Mavzu: marketing strategiyasini ishlab chiqish Reja: Kirish I bob. Marketingni vujudga kelish tarixi


teskari vertikal integratsiya strategiyasi


Download 188.38 Kb.
bet6/15
Sana07.03.2023
Hajmi188.38 Kb.
#1246079
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
15 mavzu

teskari vertikal integratsiya strategiyasi - firmaning mahsulot yetkazib beruvchi firmani sotib olishi yoki ularning ustidan nazoratni kuchaytirishi hisobiga o‘sishiga yo‘naltirilgan. Bu strategiyani amalga oshirish narxlar o‘zgarishining butlovchilar va mahsulot yetkazib beruvchilar so‘rovlariga bog‘liqligini kamaytiradi;
oldinga yuruvchi vertikal integratsiya strategiyasi - firmaning savdo va tarqatish bilan shug‘ullanuvchi mahsulot yetkazib beruvchi firmalarni sotib olishi yoki ular ustidan nazoratni kuchaytirishi bilan o‘sishiga yo‘naltirilgan. Integratsiyaning bu turi vositachilik xizmatlari o‘ta kengayganda yoki firma ish sifati yuqori bo‘lgan vositachilarni topa olmaganda, juda foydali;
gorizontal integratsiyalash strategiyasi yoki raqobatchi firmani mag‘lub etish yoki qo‘shilish yoxud xorijiy kapital bilan hamkorlikda tashkilot yaratish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Qisqartirish strategiyasi- firma uzoq muddat o‘sishdan keyin yoki iqtisodiyotda pasayish va tubdan o‘zgarish kuzatilganda, samaradorlikni oshirish zarurati bilan bog‘liq holda, shuningdek, tashkilotning mavjud bo‘lishi xavf ostida qolganda kuchlarni qayta guruhlashga ehtiyoj sezganda amalga oshiriladi. Bunday hollarda firmalar ishlab chiqarishni maqsadga yo‘naltirgan holda qisqartiradilar. Shuni tan olishi kerakki, bu firma uchun qanchalik og‘ir bo‘lmasin bu ham firma uchun rivojlanish strategiyasi bo‘lib, o‘sish strategiyasida ko‘rilganidek, ma’lum vaziyatlarda undan qutulib bo‘lmaydi. Qisqartirish strategiyasining quyidagi turli-tumanligi ajratiladi:
likvidatsiya (bartaraf etish) strategiyasi-o‘zida qisqartirish strategiyasining oxirgi holatini aks ettiradi va firma endilikda biznesni yurita olmaydigan holga tushib qolganda amalga oshiriladi;
hosil yig‘ish” strategiyasi kelajagi yo‘q, sotishdan foyda olinmaydigan, lekin biznesni asta-sekin nolga tushirishdan daromad keltirishi mumkin bo‘lganda qo‘llaniladi;
ortiqchasini qirqib tashlash strategiyasi ko‘pincha, diversifikatsiyalangan firmalar tomonidan o‘z biznesini yoki bo‘limini yopganda yoki sotganda realizatsiya qilinadi.
Real amaliyotda firma bir vaqtning o‘zida bir necha strategiyalarni realizatsiya qilishi mumkin. Bu ayniqsa, ko‘p tarmoqli kompaniyalarda keng tarqalgan. Bunday hollarda firma aralash (kombinatsiyalangan) strategiyani amalga oshirmoqda, deyiladi.
To‘rtinchi turli xillikka keyinroq tavsiflanadigan diversifikatsion o‘sish strategiyasi mos keladi.
Biznesni rivojlantirish strategiyasining keyingi guruhi diversifikatsion o‘sish strategiyasi bo‘lib, firmaning ushbu mahsulotning ushbu tarmog‘i bilan boshqa rivojlana olmaslik holatida realizatsiya qilinadi. Bu strategiya, agar bozorlar amalga oshirilayotgan bizneslar uchun to‘yingan holatda bo‘lsa yoki mahsulotning “o‘lib borishi” natijasida unga talab pasayib ketsa yoki monopoliyaga qarshi boshqaruv ushbu tarmoq doirasida biznesning kelgusi rivojlanishiga ruxsat bermasa yoki yangi biznes uskunalardan, butlovchilardan, xomashyodan yaxshiroq foydalanish hisobiga yaxshiroq samara bera boshlasa, tanlanadi.
Diversifikatsiyalangan o‘sishning asosiy strategiyalari quyidagilar hisoblanadi:

Download 188.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling