Mavzu: Marketing tadqiqotlari. Bozor segmentatsiyasi va maqsadli strategiya Reja
Download 126.5 Kb.
|
Mavzu Marketing tadqiqotlari. Bozor segmentatsiyasi va maqsadli
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.Marketingning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati va mazmuni
Mavzu: Marketing tadqiqotlari. Bozor segmentatsiyasi va maqsadli strategiya Reja: 1.Marketingning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati va mazmuni 2. Marketingning asosiy tamoyillari 3. Bozor segmentatsiyasi va maqsadli strategiya 4. Iste’molchilarni o‘rganish 1.Marketingning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati va mazmuni Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda marketingga iste’mol talabini yaxshi bilishga asoslangan va korxonaning bozor va ishlab chiqarish strategiyasini aniqlovchi, boshqaruvning yetakchi funksiyasi sifatida qaraladi. «Marketing» iborasi inglizcha -bozorni anglatib, bozorda mahsulot sotish sohasidagi faoliyatni bildiradi. Biroq marketing - keng tushunchadir. Bozorni har tomonlama chuqur o‘rganish, unga faol ta’sir ko‘rsatish, iste’molni shakllantirish, ishlab chiqaruvchi va iste’molchini bog‘lash, ularga bir-birlarini topishda yordam ko‘rsatish marketing faoliyatining asosiy maqsadidir. Inson eqtiyojlari cheksizdir, lekin ularni qondirish resurslari cheklangandir. Inson, o‘z moliyaviy imkoniyatlari chegarasida, o‘zini iloji boricha to‘laroq qondiradigan tovarni tanlaydi. Tovar qanchalik xaridor eqtiyojini to‘la qondirsa, ishlab chiqaruvchi shunchalik muvaffaqiyat qozonadi. Odamlar almashtirish yordamida o‘z ehtiyojlarini qondirishga qaror qilgan hollarda marketingga ehtiyoj tug‘ildi. Marketing faoliyatida bozor ikki turga bo‘linadi. Sotuvchi bozori - bu odatda, taqchil bozor bo‘lib, sotuvchilar hukumron bo‘ladi va xaridorlar bozorning faol ishtirokchilari hisoblanadi. Xaridar bozori - odatda, to‘yingan bozordir, bu bozorda xaridorlar hukumron bo‘lib, sotuvchilar faol harakat qilishlari lozim bo‘ladi. Har qanday sotuvchi mahsulotini sotish muammosiga duch keladi, ya’ni mahsulotini iste’molchiga yetkazib berishi shart. Har bir sotuvchi va xaridorning maqsadi tijorat yakunidan qanoatlanishdir. Mahsulotga mo‘ljallangan marketing korxona faoliyati yangi xil tovarni ishlab chiqarishga yoki avvaldan chiqarilayotgan tovarni takomillashtirishga qaratilganda qo‘llaniladi. Bu holda asosiy vazifa, iste’molchilarda yangi yoki takomillashtirilgan tovarni sotib olishga qiziqish uyg‘otishdan iborat. Iste’molchiga mo‘ljallangan marketing, korxona faoliyati bevosita bozordan kelib chiqayotgan talabni qondirishga qaratilgan hollarda qo‘llaniladi. Bu borada marketingni asosiy vazifasi potensial iste’molchini o‘rganishdir. Marketingni bu turi tijorat faoliyatining eng muhim qismidir, chunki, iste’molchilar talabini o‘rganmay turib tadbirkor ish yurita olmaydi. Marketing quyidagi vazifalarni amalga oshiradi: - bozorni kompleks o‘rganish: - potensial talabni va qondirilmagan ehtiyojni o‘rganish: - tovar assortimentini va narxi rejalashtirish: - mavjud talabni to‘la qondirishga taalluqli chora-tadbirlarni ishlab chiqish: - sotishni rejalashtirish va amalga oshirish: - ishlab chiqarishni tashkil qilish va boshqaruvni takomillashtirish choralaryni ko‘rish. Ishlab chiqarish tugatilayotgan yerda marketing boshlanmaydi. Aksincha, ishlab chiqarish xarakterini va ko‘lamini belgilaydi. Ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali foydalanish, yuqori unumdagi avtomatik qurilmalar va ilqor texnologiyalardan foydalanish marketing tomonidan aniqlanadi. O‘z faoliyatini marketing prinsipi asosida olib borayotgan firma, marketing izlanishi natijasida ishlab chiqarishni va mahsulot sotish asosida tovar bo‘yicha dasturlar ishlab chiqadi. xorijiy tajribalardan ma’lum bo‘lishicha, u yoki bu tovarni so-tishda erishiladigan muvaffaqiyat nafaqat firmaning ishlab chiqarishi va moliyaviy imkoniyatlariga, balki to‘lov qobiliyatli talabga, ya’ni iste’molchiga mo‘ljallangan marketingdan foydalanishga bog‘liqdir. Marketing bozorga kirishga sharoit yaratadi. Marketing inglizchadan “market” – bozor, bozordagi harakat, faoliyat, ya’ni bozor faoliyatini o‘rganish ma’nosini anglatadi. Marketing tushunchasi bozor bilan bog‘liq bo‘lgan istalgan faoliyatni o‘z ichiga oladi. Marketing murakkab, ko‘p qirrali tushunchadir. Marketing- korxonaning tovarlar ishlab chiqarish va sotishni tashkil etish hamda boshqarish shaklidir. «Marketing» ga «sotish» va «reklama qilish»dan ham ko‘proq aloqador boshqa muhim jihatlarini o‘rganish uchun velosipedni misol qilib olamiz. Hech kim velosiped minib tug‘ilmagan. Zamonaviy marketing bozor sharoitida murakkab ijtimoiy — iqtisodiy jarayon bo‘lib, unda 4 muhim omil muntazam o‘zgarib turadi. Ular quyidagilardir: Marketing-tadbirkorlik faoliyatining o‘zaro ta’sir va muvofiqlashtirish falsafasi sifatida. Marketing-boshqarish konsepsiyasi sifatida. Marketing-raqobat sharoitida afzallikni ta’minlovchi vosita sifatida. Marketing-qaror qabul qilish usuli sifatida. Marketing faoliyati falsafasining tub mohiyati tadbirkorlik faoliyati va biznesda asosiy e’tibor iste’molchiga qaratilishi kerak, degan fikrdan iborat. Haqiqatdan ham “Iste’molchi - shoh” degan shior bu falsafaning negizidir. Firma tovarlarining bozorda qabul qilinishi, iste’molchining uni tan olishi firma yutug‘ining garovidir. Marketingda eng asosiy narsa bu ikki va bir-birini to‘ldiruvchi yondashuvdir. Bir tomondan bozorni har tomonlama o‘rganish, iste’molchilar ehtiyoji, talabi, xohishlarini o‘rganish, so‘ngra ishlab chiqarishni yo‘naltirish bo‘lsa, ikkinchi tomondan marketingni qo‘llab bozor talabiga ta’sir ko‘rsatishdir. Marketing har bir mijoz uchun muhimdir. Chunki marketing kundalik hayotimizning har bir jabhasiga ta’sir qiladi. Siz boradigan do‘kon, sotib olayotgan har bir mahsulot, tinglaydigan radio yoki TV – bularning hammasi marketing tufayli! Marketingni o‘rganishning yana bir muhim jihati – siz xaridor sifatida marketing xizmatlari uchun pul to‘laysiz. Rivojlangan mamlakatlarda marketing sarflari har 1$ da 0.5$ni tashkil qiladi. Marketingni o‘qitishning yana bir boshqa jihati shundaki, hozirgi kunda marketing sohasida juda ham qiziqarli va daromadli mavqega ega bo‘lish mumkin. Marketing — tadbirkorlikning falsafasi va unsuri sifatida yuzaga kelishi turli nazariy va amaliy maktablarning xulosasidir. Marketing tadbirkorlar, menejerlar, turli mamlakatlar olimlarining har xil siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlardagi faoliyati natijasida rivojlanib boradi. Download 126.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling