Mavzu: Masofaviy ta’lim tizimi va o‘qitishning texnika vositalari
Masofaviy o’qitishning afzalliklari
Download 1.26 Mb.
|
Масофавий таълим ва уни ташкил этиш асослари. (1-u) (1)
Masofaviy o’qitishning afzalliklari
Axborot texnologiyasi – obyekt, jarayon yoki hodisalarning holati haqidagi yangi ma’lumotlarni olishda ma’lumotlarni yig‘ish usullari, ma’lumotlarni yetkazib berishdan va vositalar majmuidan foydalanish jarayonidir. Axborot texnologiyalari ta’limiy mahsulot va xizmatlarini tashkil etishda dastgoh hisoblanadi. Ta’limiy mahsulot – ta’lim jarayoniga tatbiq qilish uchun ifodalangan ma’lumotlar majmuidir. Zamonaviy axborot texnologiyasi - shaxsiy kompyuter va telekommunikatsiya vositalaridan foydalanuvchi axborot texnologiyasidir. Jamiyatni axborotlashtirish – fuqarolarning axborotga bo‘lgan ehtiyojini va ularning huquqlarini amalga oshirishni qanoatlantirishdagi maqbul shartlarni, davlat va hokimiyat, mahalliy va o‘zini o‘zi boshqarish organlarini, axborot resurslaridan foydalanish va ularni shakllantirish asosida jamoat birlashmalarini tashkil etishni yaratishning tashkillashtirilgan ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-texnik jarayonidir. Ta’lim jarayonini axborotlashtirish - jamiyatni axborotlashtirishning muhim elementlaridan biri hisoblanadi. Ta’limni axborotlashtirish quyidagi qulayliklarga ega: - jamiyatning har bir a’zosi haqidagi ma’lumot va bilimlarni olishga yo‘l ochib beradi; - shaxsning intellektual va ijodiy qulayliklarini rivojlantiradi; - jamiyatning har bir a’zosi faollik bilan malakasini oshirib, faoliyat fazasini tezkor o‘zgartiradi; - masofaviy o‘qitish yordamida ta’lim samarasini oshirishni ta’minlaydi. Ta’lim mahsulotlari va xizmatlarini ishlab chiqish uchun quyidagi axborot texnologiyalar qo‘llaniladi: - guruhlash, turlash, hisoblash, ma’lumotlarni agregatlash uchun ularni qayta ishlash axborot texnologiyalari ; - masofaviy o‘qitish qatnashchilarining axborot talablarini qondirish uchun boshqaruv axborot texnologiyalari; - fanlar bo‘yicha ekspertlar mahsulotlarini masofaviy o‘qitishning foydalanuvchilar tomonidan olish imkoniyatini beruvchi ekspert tizimlarining axborot texnologiyalari. Download 1.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling