Takrirmenyusi yordamida qirqib olish, nusxa olishjoylashtirish, izlash kabi amallarni bajarish mumkin.
Ko’rinish menyusi tarkibiga, asosan, dasturning ekrandagi ko’rinishiga ta'sir etuvchi (uskunalar paneli, adreslar satri, holat satrini ekrandan olib qo’yish yoki joyiga qaytarib qo’yish, shrift o’lchami va kodlash usulini o’zgartirish) amallar kiradi.
Tanlangan menyusiga kirgan amallar yordamida, asosan, o’zingizga yoqqan yoki ko’p foydalanadigan Web-sahifalarni saqlab qo’yish, ularga yangilarini qo’shish, tartiblash ishlarini bajarish mumkin.
Servis menyusi dastur xususiyatlarini sozlash (dastur ishga tushirilganda avtomatik yuklanadigan Web-sahifani tanlash, Web-
sahifadagi audio, video va animatsiyalarini ko’rsatish yoki ko’rsatmaslik va hokazo) uchun mo’ljallangan.
Malumot menyusi yordamida Microsoft Internet Explorer dasturidan foydalanish haqida ma'lumot olish mumkin.
Internet Explorer dasturining uskunalar paneli
Menyular tarkibiga kirgan amallarning ba'zilari kam qo’llanilsa, ba'zilari tez-tez qo’llaniladi. Ko’p qo’llaniladigan amallarni bajarishni osonlashtirish maqsadida dasturda uskunalarpaneli\s^M. etilgan. Uskunalar paneli tugmalar majmuyidan iborat bo’lib, har bir tugma ma'lum amalni bajaradi.
Uskunalar paneliga yangi amallar kiritish yoki undagi ixtiyoriy amalni olib tashlash mumkin. Quyida uskunalar paneliga kirgan asosiy amallar keltirilgan:
Bu amallar, odatda, Internet Explorer menyulariga deyarh murojaat qilmasdan ishlashni ta'minlaydi.
Internet Explorer dasturi ishlash uchun qulay bo’lib, oson o’zlashtiriladi. Chunki bu dastur yordamida asosan Internet tarmog’idagi Web-sahifa ochiladi va zarur bo’lsa, qog’ozga chop etiladi yoki diskda saqlab qo’yiladi.
Internet tarmog’idagi Web-sahifani ochish uchun Internet Explorerning adreslar satriga kerakli Web-sahifa adresini yozib, ENTER klavishini bosish kifoya. Masalan, adreslar satriga
Do'stlaringiz bilan baham: |