Payvand birikmalar iqtisodiy va texnikaviy jihatdan afzal bo‘lgani uchun parchin mixli konstruksiyalar o‘rniga, asosan, payvand konstruksiyalar qo‘llaniladi. Payvand chokni temirchilik, avtogen va elektrik payvandlash usullarida hosil qilish mumkin.
Payvand choklar uchma-uch va valikli xillarga bo‘linadi. Uchma-uch choklar hosil qilishda (3.12- rasm) 5 mm dan qalin listlar uchun list qirrasini bir tomondan (U-simon) yoki ikki tomondan (X- simon) ishlash talab qilinadi.
3.13-расм. Комбинациялаб пайвандланадиган чоклар
Valikli choklar ro‘para, yonlama va aralash xillarga bo‘linadi (3.13- rasm).
Nazorat savollari
Mashina detallarining ajraladigan va ajralmas birikmalari orasidagi farq nima?
Vint chizig‘ining qadami va uning qiyalik (ko‘tarilish) burchagi nima?
Metrik, dyuym va truba rezbalar qanday asosiy parametrlar bilan xarakterlanadi?
Rezbali detallar o‘z-o‘zidan buralib ketmasligi uchun nima qilish kerak?
Shlitsali birikmaning shponkali birikmadan qanday afzalliklari bor?
Do'stlaringiz bilan baham: |