Mavzu: masofaviy ta`limda qollaniladigan videokonferentsiya texnologiyalar reja: Masofaviy ta'lim modellari


Download 454.5 Kb.
bet3/10
Sana18.02.2023
Hajmi454.5 Kb.
#1211116
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
17M МТ видеоконференция

WWW (World Wide Web) – butun jahon o’rgamchak to’ri deb nomlanuvchi tarmoq. WWW – bu Internetga ulangan turli kompьyuterlarda joylashgan o’zaro bog’langan hujjatlarga murojaat qilishni ta’minlab beruvchi tarqoq tizimdir. Aynan mana shu xizmat Internetdan foydalanishni soddalashtirdi va ommaviylashtirdi.

  • WWW asosida to’rtta poydevor mavjud:

    • Barcha hujjatlarning yagona formati (shakli);

    • Gipermatn;

    • Hujjatlarni ko’rish uchun maxsus dasturlar (brouzer);

    • Yagona manzilni ko’rsatish tizimi (domen);

  • Web browser — inglizcha so‘z bo‘lib, “vebni ko‘zdan kechiruvchi”, “vebni ko‘rib chiquvchi” ma’nolarini beradi. Bizga bu so‘z rus tilidan kirib kelganligi, rus tilida esa “браузер” kabi aytilishini hisobga olib(hozircha) biz ham “brauzer” so‘zini ishlatdik. Turk tilida “Ağ tarayıcısı” kabi tarjimasi mavjud. “web” so‘zi esa “World Wide Web”(butunjahon to‘ri — WWW) ning qisqa ma’nodagi ko‘rinishi.

    Veb brauzer butunjahon to‘rida joylashgan sahifani yuklash, tahlil qilish va uni ko‘rsatish, sahifalararo o‘tishlarni amalga oshirish uchun xizmat qiladi. Veb brouzer biror sahifani yuklash va sahifaga ma’lumotlar yuborish uchun HTTP protokolidan foydalanadi. Ko‘pchilik brouzerlar FTP protokoli bo‘yicha ham ishlashadi: fayllar ro‘yxatini sahifa ko‘rinishida chop etadi.
    Veb brouzer veb-sahifani(butunjahon to‘rida joylashgan sahifa) siz uchun qulay ko‘rinishda chop etadi — ma’lum qoidalar bo‘yicha rasmlarni, matnlarni(ularning ko‘rinishi, rangi, kattaligi va h.k.), ovoz yoki video ma’lumotlarini, turli animatsiyalarni mos ravishda joylashtirib chiqadi. Bundan tashqari, sahifadagi siz kiritgan ma’lumotlarni kerak joyga jo‘natish, boshqa sahifaga o‘tish, JavsScript kodlarini ishlatish kabi vazifalarni ham bajaradi.
    Veb brauzerlarning qisqacha tarixi - Birinchi eng keng tarqalgan brauzer Mosaic bo‘lgan. Undan so‘ng Netscape Navigator brauzeri yetakchilik qildi. 1995-yili Microsoft kompaniyasi Windows 95 tarkibida Internet Explorer brauzerini chiqarish orqali Netscape Navigatorning yetakchiligiga katta xavf sola boshladi va bir necha yillardan so‘ng deyarli foydalanishdan chiqdi.
    Internet Explorer esa 95% ulush bilan dunyoning eng keng tarqalgan brauzeriga aylandi. Netscape Navigator kodini ommaga havola qilingandan so‘ng, u asosida Mozilla va Mozilla Firefox brauzerlari yaratildi. Hozirda foydalanuvchilar uchun juda ko‘p alternativ brauzerlar mavjud.

    • Internet Explorer haligacha yetakchilikni qo‘ldan boy berganicha yo‘q, lekin ulushi asta-sekin kamayib bormoqda. Net Applications ma’lumotlariga ko‘ra, brauzerlarning ulushi 2014 yil avgust oyiga nisbatan quyidagicha:


    • Download 454.5 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling