Nazorat va mulohaza uchun savollar
1. Marketing tizimi deganda nimani tushunasiz?
2. Marketing tashqi muhiti deganda nimani tushunasiz?
3. Marketingni boshqarish jarayoni necha bosqichdan iborat?
4. Ichki muhit omillariga nimalar kiradi?
5. Makro va mikro marketing nima?
Mavzu bo’yicha testlar
1. Marketing qanday tizimni ifodalaydi?
a) ishlab chiqarish
b) sotish
v) ishlab chiqarish - sotish
g) ayirboshlash
d) ishlab chiqarish – iste’mol
2. Marketing mikromuhitini omillariga nimalar kiradi?
a) demografik omillar
b) firma, mijozlar, muloqotdagi auditoriya, raqobatchilar, marketing
vositachilari, ta’minotchilar
v) muloqotdagi auditori, ta’minotchilar
g) siyosiy omillar
d) ta’minotchilar, marketing vositachilari, mijozlar, korxona
3. Makromuhitning asosiy omillariga nimalar kiradi?
a) iqtisodiy sharoitlar
b) demografik ma’lumotlar
v) siyosiy omillar
g) iste’molchilar
d) iqtisodiyot, ta’minotchilar, demografik omillar, siyosiy omillar,
iste’molchilar, raqobatchilar, hukumat, texnologiya