Mavzu: Masofali o‘qitishning texnologiyasi va uning asosiy tushunchalari


Masofaviy ta‘limning tarkibiy qisimlari


Download 150.74 Kb.
bet3/3
Sana05.04.2023
Hajmi150.74 Kb.
#1277246
1   2   3
Bog'liq
Masofaviy ta\'lim

Masofaviy ta‘limning tarkibiy qisimlari



O’qituvchi

O’quvchi

Kommunikatsiya
Masofaviy ta‘lim vositasida o‘quvchi uchun qulay bo‘lgan joyda individual jadval asosida maxsus imkoniyatlar, telefon, elektron aloqa va boshqa ta’lim vositalari yordamida bir maqsadga qaratilgan nazorat qilish mumkin bo‘lgan ta’lim jarayoni tashkil etiladi.

Yuqoridagilarga asoslanib, ta’lim jarayonida ayni vaqtda qayta-qayta tilga olinayottan ayrim terminlar tavsifi va ta’riflarni keltirib o’tamiz.



Masofaviy ta’lim- masofaviy o’qitishga asoslangan ta’lim.

Masofaviy o’qitish - o’zaro ma’lum bir masofada Internet texnologiya yoki boshqa interaktiv usullar va barcha o’quv jarayonlari komponentlari — maqsad, mazmun, metod, tashkiliy shakllar va o’qitish usullariga asoslangan talaba va o’qituvchi o’rtasidagi munosabat.

Masofaviy o’qitish tizimi - masofaviy o’qitish shartlari asosida tashkil etiladigan o’qitish tizimi. Barcha ta’lim tizimlari singari masofaviy o’qitish tizimi uzining tarkibiy maqsadi, mazmuni, usullari, vositalari va tashkiliy shakllariga ega.

Masofaviy o’qitishning pedagogik texnologiyalari - tanlangan o’qitish kontseptsiyasiga asoslangan masofaviy ta’limning o’quv- tarbiyaviy jarayonini ta’minlovchi o’qitish metodi va uslublar majmuasi.

Keys-texnologiya - masofaviy o’qitishni tashkil qilishning shunday uslubiki, masofaviy ta’limda matnli, audiovizual va multimediali (keys) o’quv uslubiy materiallar majmuasi qo’llanishga asoslanadi.

TV-texnologiya - masofaviy o’qitishni tashkil olishning shunday uslubiki, u talabalarga o’quv-metodik ma’lumotlarni televidenie vositasi yordamida etkazishga xizmat qiladi va tashqi aloqali ixtiyoriy interaktiv usullardan biri bilan o’rnatishga asoslanadi.

  • Ixtiyoriy foydalanuvchilarning masofaviy o'qitish imkoniyati;

  • Individual sur’atda o‘rganish imkoniyati;

  • Talabalar uchun ma'lumotlar bazalari, kutubxonalar kataloglari va boshqa axborot resurslaridan bepul foydalanish;

  • talabalarning shaxsiy ishlarini yuritishda qulaylik;

  • Interaktivlik (tezkor ma'lumot almashish imkoniyati);

  • To'g'ridan-to'g'ri kirish rejimida sinovdan o'tish qobiliyati.


Masofaviy ta’limning

afzalliklari:

  • O'qituvchi bilan shaxsiy aloqaning yo'qligi;

  • O'zini o'zi tarbiyalash, o'zini o'zi boshqarish zaruriyati;

  • Maxsus jihozlardan foydalanish zarurati (shaxsiy kompyuter, Internetga kirish);

  • Bilimlarni tekshirishda foydalanuvchini autentifikatsiya qilish bilan bog'liq qiyinchiliklar;

  • Amaliy ko'nikmalarning etishmasligi.

Download 150.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling