Mavzu: Mashina va jihozlardan vaqt hamda quvvat bo`yicha foydalanishning tahlili Reja: Korxonalarni moddiy-texnika ta’minoti tizimini takomillashtirishning nazariy asoslari


Asosiy vositalarning turkumlanishi


Download 167 Kb.
bet3/7
Sana20.06.2023
Hajmi167 Kb.
#1632533
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mashina va jihozlardan vaqt hamda quvvat bo`yicha foydalanishning tahlili

Asosiy vositalarning turkumlanishi

Asosiy vositalar



Yer

Yerni obodonlashtirish uchun kapital


sarflar

Binolar

Inshootlar
Uzatuvchi

moslamalar


Mashina va jihozlar
Transport vositalari
Asbob- uskunalar
Ishlab chiqarish

va xo`jalik


Ish hayvonlari
va mahsuldor

chorva

Ko`p yillik

daraxtlar


Boshqa

asosiy vositalar



Uzatuvchi moslamalarga mashina-dvigateldan ish mashinalariga elektr, issiqlik, mexanik energiyani uzatishga, shuningdek, suyuq va gazsimon moddalarni bir obyektdan boshqa obyektga yetkazib berishga xizmat qiladigan qurilmalar (elektr uzatish yo`llari, quvur yo`llari, issiqlik va gaz tarmog`i hamda boshqalar) kiradi.

Mashina va jihozlar asosiy vositalarning eng asosiy turi hisoblanadi va o`z navbatida quyidagi guruhlardan tarkib topadi:






  • kuch mashina va jihozlari elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqaradigan yoki uni mexanik harakat energiyasiga aylantirib boradigan boradigan generator-mashinalar, divigatel mashinalar (qozonxonalar, bug` dvigatellari, turbinalar, kuch transformatorlari va boshqalar)dir;




  • ish mashinalari va jihozlari mehnat predmetlariga mexanik, termik, kimyoviy yoki boshqa yo`sinda texnologik ishlov berishga, ularni ishlab chiqarish jarayonida qo`zg`atish, qazib olish, eritish, tayyorlashga xizmat qiladigan qurilmalar (stanoklar, apparatlar, agregatlar)dir;




  • o`lchovga rostlash asboblari hamda qurilmalari va laboratoriya jihozlari foydalaniladigan texnika ishidagi turli parametr (ko`rsatkich)larni o`lchash, ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarish, xom ashyo, TMZ lar va tayyor mahsulotlar sifatini tekshirish, namlik darajasi, shovqin ta’siri va boshqalarni o`lchashda ishlatiladi. Ularga monometrlar, tarozilar, mikroskoplar, dispetcherlik nazorati va boshqalar kiradi;




  • hisoblash texnikasi ma’lumotlarni elektron hisoblash mashinalarida qayta ishlaydigan vositalardir. Ularga kompyuterlar, printerlar va boshqa kompyuter vositalari kiradi;




  • boshqa mashina va jihozlarga yuqorida sanab o`tilmagan mashina va jihozlar (o`t o`chirish va boshqa maxsus mashinalar) kiradi.

Transport vositalari kishilar hamda yuk va turli maqsadlardagi narsalarni tashishga mo`ljallangan harakat vositalaridir.


Asbob va uskunalar qo`l mehnati jarayonida ishlatiladigan yoki ish qismlarini kuchaytirish, oshirish uchun mashinaga biriktiriladigan vositalar (elektro-drellar, vibratorlar)dir. Ishlab chiqarish inventarlari ishlab chiqarish jarayonini yengillashtirishda ishlatiladi. Ularning tarkibiga bak, konteyner, inventar, idishlari kiradi.


Ish hayvonlari va mahsuldor chorva har bir yetilgan mol (ot, ho`kiz, sigir)lar bo`lib, alohida inventar obyekti sifatida hisobda aks ettiriladi.Ko`p yillik daraxtlar alohida xiyobon, park, bog`dagi miqdori va yoshidan qat’iy nazar ekilgan daraxtlar guruhidir.


Boshqa asosiy vositalarga kutubxona vositalari, ijaraga olingan asosiy vositalar, konservasiyadagi asosiy vositalar va boshqalar kiradi.


1.1.3-rasm





Download 167 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling