Mavzu: marosim folklori. Oilaviy va mavsumiy marosimlar, janr xususiyatlari
Download 61.45 Kb.
|
MAROSIM FOLKLORI. OILAVIY VA MAVSUMIY MAROSIMLAR, JANR XUSUSIYATLARI.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavsumiy marosimlar folklori.
«Bayram» deganda hayotdagi muhim voqea, sanani (ko’tarinki ruhda va xursandchilik bilan) nishonlash tushuniladi. Biroq bayram tushunchasi ancha keng va chuqur ma’noga ega. Uning ildizlarini inson tabiati zaminidan topish mumkin. Shuni nazarda tutib A.I.Mazayev: «Bayram — bu ma’lum vaqtdagi ideal hayotdir», — deb ta’kidlagan edi.
Bayram hayotning davomi, muhim qismi, undagi eng yirik hodisa, voqea, sanalami qayd etadi, ularni nishonlash uchun kerakli imkoniyatlar yaratadi. U kishilarning kurashi. mehnati hamda boshqa sohalarda erishgan yutuqlarini ifodalaydigan hodisadir. Bayram arafasida kishilar bir-birini tabriklashadi, kelajak hayotlari uchun yaxshi istaklar bildirishadi, ishlariga muvaffaqiyatlar, omad, baxt tilashadi. Bir-biroviga sovg’alar hadya qilishadi. Bayramlar hayotning davomi hisoblansa-da, biroq u vaqtning monotonligini (bir xilligini) buzib, unga muayyan ritm baxsh etadi. Shu sababli qadimdan bayramlar (ma’lum vaqtda takrorlanib turgani uchun) o’ziga xos vaqt o’lchovi hisoblangan. Hozir ham bayram kunida muayyan vaqt o’tganligini his qilish mumkin. Shunday ekan, bayramlar vaqt qadriga etish, uni e’zozlash uchun sharoit yaratadi. Bayramlar hayotning eng yaxshi tomonlarini aks ettiradigan «ko’zgu» dir. Bayramlar ozodlik, erkinlik, tenglik, tinchlik kuni sifatida qabul qilingan. Marosimlar esa aniq bir belgilangan vaqtda takrorlanib turmasligi (masalan, bir kishi har yili belgilangan aniq bir kunda to’y qilavermaydi), hayotning nafakat yaxshi, balki yomon, qayg’uli tomonlarini ham aks ettirishi, ijtimoiy hayotda yuz berayotgan voqea-hodisalarga bir qadar daxlsizligi bilan bayramlardan farq qilib turadi. Marosimlar bir oila, bir qavm yoki bir xalq doirasida o’tkazilsa, bayramlar xalqaro ko’rinish kasb eta oladi. Marosimlar o’ziga xos kiyim-kechak, taom, irim-sirimlar, poetik aytimlar, xatti-harakatlarga egaligi bilan ham bayramlardan farqlanib turadi. Ko’pincha marosimlar o’z maxsus tashkilotchisiga ega bo’ladi. Masalan, to’yda kayvoni, azada go’yanda, yuvguchi, xatnada usta kabi va hokazo. Marosimlar biror sababsiz yoki asossiz yuzaga kelmaydi. Ular maxsus uyushtiriladi. Marosimlar etnografik mohiyat kasb etib, xalqning ijtimoiy-madaniy munosabatlarini o’zida aks ettirib turadi. Shu bilan birga, ular xalqning qadimiy animistik, totemistik, fetishistik qarashlari hamda zardushtiylik va islomiy e’tiqodlari izlarini o’zida saqlab qolgan. Bu xususiyat hatto tirikchilikning asosiy vositasiga aylangan mehnatga munosabatni ifodalovchi qator an’analar va ularning verbal qismini tashkil etuvchi aytim-qo’shiqlarda ham o’z zuhurotini topgan. Shu xususiyatlari, qolaversa, o’tkazilish vaqti, o’rni, tarzi, tartibi, ijodkorlari, ishtirokchilari tarkibi va vazifalariga ko’ra o’zbek marosim folklorini uchta katta guruhga bo’Ub o’rganish mumkin: 1. Mavsumiy marosimlar folklori. Oilaviy-maislyy marosimlar folklori. So’z magiyasiga asoslangan marosimlar folklori. Mavsumiy marosimlar folklori. O’zbeklar mavsumiy marosimlarga boy xalqlardandir. Bu marosimlar — yilning to’rt fasliga oid xalqaing yashash va mehnat tarzi bilan aloqador bo’lib, fasllarga qarab, to’rt turga bo’linadi: bahorgi mavsumlarga aloqador marosimlar; yozgi mavsumlarga aloqador marosimlar; v) kuzgi mavsumlarga aloqador marosimlar; g) qishki mavsumlarga aloqador marosimlar. Bahor mavsumi bilan bog’liq marosimlar, asosan, kishilarning mehnat faoliyatiga aloqadorlikda o’tkaziladi. Ya’ni ular bahor kirishi bilan dehqon va chorvadoming hayoti va faoliyalida yuz beradigan o’zgarishlarga bog’liq tarzda o’tadi. Masalan, ekin ekishga tayyorgarlik ko’rish, ariq-zovurlarni tozalash, chorvani yaylovlarga ko’chirish kabi ishlar kishilar tomonidan belgilangan kunda maxsus tayyorgarlik bilan tashkil qilinadi va bajariladi. Shu boisdan ular o’ziga xos marosim tarzida namoyon bo’ladi. Bahoriy marosimlar sirasiga «Shox moylar», «Navro’z», «Yomg’ir chaqirish» singarilarni kiritish mumkin. Download 61.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling