Mavzu: Marketingni g’oyaviy asoslari


Download 14.24 Kb.
bet1/3
Sana16.11.2023
Hajmi14.24 Kb.
#1778531
  1   2   3
Bog'liq
Mavzu Marketingni g’oyaviy asoslari Marketing tushunchasi haqid-fayllar.org


Mavzu: Marketingni g’oyaviy asoslari Marketing tushunchasi haqida yozing

Mavzu:Marketingni g’oyaviy asoslari


  1. Marketing tushunchasi haqida yozing


  2. Marketing strategiyasi haqida yozing


  3. Marketing sohalari haqida yozing


Marketing – bu ayni paytda biznes falsafasi hamda faol jarayondir. U harakatdagi jarayon sifatida bozor iqtisodiyoti aniq faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur bo‘lgan bir qator vazifalarni hal qiladi.


“Marketing” so‘zi keng tarqalgan bo‘lsa-da, asosan quyidagi uch jihatning birida keng ishlatiladi. Marketing - bu reklama, sotishni rag‘batlantirish va xaridorga ta’sir ko‘rsatish, ya’ni boshqacha qilib aytganda, mavjud bozorlarni egallab olish uchun foydalaniladigan savdoning o‘ta muhim vositalari majmuasidir. Marketing, avvalo, eng merkantilistik ma’noda, asosan, ommaviy iste’molchilar bozorida ko‘proq, yuqori texnologiyalar, moliyaviy, ijtimoiy va madaniy xizmatlar kabi sektorlarda esa kamroq qo‘llaniladi.
Marketing - faqatgina katta korxonalarning imkoniyatiga to‘g‘ri keladigan bozorni tahlil qilish (sotishni bashorat qilish usullari, bozorning imitasion modellari va tadqiqotlari kabi) vositalari majmuasi bo‘lib, ular ehtiyojlarni va talabni tahlil qilishga istiqbolli va ilmiy yondoshuvni ishlab chiqish uchun foydalaniladi.
Marketing – bu iste’mol jamiyatining arxitektoridir, ya’ni bu sotuvchilar iste’molchilarni tijorat yo‘li bilan ekspluatatsiya qiladigan bozor tizimidir. Tobora ko‘proq tovar sotish uchun muttasil yangi ehtiyojlarni yaratib borish lozim. Bunda xuddi ishchilar ish beruvchidan ajratib qo‘yilgani singari, xaridorlar sotuvchidan ajratib qo‘yiladi.
Bu - o‘ta soddalashtirilgan qarashlar ortida marketing konsepsiyasining uch jihati yotadi: faol jihat (bozorga kirib borish), tahliliy jihat (bozorlarni tushunish) va g‘oyaviy jihat (fikrlash shakli). Marketingni uning faol jihatidan tushunish, ya’ni marketingga bir necha sotish usullari sifatida qarash (operasion marketing) tendensiyasi ko‘p uchraydi va uning tahliliy jihatiga (strategik marketing) etarlicha baho berilmaydi.
Marketingga bunday qarash - marketing va reklama hamma narsaga qodir, ular bozorni qudratli kommunikasiya usullari yordamida istalgan narsani qabul qilishga majbur qila oladi, degan mavhum fikrga asoslangandir. Bunday sotish usullari ko‘pincha xaridorlarning aniq ehtiyojlarini qondirish istagiga mutlaqo bog‘liq bo‘lmaydi. Asosiy e’tibor sotuvchining ehtiyojlariga, ya’ni savdoni amalga oshirishga qaratiladi. SHuning uchun marketingni strategik jihatdan ishlab chiqish va marketing strategiyasini tushunish muhim ahamiyatga ega.
Marketing strategiyasi firma imkoniyatlarini bozordagi holatga muvofiqlashtirish, qo‘yilgan maqsadlarga erishishning kompleks vositalarini belgilashdan iborat. Amerikalik etuk iqtisodchi olim I. Ansoffning fikricha, strategiya deb, o‘z mohiyati jihatidan tashkilotning o‘z faoliyatida qaror qabul qilish jarayonida qo‘llash uchun mavjud bo‘lgan qoidalar majmuiga aytiladi.
Strategiya - bir muncha qiyin va mavhumlashtirilgan amaliy faoliyat falsafasi sifatida namoyon bo‘ladi. Strategiya aniq sharoitda va o‘zgarishlar ta’sirida oydinlashtirilib, orientirlarga aylanadi. Tegishli davr mobaynida, qisqa muddatda, tegishli sharoitdan kelib chiqqan holda qabul qilinadigan qarorlarda, tavakkalchilik siyosatida (uni xavf-xatar darajasiga ko‘ra) uslublar yig‘indisi - taktika tarzida ushbu strategiyani amalga oshiradi. Umumlashtirib aytganda, marketing strategiyasi o‘zaro bir-biri bilan besh asosiy jihat - bozorni tanlash, maqsadni tanlash, mablag‘ va muddatlarni tanlash, samaradorlikni nazorat qilish, muqobil strategiyani tanlashdan iborat. Bu holda iste’molchining ustuvorlik tamoyilini ham ko‘rib chiqsak bo‘ladi. Aslida marketing asosini, uning konsepsiyasini tashkil qiluvchi nazariya yoki g‘oya mutlaqo boshqachadir. U iste’molchining ustuvorlik tamoyilidan kelib chiqadigan



Download 14.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling