Mavzu. Mashina detallarining birikmalari
Download 0.57 Mb.
|
3-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Boltlar, vintlar va shuruplarning turlari.
-MAVZU. MASHINA DETALLARINING BIRIKMALARIREJA: 3.1. Rezbali birikmalar 3.2. Shponkali va shlitsali birikmalar 3.3. Parchin mixli va payvand birikmalar 3.1. Rezbali birikmalar Tayanch iboralar: rezba, bolt, vint, shpilka, birikma, ajraladigan birikma. Detallarning rezbali (boltli, vintli, shpilkali va shurupli) birikmalari ajraladigan birikmalar hisoblanadi. Silindrik va konussimon sirtlarda vint chiziq bo‘ylab joylashgan rezba bunday birikmalarning asosiy elementi hisoblanadi. (5.1-rasm) 3.1-rasm. Silindrik sirtga vint chizig‘i bo‘ylab joylashgan rezba. Rezbaning eng ko‘p tarqalgan turlari 3.2-rasmda ko‘rsatilgan. Uchburchak rezbalarning quyidagi xillari bor: metrik diametr va qadami millimetrlarda o‘lchanadi, profil burchagi 60°ga teng (2-rasm, a ga qarang). Belgilanishiga misol: M16 - tashqi diametri 16 mm, qadami 2 mm bo‘lgan metrik rezba; Dyuym diametr dyuymlarda o‘lchanadi, profil burchagi 55° ga teng. Bunday rezba 1 dyuymga to‘g‘ri keladigan rezba o‘ramlari soni bilan xarakterlanadi; 3.2-rasm. Rezbaning asosiy turlari a-uchburchaksimon metrik;b- uchburchaksimon dyuym; v-to‘g‘ri to‘rt burchakli; d-tirak; e-yarim doira Truba diametr va rezba qadami dyuymlarda o‘lchanadi, profil burchagi 55° ga teng; rezba qadimgi 1" ga to‘g‘ri keladigan o‘ramlar soni bilan belgilanadi. Truba rezba tashqi sirtiga shunday rezba qirqilgan trubaning ichki diametri bilan xarakterlanadi. Masalan, ichki diametri ikki dyuym (50,8 mm) bo‘lgan trubaning tashqi sirtiga 2" li truba rezba qirqilgan; rezba qadami 2,309 mm (1" ga 11 o‘ram to‘g‘ri keladi); rezbaning tashqi diametri 59,616 mm. Truba rezbalar biriktiriladigan detallar orasida zazor qoldirmay qirqiladi. Boltlar, vintlar va shuruplarning turlari. Boltlar me’yoriyi va yuqori aniqlikda olti qirrali, to‘g‘ri to‘rtburchak va dumaloq kallakli qilib tayyorlanadi (3.3-rasm). Dumaloq kallakli boltni buralib ketishdan saqlash uchun maxsus chiqiq yoki kvadrat kallak osti qilinadi; ba’zi boltlar maxsus shakldagi kallakli (relslarni biriktirishda ishlatiladigan boltlar) yoki kallaksiz (ankerli boltlar) bo‘lishi mumkin (3.4-rasm). Bolt biriktirilayotgan detallar teshigidan o‘tib, shayba va gayka bilan qotiriladi. 3.3-rasm. Bolt kallaklarining turlari Shpilkalar ikkala uchiga rezba qirqilgan sterjendan iborat. Shpilkaning bir uchi detalga burab kiritiladi, ikkinchi uchiga esa gayka buraladi (3.5-rasm). Olti qirrali, kvadrat va doira shaklli gaykalar eng ko‘p tarqalgan (3.6-rasm). Doira shaklli gaykalarni burash uchun ular gayka kaliti tushadigan teshik (ba’zan o‘yiq) li qilinadi. Doira shaklli gaykalarni qo‘lda burash uchun yon tomoni g‘adir-budur qilingan yoki ular quloqchali (gayka-barashka) bo‘lishi mumkin. 3.4-rasm. Ankerli. 3.5- rasm.Shpilkalar. Vint (3.7-rasm) metrik yoki dyuym rezbali silindrik sterjen; kallagi: gayka kaliti uchun-olti qirrali, kvadrat, otvertka uchun - yarim doiraviy yashirin, yarim yashirin va silindrik shaklda bo‘ladi. Biriktirilayotgan detalga burab kirgiziladi. Shuruplar - yog‘ochga burab kirgiziladigan vintlar - konussimon sterjen va otvertka tushadigan o‘yiqli kallakdan iborat. Gayka kalitiga mo‘ljallangan kallakli shurup gluxar deb ataladi. Gaykalar o‘z-o‘zidan buralib ketmasligi uchun kontrgaykalar, prujina va stopor shaybalar, shplintlar, shtiftlar, nakladka (3.8-rasm) va h. k. lar qo‘llaniladi. 3.7- rasm. Vint turlari Kontrgayka asosiy gaykaning ustiga burab qo‘yiladi. Bolt, gayka va kontrgayka rezbasida hosil bo‘ladigan ishqalanish kuchi gaykani o‘z-o‘zidan buralib ketishdan saqlaydi. Prujina shaybaning elastik kuchi gayka rezbasini bolt rezbasiga siqadi. Ishqalanish kuchi gaykani o‘z-o‘zidan buralib ketishdan saqlaydi. Tojli gaykaning yuqori qismida shplintlar yoki shtiftlar o‘tkazish uchun o‘yiqlar bo‘ladi. Rezbali detallar bir necha bolt kallagi teshigidan o‘tkazilgan sim, qo‘yma plankalar, egib qo‘yiladigan shaybalar va h. k. bilan ham stoporlanadi. Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling