Mavzu: marosim folklori. Oilaviy va mavsumiy marosimlar, janr xususiyatlari


Oilaviy-maishiy marosimlar folklori


Download 61.45 Kb.
bet6/7
Sana23.11.2023
Hajmi61.45 Kb.
#1795591
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
MAROSIM FOLKLORI. OILAVIY VA MAVSUMIY MAROSIMLAR, JANR XUSUSIYATLARI.

Oilaviy-maishiy marosimlar folklori. O’zbek folklarida oilaviy-maishiy marosimlar folklori katta o’rin tutadi. Chunki insonning asosiy umri oilada kechadi. Insonning tug’ilishini, kamolotining ma’lum bosqichi, vafotini oilada maxsus marosimlar orqali qayd etish esa o’ziga xos an’anaga aylangan. Bu an’ana barcha xalqlar orasida bor. Inson hayotiga aloqadorligiga ko’ra oilaviy-maishiy marosimlar ikki katta guruhga bo’linadi.

  1. To’y marosimlari.

  2. Mot am marosimlari.

Oilada o’tkaziladigan marosimlar oilaviy-maishiy marosim hisoblanadi. Ular rang-barang bo’lib, kattagina qismi to’y marosimlarini tashkil qiladi. Beshik to’yi, o’g’U (sunnat yoki xatna) to’yi. nikoh to’yi, hovli to’yi. yosh to’yi kabi nomlar bilan yuritiluvchi har bir to’y tadbiri inson hayotidagi eng quvonchli muhim burilish nuqtasini qayd qilishga qaratilgan.
«To’y» so’zi «to’ymoq» to’liqsiz fe’lidan olingan bo’lib, katta ziyofatli yig’in ma’nosini anglatadi. To’y o’z nomi bilan nafaqat shirin taomlarga, balki yaqin qarindosh-urug’lar, do’st-yorlar diydoriga. orombaxsh kuy va qo’shiqlarga, xursandchilik ulashadigan turli qiziqarli tomoshalarga ham to’yish demakdir.
To’y - ko’pchilik ishtirok etadigan yirik marosim. O’zbek to’ylarini o’tkazish tarzi, ishtirokchilari tarkibi, vazifalari hamda uning verbal qismini tashkil etuvchi poetik folklorini janriy tarkibiga ko’ra bir necha turga boiib o’rganish mumkin.
To’y marosimi folklori. Besliik to’yi. Oilada farzand tug’ilib, u besh kunlikbo’lgach, «Besh kechasi», to’qqizkunlikbo’lganida «To’qqiz kechasi» marosimlari o’tkazilgan. Odatda. bunday marosimlami uzoq vaqt farzand ko’rmay, nihoyat niyatiga erishgan yoki bolasi turmaydigan ayollar tomonidan o’tkazilishi rasmiyatga aylangan.
Chaqaloq qirq kunlik bo’lganida esa unga bag’ishlab «beshik to’yi» o’tkazilgan.
Beshik to’yini ikki tomon qudalar birgalikda tashkil qilib o’tkazadilar. Yangi beshikni chaqaloqning ona tomonidan bobosi turli-tuman sovg’alar bilan birgalikda olib keladi. Beshik jo’natishning o’ziga xos tartibi bor. Eng oldinda yog’och oyoqqa minib, qo’lida qayroq bilan raqsga tushganlar, keyin kamay-sumaychilar, ular ortidan boshlarida sovg’a-salom solingan dasturxonlarni ko’targan ayollar va yangi beshikni yelkalagan beshikbardor uzun safda tizilib boradilar. Bular borkashlar de-yiladi.
Uy egalari borkashlarni ularning yuzlariga un surtish bilan kutib oladilar. Bu bilan chaqaloqning baxti oppoq bo’lishiga ramziy ishora qilinadi.
Borkashiar sharafiga taomlar suzilib, ziyofat uyushtiriladi. Raqsga tushiladi. Qo’shiqlar kuylanadi. Shundan so’ng chaqaloqni beshikka solish boshlanadi. Bundan awal beshikka maxsus to’shakchalar solinadi. Bolaning yostiqchasi ostiga piyoz (sarimsoq), non, qayroqtosh yoki pichoq qo’yiladi. Ular chaqaloqni turli ins-jinslar yoki ziyon-zahmatlardan asrovchi magik predmetlar hisoblanadi. So’ngra beshik ichi va yug’isi ustida uch joyda paxta yoqib, qo’r-qo’r qilinadi. Otashparastlikdan saqlanib qolgan bu udum orqali beshik turli ins-u jinslardan tozalangan.
Qo’r-qo’r deb ataluvchi shu irim tugagach, chaqaloqni kayvoni-vakila qo’liga olib, dast ko’targanicha, shunday deydi:
Shugina jonim bir jonim,
Bo’ynimdagi marjonim.
Xudo berdi sevsin deb,
Oltin beshikka kirsin deb. So’ngra chaqaloqni beshikka sola turib, dastlab uni teskari qo’yib, shunday deydi:
— Bunday bog’laymizmi?
Beshik atrofdagilar birvarakayiga jo’r bo’lishib:
—Yo’q, yo’q! —deydilar.
Endi chaqaloqni o’ng tomoni bilan chalqanchasiga yotqizib yana so’raydi: —Bunday bog’laymizmi?
Yana barchaning: «Yo’q, yo’q», degan e’tirozi jaranglaydi. Vakila bu safar chaqaloqni chap tomonlama chalqanchasiga qo’yib, o’sha so’zlarni takrorlaydi. Yana e’tiroz eshitadi. Nihoyat u chaqaloqni to’g’ri holatda beshikka qo’yadi va shunday deydi:
— Bunday bog’laymizmi?
Ishtirokchilar: — «Ha, ha!» — deya uni ma’qullashadi. Shundan keyin vakila aytim-olqishni davom ettiradi:
— Qoch, qoch babasi,
Keldi egasi.
Ota-onang gapirishsa,
Qichqirishsa, yana qo’rqma!
Opalaring, akalaring,
Baqirishsa, yana qo’rqma!
Olapar it akillasa,
Qo’rqib qolma!
Mosh mushuk xirillasa,
Qo’rqib qolma!
Yaltoq hangsher hangillasa,
Tag’in qo’rqma.
Birov baland ovoz solsa,
Chaqirib qolsa,
Tag’in qo’rqma!
Olqishni vakila cho’ziq ohangda, qiroat bilan aytayotgan lahzada boshqa bir ayol beshikning bosh tomonida o’tirib olib yong’oq chaqa boshlaydi. Chaqaloqni beshikka bog’lash tugashi bilan chaqilgan yong’oq mag’zlari qand bilan aralashtirilib, beshik ustidan sochqi qilib sochiladi.
Buning ikki ramziy ma’nosi bor: bin — taqillash ovozidan bola cho’chimaslikka da’vat etilsa, ikkinchisi — yong’oq mag’zini sochishdan esa bolaning sermag’iz - kelajakda bola-chaqali bo’lib, shirin va to’kin turmushga erishmog’i orzu qiJingan.
Shundan keyin isiriq tutatilib, beshik ustidan uch marta aylantiriladi va quyidagi aytim-olqish aytiladi: Isiriq, isiriq, Chatnasin isiriq, Patlasin isiriq, Bachaga ko’z tegmasin. Kim bachaga ko’z qilsa, Ko’zlari oqib tushsin.
Shu zaylda beshik to’yi marosimi intihosiga yetadi. Chaqaloq beshigi bilan alohida xonaga o’tkazilib, onasining ixtiyoriga topshiriladi.



Download 61.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling