V Baholash Dars yakunida umumiy ballar e’lon qilinadi va faol, bilimdon o’quvchilar rag’batlantiriladi. VI. Uyga vazifa. 117 – mashq.
8 Mavzu: 118 – 120- mashqlar.
Sana_____ “Kitob do‘konida” rasmi asosida kichik hikoya tuzish
Maqsad: DTS talablariga asosida bilim berish.Ot so’z turkumi haqidagi bilimlarini boyitish..
Ta’limiy : O’quvchilarga otlarga egalik qo’shimchalari qo’shilganda o’zakda sodir bo’ladigan o’zgarishlar haqida bilim berish. FK2 o‘zbek tilida nutq tovushlarini to‘g‘ri qo‘llay oladi, talaffuz me’yorlariga rioya qila oladi, bo‘g‘in ko‘chirish qoidasiga rioya qila oladi,
Tarbiyaviy: O’quvchilarda o’zbek madaniyati va san’atidan g’ururlanish tuyg’usini shakllantirish.
TK3 mustaqil o‘qib-o‘rganish va bilimini muntazam oshirib borish; kun tartibini to‘g‘ri tashkil etish;
Rivojlantiruvchi: O’quvchilarni muomala madaniyatini rivojlantirish. TK2 axborot manbalaridan va darslik materiallaridan tashqari (kitob, lug‘at) manbalardan ma’lumotlarni izlab topa olish va foydalanish;
Dars turi: Yangi bilim berish o’tgan mavzuni mustahkamlash..
Me’todi: Noan’anviy, aqliy hujum, guruhlarda ishlash.
Jihozi: darslik, ko’rgazma,tarqatma
Darsning borishi
I. Tashkiliy qism: a) Salomlashish , davomot aniqlash, tozalikni tekshirish.
b) Ma’naviyat daqiqasini o’tkazish “ Yol qoidasi” mavzusida suhbat o’tkazish.
c) ingliz tili daqiqasi; traffic light – svetafor, car – mashina.
II. O’tgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.
. Tarqatmalar yordamida oquvchilarni darsga jalb etish. Egalik qo’shimchalarini yoddan so’rash.
III Yangi mavzu bayoni 118 – mashq.
O‘rtoq, buloq, so‘roq, bog‘, tog‘ so‘zlariga II shaxs birlikdagi egalik qo‘shimchalarini qo‘yib o‘qing va yozing. So‘z asosida qanday tovush o‘zgarishi yuz berganini ayting.
119- mashq. Rasmni kuzating „Kitob do‘konida“ mavzusida suhbatlashing.
Ko’chiring . So’z o’zagida qanday tovush o’zgarish yuz berganini sababini tushuntiring.
Do'stlaringiz bilan baham: |