlarda mavjud. Eng katta komir zahiralariga Qozogiston ega. Keyingi orinlarda Ozbekiston, Qirgiziston va Tojikiston turadi.
Neft barcha mamlakatlarda topilgan. Uning zahiralari ayniqsa Qozogiston, Turkmaniston va Ozbekistonda katta, aksincha togli respublikalarda kam.
Tabiiy gazga tekislik davlatlariTurkmaniston, Ozbekiston va Qozogiston ancha boy. Ammo Qirgiziston va Tojikistonda uning ahamiyatli konlari hozirgacha topilmagan.
Mintaqa mamlakatlaridan temir rudasiga faqat Qozogiston boy, boshqa davlatlarda uning sanoat ahamiyatiga ega bolgan konlari uchramaydi. Lekin rangdor metallardan misga hamda polimetal rudalariga Qozogiston va Ozbekiston, simob va surmaga Qirgiziston va Tojikiston boy. Faqat Turkmanistonda deyarli metalli qazilma boyliklar konlari uchramaydi.
Markaziy Osiyo hududlari kimyoviy mineral resurslarga ham ancha boy. Jumladan fosforitning yirik konlari Qozogiston va Ozbekistonda mavjud. Turli tuz konlari mintaqaning barcha davlatlarida katta zahiralarda ega. Yirik oltingugurt koni esa faqat Turkmanistonda mavjud. Mineral qurilish materiallari barcha davlatlarda katta zahiralarga ega.
Markaziy osiyo davlatlariyer-suv resurslari bilan turlicha taminlangan. Agar Qozogiston, Turkmaniston va Ozbekiston xojalik ahamiyatiga ega bolgan yer resurslariga ancha boy bolsa, togli Tojikiston va Qirgizistonda bunday resurslar, ayniqsa ishlov beriladigan maydonlar cheklangan.
Mintaqa davlatlari qimmatli tabiiy resurslar turi hisoblanadigan suv va ormon resurslari bilan ham turlicha taminlangan. Suvga togli respublikalar boy, qolgan davlatlar nisbatan kambagal.
4. Erkin raqobatga asoslangan yangi ijtimoiy munosabatlar davrida, tez suratlar bilan rivojlanayotgai fan-texnika taraqqiyoti sharoiti har bir davlat iqtisodiy imkoniyatlarining birlashtirilishi, ozaro uzviy ishlab chiqarish hamkorligini yolga qoyilishini talab qiladi.
Ayniqsa hozirgi davlat mustaqilligi sharoitida bir tomonlama rivojlangan, asosan xom ashyo va yarim xom ashyo mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan iqtisodiyotga ega bolgan OO davlatlari ortasida yagona iqtisodiy makonni tashkil qilish asosida iqtisodiy integratsiyani rivojlantirish masalasi alohida dolzarbligi bilan ajralib turadi.
Shunday qilib, yangi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar sharoitida MO davlatlari ortasida yagona iqdisodiy makonni tashkil etish va shu asosida ular ortasida iqtisodiy integratsiyani rivojlantirish zaruriy ehtiyojdir.
Darhaqiqat, mustaqillikning dastlabki yillaridanoq, yani 1993 yil yanvar oyi boshlarida Markaziy osiyo davlatlariboshliqlari birinchi navbatda ushbu masalani muhokama etish maqsadida Toshkentda toplanishdilar. Yagona iqtisodiy makon yaratish zarurligi va shu asosda mintaqada iqtisodiy integratsiyani rivojlantirish zarurligi qayd etildi. Yigilishning muhim natijalaridan biri sifatida jahon siyosiy xaritasida Markaziy Osiyo deb nomlangan yangi mintaqaning paydo bolganligi alohida takidlandi edi.
1994 yil 10 yanvarda Qozogiston Respublikasi Prezidenti N. Nazarboyevning Toshkentga qilgan rasmiy safari davomida bu masala borasida birinchi amaliy qadam qoyildi. YAni, Ozbekiston va Qozogiston davlatlari ortasida iqtisodiy makonni tashkil qilish, ular ortasidagi unga tosiq boladigan barcha govlarni olib tashlash va shu asosida integratsiya aloqalarini yolga qoyishga kelishib olindi. Bu ikki tomonlama shartnomaga shu yilning fevral oyidan Qirgiziston ham qoshildi. Mazkur shartnomani imzolashdan kozda tutilgan asosiy maqsad tovarlar, xizmatlar, kapital va ishchi kuchining mintaqa boylab erkin harakatini taminlash, kelishilgan soliq, budjet, narx, bojxona va valyuta siyosatini yuritishdan iborat edi.
Mintaqa davlatlari rahbarlari 1996yil 5 aprelda yoqilgi-energetika va suv resurslaridan foydalanish, Markaziy Osiyo mintaqasida gaz quvurlarini qurish va ishga tushirish togrisidagi bitimga ham imzo chekdilar.
Ozbekiston, Qozogiston va Qirgiziston davlatlari 1998 yil 17 martda Sirdaryo havzasining suv-energetika resurslaridan foydalanish togrisidagi uzoq muddatli shartnomani imzoladilar. Bir yildan sung bu shartnomaga Tojikiston ham qoshildi. Tojikiston 1998 yil 26 martda mazkur respublika ham yagona iqtisodiy hudud togrisidagi shartnomaning tolaqonli azosiga aylandi.
Mazkur yilning ozida ushbu tortlik davlatlari ishtirokida Markaziy Osiyo iqtisodiy hamdostligi tashkilotiga asos solindi. Bu tashkilot doirasidagi vazifalarni hal etish uchun Davlatlararo Kengash, tashkilotning ishchi organiIjroiya qomita kabi institutsional tuzilmalar tashkil etildi. Bundan tashqari azo davlatlarning ulushlari hisobiga Markaziy Osiyo banki barpo etildi.
Markaziy Osiyo iqtisodiy hamdostligi tashkilotiga azo davlatlar boshliqlari 1999 yilning iyun oyida Bishkekda Bojxona ittifoqini tuzishga erishish togrisidagi fikrni ilgari surdilar. Bir yildan song esa Dushanbeda Markaziy Osiyo iqtisodiy hamdostligining 2005 yilgacha moljallangan integratsion rivojlanish strategiyasi tasdiqlandi. Ushbu hujjatda hamdostlikka azo mamlakatlar iqtisodiyotlarining integratsiyalashuvi har bir mamlakatning hayotiy muhim manfaatlari va xavfsizlik ehtiyojlaridan kelib chiqadigan obektiv jarayon ekanligi takidlandi.
Markaziy Osiyo iqtisodiy hamdostligiga azo davlatlar rahbarlari 2001 yil 28 dekabrda Toshkentda bolib otgan uchrashuv chogida mintaqaviy integratsiya shakllari va mexanizmlarini takomillashtirish, mintaqada tinchlik va barqarorlikni taminlash boyicha birgalikdagi harakatlarni muvofiqlashtirish maqsadida Markaziy Osiyo iqtisodiy hamdostligini Markaziy Osiyo hamkorligi tashkiloti (MOHT) ga aylantirish togrisida qaror qabul qildilar. Almati shahrida 2002 yil 28 fevralda bolib otgan uchrashuvda esa Ozbekiston, Tojikiston, Qozogiston va Qirgiziston davlatlari rahbarlari Markaziy Osiyo hamkorligi tashkilotini tasis etish togrisidagi Shartnomani imzoladilar. Uchrashuv chogida Markaziy Osiyo hamkorligi tashkiloti faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida Ozbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov Markaziy Osiyo iqtisodiy hamkorligi doirasida qabul qilingan hujjatlarni qayta korib chiqish va harakatda bolmagan hujjatlarni bekor qilish taklifi bilan chiqdi. Bu davrga kelib tashkilot doirasida 243 ta hujjat imzolangan edi.
Shunday qilib, Markaziy Osiyo hamkorligi tashkiloti keng kolamdagi masalalarni korib chiqish vakolatiga ega bolgan mintaqaviy forumga aylandi. Chunonchi, 2002 yil 5-6 oktabrda Dushanbeda Markaziy Osiyo hamkorligi tashkilotiga azo mamlakatlar rahbarlarining uchrashuvi bolib otdi. Bu uchrashuv davomida, mintaqaviy integrvsiya jarayonlaridan tashqari, Afgoniston bilan bogliq muammolar ham korib chiqildi. Shuningdek, ushbu uchrashuv chogida Orolboyi mintaqasidagi ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy inqiroz oqibatlari va Orolni qutqarish xalqaro fondi faoliyati tahlil qilindi. MOHT rahbarlarining keyingi uchrashuvlarida ham mintaqaviy integratsiya jarayonlarini faollashtirish, ushbu tashkilotga azo mamlakatlarda mavjud eng dolzarb muammolarni hal etish masalalariga alohida etibor qaratildi.
Takidlash lozimki, ana shu shakllanayotgan iqtisodiy hamkorlik tashkiloti biror bir davlatga qarshi qaratilmagan, uning maqsadi faqat iqtisodiy faoliyatlardan iboratdir. Shu sababli ham keyingi yillarda hamkorlik doirasida ornatilayotgan uchrashuvlarda Rossiya Federatsiyasining rasmiy vakili ham kuzatuvchi sifatida qatnashib kelmoqda.
Iqtisodiy makonniig yaratilishi MO davlatlariga nima berdi? Uning amaliy natijalari qanday korsatkichlarda namoyon bulmoqda? Ularning eng asosiylari:
1. Hamkorlik ishtirokchilari bolgan Ozbekiston, Qozogiston Qirgiziston va Tojikiston ortasida siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy. Yonalishlarda har taraflama barqaror aloqalar rivojlanishiga keng yul ochildi;
2. Hamkorlik doirasida xukumat rahbarlari boshchiligida ishchi guruhlari tuzildi. Ular mamlakatlar ortasidagi munosabatlarni korib chiqadilar va keyingi rivojlanish yullarini belgilab berdilar;
3. Hamkorlik doirasida ish olib boradigan xalqaro bank tashkil qilindi. U hamkorlik davlatlari ortasidagi iqtisodiy aloqalarni mablag bilan taminlashga xizmat qilmoqda;
4. Suv resurslari, transport vositalaridan foydalanish boyicha davlatlararo kelishuvlar yolga qoyildi.
5. Mintaqa xavfsizligini taminlash boyicha amaliy ishlar qilindi Markaziy Osiyo mintaqasi yadro qurollaridan xoli zona deb elon kilindi va boshqalar.
Davlatlar ortasida shakllana boshlagan iqtisodiy integratsion makonni tashkil qilish ishlari tez rivojlanmokda va u mintaqa davlatlarining iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishiga ozining samarali hissasini qoshadi.
Xulosa
Markaziy Osiyo davlatlarining muvaffaqiyatli ravishda bozor munosabatlariga otish bosqichini oz boshidan kechirayotganligiga 20 yil ham bolmadi. Ularning iqtisodiy hayotida mulkchilikning turli shakllari asosida ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirishning yangi davri boshlandi. Ishlab chiqarish kuchlari faoliyatini boshqarishning huquqiy-meyoriy xojjatlari barpo etilmoqda.Markaziy Osiyo davlatlararo mintaqasi malum darajada tarixiy davrlar davomida yoki bu turdagi tovarlarni ishlab chiqarish va ayirboshlash borasida oziga xos geografik mehnat taqsimoti qatnashchisi bolib kelgan. Bozor iqtisodiyotiga otilayotgan hozirgi davrda bu jarayon yanada rivojlanmoqda, takomillashmoqda.Ijtimoiy-tarixiy birligi esa necha yuz yillar davomida turkiy va forsiy halqlarning iqtisodiy-ijtimoiy, manaviy-marifiy, madaniy-etnik yonalishlardagi oxshashligi va uygunligida kozga tashlandi. Ularning siyosiy-davlatchilik tarixi ham bir-birlariga ancha yaqin. Markaziy Osiyo mintaqasi Ozbekiston, Qozogiston, Qirgiziston, Tojikiston va Turkmaniston davlatlaridan tashkil topgan bolib, umumiy maydoni 4 mln km2 dan ziyod va aholisi 70 mln kishi. U dunyo hududining 3 % dan koprogini va aholisining 1 % ga yaqinini tashkil etadi. Markaziy Osiyo mintaqasining tabiiy sharoiti ota xilma-xil, hududi resurslarga boy.Tabiiy sharoit deb insonning yashash va mehnat qilish sharoitini kelib chiqishiga daxldor bolgan tabiat unsurlari va quvvatlariga aytiladi. Bular joylarning relyefi, iqlimi, tuproq-suv kabi sharoitlaridir.



Download 22.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling