Mavzu: mashqlar


VI. Uyga vazifa. 102 - mashq


Download 1.98 Mb.
bet4/35
Sana17.01.2023
Hajmi1.98 Mb.
#1096691
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
Bog'liq
4-sinfOna tili II chorak

VI. Uyga vazifa. 102 - mashq.


3 Mavzu: Otlarning birlik va ko‘plikda qo‘llanishi 103-105- mashqlar.
Sana_____
Maqsad: DTS talablariga asosida bilim berish. So’z turkumlari haqidagi bilimlarini boyitish..
Ta’limiy maqsad: O’quvchilarni ot so’z turkumi haqidagi bilimlarini boyitish. FK1 ot so‘z turkumini, ot va otning egalik va kelishik qo‘shimchalari bilan turlanishini biladi, ijodiy matnning mantiqiy izchilligiga rioya qilgan holda va xatboshi, imlo hamda husnixat qoidalariga amal qilib yoza oladi, rasm asosida ijodiy matn yarata oladi
Tarbiyaviy: O’quvchilarni hamdardlik, boshqalarga mehribonlik ruhida tarbiyalash. TK4 maktabda va maktabdan tashqari tadbirlarda (ko‘rik-tanlovlar, hashar va h. k. ishtirok etish va muomala madaniyatiga (kattaga hurmatda, kichikka izzatda bo‘lish kabi sifatlarga) amal qilish; oilada o‘z o‘rnini hamda vazifalarini anglash.
Rivojlantiruvchi: O’quvchilarni o’z kelajagi haqida o’ylashga o’rgatish. TK3 o‘zining xato va kamchiliklarini to‘g‘ri tushunish, o‘zini nazorat qila olish va xatolarini tuzatishga harakat qilish.
Dars turi: Yangi bilim berish o’tgan mavzuni mustahkamlash..
Me’todi: Noan’anviy, guruhlarda ishlash. Jihozi: darslik, ko’rgazma,tarqatma
Darsning borishi
I. Tashkiliy qism: a) Salomlashish , davomot aniqlash, tozalikni tekshirish.
b) Ma’naviyat daqiqasini o’tkazish “ Hosil bayrami ” mavzusida suhbat o’tkazish.
c) ingliz tili daqiqasi; basket – savat, fruit – mevalar.
II. O’tgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.
Uyga berilgan vazifani tekshirib baholash . Tarqatmalar yordamida oquvchilarni darsga jalb etish.
III Yangi mavzu bayoni 103– mashq. O’qing. Hikoyat kim va nima haqida ekanini ayting. O‘tgan bahorda Davronjonlarning uyiga yigirmata bolgariyalik yigitlar kelishdi. Ular Davronjonning dadasidan paxta terish mashinasi sirlarini o‘rganishdi. Ular ichida Mancho Jekov ismli yigit ham bor edi. U Bolgariyadan Davronjonga xat yozdi. Davronjon katta-katta harflar bilan o‘zbekcha yozilgan xatni o‘qidi: Xaskovo yaxshi. Bahor yaxshi. Yer yaxshi. Òraktor yaxshi. Chigit yaxshi. Mancho yaxshi. Do‘stlik yaxshi. So‘ng Davronjon ham unga xat yozdi: Davron yaxshi. O‘qish yaxshi. Bahor yaxshi. May yaxshi. Oyi yaxshi. Dada yaxshi. Òraktor yaxshi. Qishloq yaxshi. O‘rtoq yaxshi. (Xudoyberdi To‘xtaboyev)
O’qituvchi matnni o’qib, ularning ichidan kim? nima? qayer? So’roqlariga javob bo’ladiganlariga e’tiborni qaratadi. Ularni uch guruhga bo’ladi.
1. Shaxs otlari 2. Narsa buyum otlari. 3. O’rin joy otlari Otlarning shaxs, narsa buyum, o’rin – joy nomini bildirishini, kim? nima? qayer? so’roqlariga javob bo’lishini ta’kidlaydi.
Sinf 3 guruhga ajratiladi har bir guruhga topshiriq beriladi.
1 – guruh; shaxs nomlarini 2 – guruh; narsa nomlarini, 3 – guruh; joy nomlarini yozadilar.
O’quvchilar yozuvini nazorat qilish. Husnixat bilan yozgan o’quvchini rag’batlantirish.
104 – mashq. O‘qing. Hikoyadan nimalarni bilib oldingiz?
CHUMCHUQ
Dadam har bahorda hovlimizga anvoyi gullar ektirar edilar. Ularning yashnab turishini yaxshi ko‘rardilar. Ammo rayhonlarni kimdir uzib ketardi. Dadam rayhonlarni qo‘riqlashni menga topshirdilar. Dam olish kuni edi. Men hovlida ham dars qilib, ham rayhonlarni qo‘riqlamoqchi bo‘ldim. Bir mahal rayhonlar yoniga bir chumchuq keldi. Òumshug‘i bilan rayhonni shart uzib olib, uchib ketdi. Men chumchuq rayhon yer ekanmi, deb hayron bo‘ldim. O‘rik pishdi. Men o‘rik tergani daraxtga chiqdim. Qarasam, chumchuqning ini bor ekan. Inining atrofiga ilingan qora rayhonlarni ko‘rdim. Bu voqeani dadamga aytib berdim. Chumchuqlar o‘z bolalarini qurt-qumursqa, chumolidan saqlashda rayhondan foydalanar ekan. Rayhon hidiga hasharot kelmas ekan. (Olmos)

Download 1.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling