Mavzu. Marketing muhiti. Marketingni tarkibiy tuzilishi va uni boshqarishni tashkil etish
Marketing tizimi va uning tarkibiy tuzilishi
Download 144.87 Kb. Pdf ko'rish
|
6-mavzu.Marketing muhiti
2. Marketing tizimi va uning tarkibiy tuzilishi
Marketing tizimi - bu qo’yilgan maqsadlarga erishish va maqsadli bozor talabini qondirish uchun marketing qismlarining aniq birikuvidir. Tarkib o’zida to’rtta asosiy qism – mahsulot yoki xizmat, narx, taqsimot va siljitishlarni birlashtiradi. Tovar va xizmatlarni olganda bozorga nima tavsiya yetilishi sifat darajasi, sotish hajmi, kompaniyaning innovatsion darajasi, ulchovning holati, alohida shartlar tadqiqotlarning hajmi va muddatlari mavjud mahsulotni sotishni to’xtatish paytini aniqlab olish kerak. Marketing tizimi ijtimoiy-iqtisodiy elementlar, sub’ektlar yig’indisidan iboratdir. Marketing tizimi o’z tarkibiga turli elementlarni qamrab oladi: ➢ ta’minotchilar; ➢ raqobatchilar; ➢ vositachilar; ➢ iste’molchilar (bozor); ➢ firma (kompaniya). Marketing tizimini shakllantirish va amal qilishi aniq urab to’rgan muhit ta’sirida olib boriladi. Bu muhitga ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy, demografik va ekologik omillar kiradi. Ta’minotchilar – alohida olingan tashkilot, uyushma, shaxslar yig’indisidan tarkib topib, firmani moddiy, moliyaviy va mahsulot resurslari bilan ta’minlaydi. Raqobatchilar – istak bo’yicha, safdosh tovar bo’yicha, tovar turi bo’yicha, tovar markasi bo’yicha turkumlanadi. Marketing bo’yicha vositachilar – tashkilot uchun uning tovarlarini mijozlarga yetkazish, sotish, aloqa o’rnatish bo’yicha yordam ko’rsatuvchilardir. Vositachilar – savdo, logistik, marketing va moliyaviy vositachilarga bo’linadi. Savdo vositachilari - ulgurji va chakana savdogarlardir.
Logistika vositachilari – ombor tizimi xizmatlarida tovar va oqim holatlarini transportirovka qilish bilan shug’ullanish. Moliyaviy vositachilar – bank, kredit, sug’urta va boshqa moliyaviy xizmatlarni amalga oshiradi. Iste’molchilar – firmalar, alohida fizik shaxslar yoki ularni potentsial guruhi bo’lib, ular bozorda mavjud bo’lgan tovar va xizmatlarni olishga tayyor. Iste’molchi – bozor kiroli, marketing vazifasi doimo iste’molchini xulq- atvorini o’rganish, uni ehtiyojini firma mahsulotiga bo’lgan munosabatini o’rganish, tahlil qilishdan iborat. Firma, marketing va bozor munosabatlari bir-biriga o’zaro ta’sir o’tkazib, dialektik bog’liqlikda harakatlanib boradi. Firma yangi texnologik jarayonlarni egallashga, yangi mahsulotlar ishlab chiqarishga faqat bozordagi munosabatlar sabab bo’ladi. Marketing tarkibini ishlab chiqishda bosh masala uning bir butunligi, maqsadga erishishda muvaffaqiyatni ta’minlovchi barcha omillarning o’zaro aloqasidir. Marketing iqtisodiy kategoriya sifatida g’oyasi serqirradir. Uning tarkibi yoki faoliyat sohalarida quyidagicha: - ishlab chiqarish vositalari marketingi; - iste’mol tovarlari marketingi; - xizmat ko’rsatish marketingi; singari turlarini ko’rsatish mumkin. Buning har birining faoliyatida umumiy tamoyillar va vazifalar saqlanib qoladi, ammo bu yo’nalishlarning har biri o’ziga xos tomonlari bilan ajralib turadi. Ishlab chiqarish vositalari marketingi birinchi navbatda ishlab chiqarish talablarini hisobga olishga asoslanadi. SHu sababli maqsadga muvofiqlik maqbullik kat’iy uyg’unlik eng birinchi o’rinda turadi. Iste’mol tovarlari marketingi xilma xil talab va didga ega bo’lgan iste’molchilarning keng doiralari bilan bog’liq. Bu sohada iste’molchi fe’l atvorining tub mohiyatini o’rganishga katta e’tibor beriladi. Xususan iste’molchilarni guruhlash, reklama, mahsulot sotishni uyushtirish, bularning barchasi iste’mol tovarlari bozorida marketing faoliyatining asosiy masalalari hisoblanadi. Masalan, do’konlarda o’z-o’ziga xizmat ko’rsatish tamoyillari iste’mol tovarlari marketingi samarasi. Iste’mol tovarlari xizmati marketingi ishlab chiqaruvchi bilan iste’mol o’rtasida bevosita aloqaning mavjudligi bilan ajralib turadi. Xizmatlarning ko’pchilik qismi kompleks xarakterga ega. Masalan, mehmonxonalar, jamoat ovqat joylari, yekskursion xizmat, yedgorlik mollari sotish va xaqozolar paydo bo’lishi yalpi turistik mahsulot tushunchasi bilan bevosita bog’liqdir. SHu sababli ko’rsatish sohasida marketing juda katta yo’nalishga ega. Marketingni tashkil etish - marketing xizmatini boshqaradigan idoralarning tashkililiy kurilishi bo’lib, u yoki bu topshiriqni bajarish uchun buysunish va javobgarlikni belgilaydi. Marketingni tashkil qilish - korxonada bir necha yo’nalishda amalga oshiririlishi mumkin: 1. Funktsional-bunda javobgarlik taqsimot, sotish, ta’minot va tovar harakatini tashkil qilish doiralariga to’shadi. 2. Tovarlar tamoyili bo’yicha tashkil etish. Unda funktsional tamoyillarga, yana bir tovar markasi uchun boshqaruvchilar qo’shiladi. 3. Bozor tamoyili bo’yicha tashkil etish. Unda funktsional tamoyillariga, yana bir hudud bozorlari va iste’molchilar turi bo’yicha boshqaruvchilar qo’shiladi. Funktsional tashkil etishning yutuqlari, bo’limalarning boshqarishdagi soddali, bajariladigan funktsiyalarga yuqori javobgarlikdan iboratdir. Lekin bu tuzilishning qator kamchiliklari ham mavjud: • tovarlar bo’yicha maxsus bo’limlarning yo’qligi; • bozorning hududiy segmentlari bo’yicha maxsus bo’limlarning yo’qligi; • bozor talablarining o’zgarishi va iste’molchilar talabiga operativ reaktsiyaning sustligi; • marketing tashkilotlari tadbirlarning moliyalashtirish masalalarini hal etishning qiyinlashganligi.
Tovar tamoyili bo’yicha tashkil etish tovarlar va ular guruhlari bo’yicha bo’limlar tashkil etishni talab etadi. Unda tovar bo’limlari bo’yicha mustaqil qaror qabul qiladi. Marketing xizmatining tashkiliy tuzilishi bu kabi bo’lgan shakl, avvalo ishlab chiqaradigan tovarlar assortimenti katta bo’lgan firmalarga to’g’ri keladi. Tovar tamoyili bo’yicha tashkil etish shakli ham, shuningdek kamchiliklarga ega. Boshqarishning bu kabi tizimi marketing faoliyatining o’ziga xos tamonlarini doim ham e’tiborga olmaydi. Tovarlar bo’yicha guruhlar ishchilari o’z majburiyatlarini samarali bajarish uchun etarlicha huquqlarga ega emas, boshqaruv apparatida katta sonli guruh va guruhchalar paydo bo’lishi bilan ularni ushlab turish katta xarajatlar talab qiladi. Bozor tamoyili bo’yicha tashkil etishda deyarli barcha korxonalar o’z tovarini xarakteri jihatidan turlicha bo’lgan bozorlarda sotadi. Turli bozorlarning sotib olish xususiyatlar yoki turli tovar afzalliklariga ega bo’lgan hollardagina bozor tamoyiliga ko’ra tashkil etish maqsadga muvofiqdir. SHuning uchun marketing xizmati bo’limlari asosiy bozorlarga qarab tuziladi.
Download 144.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling