Mavzu: Marketing tadqiqotlari. Bozor segmentatsiyasi va maqsadli strategiya Reja
Download 126.5 Kb.
|
Mavzu Marketing tadqiqotlari. Bozor segmentatsiyasi va maqsadli
2. Marketingning asosiy tamoyillari
Marketingning asosiy prinsiplari ishlab chiqarish yakunlarini iste’molchilarning haqiqiy eqtiyojlari va hohishlariga bog‘liq bo‘lib, bundan quyidagi bir qator prinsiplar kelib chiqadi. 1. Bozorni bilish kerak, mazkur tovar (xizmat)ga iste’molchi talabini har tomonlama o‘rganish, olingan axborotni ishlab chiqarish va xo‘jalik yuritish qarorlarini qabul qilish jarayonlaridan foydalanish. 2. Ishlab chiqarishni bozor talablariga iloji boricha moslashtirish va bu orqali korxonaning samarali faoliyat yuritishini oshirish. Iste’molchi kutayotgan tovarni ishlab chiqarish, ya’ni sotiladigan mahsulot chiqarish. 3. Korxona uchun zarur bo‘lgan yo‘nalishlarini shakllantirish maqsadida barcha vositalar yordamida bozorga va iste’llol talabiga ta’sir ko‘rsatish. 4. Marketing izlanishi natijasida yuzaga kelgan masalalarni hal etilishiga ijodkorlik bilan yondoshishni rivojlantirish va rag‘batlantirish. 5. Iste’molchini to‘la qondiradigan miqdorda tovarni, zarur vaqtda, zarur joyga yetkazib berish. 6. Ilmiy izlanish - ishlab chiqarish - sotish - servis jarayonini maqsadli boshharilishini ta’minlash. 7. Yangi, ayniqsa yuqori sifatli mahsulotni bozorga chiqarili-shida kech qolmaslik. Bozorni nisbatan bir jinsli iste’molchilar bo‘yicha guruhlarga ajratish (bozorni sigmentlashtirish) va korxonaning imkoniyatiga mos keluvchi bozor sigmentini mo‘ljallab ish yuritish. 9. Eng ishonchli va yuqori sifatli tovarlar bilan bozorni egallash. 10. Texnik darajani va mahsulot sifatini oshirish yo‘li bilan raqobatchilardan ustun kelish. 11. Savdo vositachilariga har tomonlama yordam ko‘rsatish. 12. Bozorni egallash, mahsulot sotish hajmini oshirish borasida kelajak uchun marketing strategiyasini bashorat qilish. Rivojlangan mamlakatlarda «Realizatsiya davri» 1950-yillargacha davom etdi. Sotish hajmi yetarli darajada edi. Lekin muammo kompaniya nimaga ko‘proq ahamiyat berish kerakligini aniqlash edi. Kompaniyalar uchun ilmiy izlanish olib borish, sotib olish, ishlab chiqarish, jo‘natish va sotishni bog‘lab turadigan odam kerak edi. Shunday qilib, «Realizatsiya davri»ni «marketing bo‘limi davri» egalladi. «Marketing bo‘limi davri» - kompaniyaning barcha marketing ishlari faqat bir bo‘lim tomonidan olib boriladi va qisqa muddatli rejalari tuziladi. 1960-yillarga kelib esa ba’zi bir kompaniyalar faqat marketologlardan iborat holda ishni boshladi. Hatto, marketing kompaniyalari ishchilarining ba’zilari «Marketing bo‘limi davridan» chiqishgan edi. Download 126.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling