Mavzu: marosim folklori. Oilaviy va mavsumiy marosimlar, janr xususiyatlari


Download 61.45 Kb.
bet2/7
Sana23.11.2023
Hajmi61.45 Kb.
#1795591
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
MAROSIM FOLKLORI. OILAVIY VA MAVSUMIY MAROSIMLAR, JANR XUSUSIYATLARI.

Odat (urf-odat) — kishilarning turmushiga singib ketgan, ma’lum muddatda takrorlanib turuvchi, xatti-harakat, ko’pchilik tomonidan qabul qilingan xulq-atvor qoidalari, ko’nikmalari. Masalan, kichiklarning kattalarga salom berishi, erta turib uy-hovlini tartibga keltirib qo’yish, mehmonlarga alohida hurmatda boiish, bayram arafasida kasal, ojiz, qiynalganlar holidan xabar olish, yordam lozim bo’lganlarnikiga hasharga borish kabilar o’zbek xalqining eng yaxshi milliy odatlari hisoblangan.
Agar an’ana ijtimoiy hayot, mehnat, madaniyatning hamma sohalariga xos bo’lib, hodisalarning juda keng doirasini qamrab olsa, odat ijtimoiy hayotning ma’lum sohalarida, ya’ni kishilar turmushi, mehnati, xulq-atvori, muloqoti va oilaviy munosabatlarida ko’proq mavjud bo’ladi.
«Odat» degan tushuncha psixologiyada ham mavjud bo’lib, u ma’lum sharoit ta’sirida vujudga kelib, kishining xarakterida mustahkamlanib qolgan va keyinchalik o’z-o’zidan bajariladigan harakat ma’nosini bildiradi.
Marosim - bu ko’pincha an’ana va urf-odatning tarkibiy qismi bo’lib, asosan, rasmiy va ruhiy ko’tarinkilik vaziyatida o’tadi, o’zining umum qabul qilgan ramziy harakatlariga ega. Masalan, aqiqa - ism qo’yish marosimi, nikohdan o’tish marosimi, dafn qilish marosimi, xotirlash marosimi, ekishga kirishish (urug’ qadash) marosimi, o’rimga kirishish marosimi va hokazolar.
Odatni kundalik hayotning turli vaqtida uchratish mumkin bo’lsa, marosim esa inson hayotidagi muhim hodisalar sodir bo’lganida vujudga keladi. Uning asosiy burilish daqiqalarini (masalan, tug’ilish, uylanish, o’lish kabilarni) qayd etadi, rasmiylashtiradi. Marosimning avloddan avlodga o’tadigan ramziy va rasmiy harakatlari, qoidalari mavjud. Marosimga, bo’layotgan voqeaga «guvoh» sifatida odamlar chaqirilgan, ular dardga yoki quvonchga sherik bo’lishgan, yorqin kelajak uchun niyatlar qilishgan. har bir marosimning o’ziga xos umum qabul qilgan tuzilishi (boshlanishi, o’rtasi. oxiri) bo’ladi.
Ko’pincha an’ananing tarkibiy qismi-odat, odatning muhim bir bo’lagi-marosim bo’ladi. Shu sababli inson hayotida bo’lib o’tayotgan muhim voqeani turmushda burilish yasaydigan katta «nuqtalar»ni nishonlash jarayonida ham an’ana. ham odat. ham marosim o’zaro uyg’unlashgan holda sodir bo’lishi mumkin.
Shuni ta’kidlab o’tish kerakki, «an’ana», «odat», «marosim», tushunchalarining izohi bir-biriga bog’liq. Shu bilan bir qatorda, an’analarning tarkibiy qismi odat, odatning tarkibiy qismi esa marosimdir. «An’ana» va «odat» tushunchalariga nisbatan «marosim» ko’proq bayram bilan aloqadorroq. Ba’zi marosimlar (dafn qilish va qayg’uli hodisalardan tashqari) bayramlarning tarkibiy qismi sifatida namoyon bo’ladi. Ba’zi marosimlar bayram kunidan tashqarida ham tashkil qilinsa, u bayram holatini vujudga keltirishi mumkin. Masalan, «chigit qadash», «diplom topshirish» marosimlarini bayram holatisiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Demak, birinchidan, marosim bayramning tarkibiy (yoki asosiy) qismi sifatida ham namoyon bo’ladi. Ikkinchidan, ko’pgina marosimlar alohida o’tkazilganda ham bayram holatini vujudga keltiradi.
«An’ana», «marosim» kabi bayram bilan bog’liq atamalar qotib qolgan tushunchalar emas. Ularning mazmuniga hayot rivojlanishi va turmush ehtiyojlari ta’sir etib turadi.
Ijtimoiy hayotning shunday muhim bir qonuniyati borki, u taraqqiyotning muntazam shakldagi o’zgarishlari bilan uzviy bog’liqdir. Binobarin, biron yangi narsa, hodisa vujudga keladi, ikkinchisi rivojlanadi, uchinchisi hayot talabiga javob bermay, o’z o’rnini boshqa shakllarga bo’shatib beradi va hokazo. Jumladan, hayotiy an’ana va bayramlar ham xuddi shunday qonuniyatlarga rioya qiladi.
Ijtimoiy hayot taraqqiy etishi bilan uning talablariga javob bermaydigan an’analar, marosimlar va bayramlar asta-sekin unutila boshlanadi.
Mohiyatan xalqchil, ijtimoiy foyda keltirishi mumkin bo’lgan, kishilarning estetik talablarini qondirishga xizmat qOadigan marosimlar taraqqiy etadi. Masalan, «Navro’z», «chigit qadash», tug’ilish, uylanish, o’lim va boshqalar bilan bog’liq marosimlar zamonaviy talablarga ham javob bergani uchun yashab kelmoqda.

Download 61.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling