Mavzu: Markaziy Osiyo xalqlarining qadimgi madaniyati


Download 1.45 Mb.
Sana31.01.2023
Hajmi1.45 Mb.
#1145837
Bog'liq
Markaziy osiyo

Mavzu:Markaziy Osiyo xalqlarining qadimgi madaniyati.


Ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi, shahar-qal’alarning paydo bolishi, yirik sug’orish va mudofaa inshootlarining qurilishi, siyosiy tashkilotlar – davlatlarning tarkib topishiga zamin yaratib beradi. Qadimgi fors va yunon manbalari eramizdan avvalgi VIII – VII asrlarda hozirgi Markaziy Osiyo hududida Baqtriya va Xorazm singari quldorlik davlatlari paydo bo’lganligi haqida xabar beradi. Persepol saroyidagi tosh qabrlarga bitilgan rasmlar, Naqshi Rustam darasidagi shoh Doro qabriga bitilgan bezakli tasvirlar, «Avesto», qadimgi yunon, rim va xitoy m ualliflarining asarlarida hozirgi markaziy osiyoliklaming inoddiy va ma’naviy madaniyati haqidagi muayyan ma’lum otlar berilgan.Mustaqil oilalarning urug’ jam orasidan ajralib chiqishi ibtidoiy jamoa tuzumini inqirozga olib keldi va ijtimoiy munosabatlaming yangi bir ko‘rinishi — sinfiy jamiyatning paydo bo’lishiga zamin hozirladi. Ishlab chiqarish jarayoni mustaqil oila jamoalarini birlashtirib turuvchi asosiy omilga aylandi. Ishlab chiqarishga asoslangan oilalarning ko‘payishi ay rim oilalarda ortiqcha mahsulotlarning paydo bo’lishi va mahsulot ayirboshlashni vujudga keltirdi.
Oila jamoasidagi ortiqcha daromad va ayirboshlash eng dastlabki mehnat taqsim otini keltirib chiqardi. Oilalar o‘zlari uchun qulay bo’lgan ishlab chiqarish sohasini tanlay boshladilar. Oilalarda to’plangan ortiqcha boylik – xususiy mulk urug‘larning iqtisodiy tabaqalanishiga sabab bo‘ldi.
Markaziy Osiyoda temir davrining boshlanishi taxminlarga ko‘ra eramizdan avvalgi 1 ming yillikning dastlabki choragiga to‘g‘ri keladi. Temirdan mehnat, ov va jang qurollari ishlab chiqarila boshlanadi. Natijada jamiyatning tabaqalanish jarayoni tezlashib ketadi va ikkinchi mehnat taqsimotini vujudga keltiradi, ya’ni dehqonchilikdan hunarmandchilik ajralib chiqadi. Yirik ishlab chiqarish markazlari —shaharlar paydo bo‘la boshladi.
Temirni qayta ishlashning vujudga kelishi ajdodlarimizning eng katta kashfiyotlaridan bin edi. Temirdan mehnat qurollari yaratish jam iyatning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-madaniy hayotida tub burilishlar yasadi.
Eramizdan avvalgi II ming yillikning oxiri va 1 ming yillikning boshlariga kelib, O‘rta Osiyoda Baqtriya, So‘g’diyona va Xorazm kabi madaniyjihatdan rivojlangan davlatlar paydo bo‘ldi. Mazkur davlatlaming qadimgi davr madaniy taraqqiyoti boshqa bir qator xalqlar: Eron, Xitoy va Hind madaniyatlarining ta’siri ostida ro’y bergan. Masalan, taxminan eramizdan avvalgi I ming yillik o‘rtalariga kelib Baqtriya Hindiston bilan bo‘ladigan savdo-sotiqning asosiy markaziga aylandi. Savdo-sotiqning yuksalishi natijasida mustahkam qilib qurilgan qal’alar xalqning keng iste’mol va tashqi savdoga olib chiqiladigan mahsulotlar ishlab chiqaradigan iqtisodiy va madaniy markazlariga aylana boshladi. Yirik iqtisodiy markaz — shaharlarning vujudga kela borishi uchinchi mehnat taqsimotining vujudga kelishiga sabab bo‘ldi. Jismoniy va aqliy mehnat bir-biridan ajrala bordi. Shaharlarda nafaqat moddiy va madaniy boyliklarni yaratuvchi tabaqalar, shuningdek, ma’naviy-madaniy boyliklar, ma’naviy qadriyatlami yuzaga keltiruvchi tabaqa- aqliy mehnat ahli shakllana boshladi.
Ayniqsa, hunarm andchilik taraqqiy etgan shahar-qal’alarda aqliy mehnat bilan shug‘ullanuvchi ruhoniylar, san’atkorlar, shoirlar boy-badavlat kishilarning farzandlariga G ‘arb san’ati va sodda ko’rinishdagi fanlar sohalaridan ta’lim-tarbiya beruvchi ziyoli tabaqalari vujudga kela bordi.Ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi, shahar-qal’alarning paydo bo‘lishi, yirik sug‘orish va mudofaa inshootlarining qurilishi, ma’muriy boshqaruv tizimi — davlatlarning tarkib topishiga zamin yaratib berdi.Eramizdan avvalgi I ming yillikning birinchi yarmida yaratilgan «Avesto» matnlariga e’tibor bersak, qadim ajdodlarimiz o‘sha davrlardayoq dehqonchilik, chorvachilik va hunarmandchilikni rivojlantira olganligini kokramiz. «Avesto»ning «Yasna» va «Vandidod» kabi qismlarida Ahuramazdaning eng yaqin yordamchilari, ya’ni buyuk kuch-qudratga ega bo’lgan ilohlardan biri – Xshatra Varya ma’danlardan turli xil buyumlar yasovchi hunarmandlar homiysi sifatida talqin qilinadi. Bundan shunday xulosaga kelish mumkinki, eramizdan avvalgi I ming yillikning boshlaridayoq Markaziy Osiyo hududida ijtimoiy- iqtisodiy o’zgarishlar sodir bo’lgan. Dehqonchilik, chorvachilik va hunarmandchilik madaniyati ancha rivojlanib, mehnat taqsimoti tugallanib ulgurgan, ijtimoiy tabaqalanish amalga oshib, davlat hokimiyati o‘rnatilgan va mustaqil davlatchilikning tamal toshi qo‘yilgan.
Ayniqsa, Qadimgi moddiy va ma’naviy madaniyatimiz haqidagi ma’lum otlarni, eng avvalo, «Avesto»dan, shuningdek, yunon tarixchilari Gerodot, Kvint Kursiy Ruf, Piulara, Arrian, D iodor, Strabon, Pompey Trog, Yustin asarlaridan olish mumkin. Masalan, Strabon xorazmiylarni sakmassagetlar turkumiga kiritadi, qadimgi so‘g‘dlar va baqtriyaliklar turmush tarzi va xulq-atvori bilan o‘zaro farqlanmaydi, deydi. Tarixiy va arxeologik manbalarga ko‘ra xorazmiylar, baqtriyaliklar va so‘g‘diylar o‘z kiyim-kechaklari, bosh kiyimlari, qurol-aslahalari bilan saklardan farq qilmaganlar. Vohadagi elatlar saklar bilan deyarii bir tilda gapJashganiar. Etnik jihatdan dehqonchilik vohalarida joylashgan elatlarda Amudaryoning yuqori havzasidagi xorazmiylar, Gurgan quyi oqimidagi girkanlar, Kopetdog etaklaridagi umumiy nomdagi parfianlar, Murg‘ob havzasidagi marg’iyonlar, Zarafshon, Qashqadaryo vohalaridagi so‘g‘dkir, Surxondaryo vohasidagi baqtriyaliklar va parkana (Farg‘ona)liklar tarixiy manbalarda tilga olinadi. Yuqori Amudaryoning ikki sohilidagi barcha elatlar eramizdan avvalgi 1 ming yillik o’rtalarida yuksak madaniyatga ega bo’lib, irrigatsiya va qurilish inshootlarini, hunarmandchilik va G‘arb san’ati sirlarini egallagan, zo‘r ma’naviy qadriyatlarni yaratgan etnik guruhlar, hatto qo‘shni davlatlarga o‘z ta’sirini o‘tkazganlar.

E’tiboringiz uchun rahmat!!!


Download 1.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling