Mavzu. Mashina detallarining birikmalari
Shponkali va shlitsali birikmalar
Download 0.57 Mb.
|
3-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.3. Parchin mixli va payvand birikmalar
3.2. Shponkali va shlitsali birikmalar
Shponka aylanuvchi detallarni val va o‘qlarga biriktirish uchun ishlatiladi. Quyidagi xillari bor: a) ponasimon shponka (9-rasm, a) shponka, val va to‘g‘inning ichki sirtlari orasida hosil bo‘ladigan ishqalanish kuchi hisobiga detallarni val yoki o‘qlarda tutib turadi. Bunday shponkalarning keng qirralari ezilishga ishlaydi. Shponkalar valning o‘rta qismiga o‘rnatilganda shponka ariqchasi ikki marta uzun bo‘lishi kerak. Ular mahkamlanadigan detalning ancha siljishini ta’minlaydi va ularda qo‘shimcha zo‘riqishlar hosil qiladi; b) prizmasimon shponka (3.9-rasm, b) kesilishga ishlaydigan ensiz yon qirralari bilan detallarni val yoki o‘qlarda tutib turadi. Shponka ariqchalari valning ko‘ndalang kesimini 8-10% bo‘shashtiradi. 3.9 - rasm Shponkali va shlitsali birikma sxemasi a) ponasimon; b) pramamatik; v) shlitsali brikma Shponkali birikmalar bilan birga shlitsali birikmalar ham keng tarqalgan (5.9-rasm, v). Ularning afzalliklari: juda kam bo‘shashadi, detallar aniq markazlanadi, shlitsalar sonini ko‘paytirish hisobiga shlitsalardagi zo‘riqishni kamaytirishga imkon tug‘iladi. GOST 1139-58 da bitta valda 4 dan 20 tagacha shlitsa yasash mumkinligi ko‘zda tutilgan. 3.3. Parchin mixli va payvand birikmalar Parchin mixli va payvand birikmalar ajralmas birikmalar hisoblanadi. Bunday birikmalarni qismlarga ajratish uchun biriktiriladigan va biriktiradigan detallarni buzish yoki ularga shikast yetkazish kerak. Parchin mixli choklarning quyidagi xillari bor: a) mustahkam (metall konstruksiyalar - fermalar, strela minoralari va h. k.; b) mustahkam-zich (qozonlar, rezervuarlar, bosimli baklar va h. k.); v) zich (sisternalar, ochiq rezervuarlar va h.k. 3.10-rasm. Parchin mix turlari. a-yarim doiraviy kallakli; b-yashirin kallakli; v-yarim yashirin kallakli Parchinlash sovuqlayin va qizdirib bajariladi. Sovuqlayin parchinlashda diametri 12 mm gacha bo‘lgan parchin mixlar ishlatiladi. Yarim doiraviy kallakli parchin mixlar eng keng tarqalgan. Ayrim hollarda yashirin kallakli va yarim yashirin kallakli parchin mixlar qo‘llaniladi (5.10-rasm). Parchin mixli choklarning bir, ikki va ko‘p qatorli (parchin mixlari parallel yoki shaxmat tartibida joylashgan) xillari bor. Birikish tipiga qarab, choklar ustma-ust va bir yoki ikki tomonidan nakladka qo‘yilgan uchma-uch xillarga bo‘linadi. Qirqiladigan kesimlari soniga qarab, parchin mixlar bir, ikki va ko‘p qirqimli bo‘ladi. 3.11- rasm, a da parchin mixlari ikki qator joylashgan ustma-ust birikma tasvirlangan; bunda bir qirqimli parchin mixlar bir qatorda uchtadan parallel joylashgan. 3.11-rasm. Parchin mixli birikma sxemalari a-ustma-ust biriktirish; b-uchma-uch biriktirish Uchma-uch choklar uchun qatorlar soni faqat chokning bir tomoni bo‘yicha hisobga olinadi; 3.11-rasm, b da ikki nakladka qo‘yilgan uchma-uch birikma ko‘rsatilgan; bunda ikki qatorli, ikki qirqimli parchin mixlar shaxmat tartibda har qaysi qatorda uchtadan joylashgan. Parchinlangan konstruksiyalarda biriktiriladigan elementlar siqiladi, parchin mixlar esa cho‘ziladi. Parchin mixlarga perpendikulyar tekislikda ta’sir qiladigan kuchni biriktiruvchi elementlarni tutib turuvchi ishqalanish kuchlari qabul qiladi. Mustahkam choklarni hisoblashda ishqalanish kuchlarining ta’siri hisobga olinmaydi. Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling