Mavzu: Masofaviy ta’lim tizimi va o‘qitishning texnika vositalari


Masofaviy o‘qitishning axborot-texnologiya asoslari


Download 1.26 Mb.
bet5/5
Sana05.01.2022
Hajmi1.26 Mb.
#234095
1   2   3   4   5
Bog'liq
Масофавий таълим ва уни ташкил этиш асослари. (1-u) (1)

Masofaviy o‘qitishning axborot-texnologiya asoslari

Jahon iqtisodiy tizimlarining dunyo miqyosida umumiy keng tus olishi, jahondagi bir nechta ilg‘or mamlakatlarni axborotlashtirish jamoa bosqichiga kirishi va davlatning jahon iqtisodiyot kengashiga olib chiqilishi uchun respublikamiz Prezidenti tomonidan qo‘yilgan masalalar, shu bilan birga shartli bo‘lgan «raqobatni» hamma tarmoqlarga kiritish, ayniqsa davlatning oliy ma’lumot tarmog‘iga kiritilishi davlatimizning oliy ma’lumot tizimidagi raqobatchilik to‘g‘risidagi muammosi dunyo bozorida faol bo‘lishi turgan gap. Berilgan muammoning asosiy yechimlaridan biri yangi ta’lim texnologiyalarini kiritish, shu bilan birga respublikaning oliy ta’lim tizimida masofaviy o‘qitish uslubi o‘z o‘rnini egallashi kerakligidadir. Dunyoda masofaviy o‘qitish uslubini qo‘llash bo‘yicha juda katta tajriba orttirilgan. Jumladan, tajribali o‘qituvchilar, mutaxassislar o‘qitilayotgan kishiga yakka tartibda yordam berishi, talabalar o‘qishini turli uslubda nazorat qilinishi, ularning bilim saviyasini baholash yo‘llari tufayli talaba va o‘qituvchilarning o‘qish sifati va mehnat unumdorligi oshadi.

O‘qitilayotgan borliqni markazlashtirish. Respublikamiz va xorij olimlari hamda mutaxassislarining bilim va tajribalarini qo‘llash, zamonaviy o‘quv qurollaridan foydalanish e’tiborda tutiladi. Bunda turli o‘quv manbalaridan foydalanish, talabalarni axborot bilan ta’minlash, bu axborot esa o‘z navbatida, butun dunyo mutaxassislari bilimlaridan, elektron kutubxonalardan olingan axborotlarni ishlatish talaba va o‘qituvchilar uchun katta imkoniyatlar yaratadi.

O‘qituvchiga talabni kuchaytirish. Ta’lim jarayonining standart holda jamlanishi, tushunarli holda o‘qituvchi (pedagog)larning bilim darajasini oshirish majburiyatini yuklaydi. Bu uslublar ularning ish natijasi va bilim darajasini ko‘tarilishiga yordam beradi.

O‘qitish turining egiluvchanligi. Qulay vaqtda shug‘ullanish mumkinligi, qulay joyda va qulay tezlikda o‘quvchi-talabalarning bilim qabul qilishining turli shakllarini qo‘llash mumkinligi, ular tomonidan modellashtirish va ko‘rgazmali vositalarni joyida qo‘llash, axborot va bilimlarni yetkazishda ko‘rgazmalilik, tasavvurlar hamda o‘qitishning o‘yin shakllaridan foydalanish kiradi.

O‘qituvchining o‘rni va xilma-xil imkoniyatlarni ko‘tarish. O‘qituvchining o‘quvchi-talabaga nisbatan shaxsiy yondashuvining turli shakllarini qo‘llash. Har bir o‘quvchi-talabaning bilim darajasi va tayyorgarligiga hamda uning qobiliyatiga mos ravishda shaxsiy yondashishni qo‘llash mumkin.



Masofaviy o‘qitish uslubini sifatli qo‘llanishiga quyidagi yo‘llanmalar kiradi:

E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT
Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling